E nuritdinov
Qon ishlanishi va qon tlzimining boshqarilishi
Download 0,91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «eritrotsitlar mozori»
Qon ishlanishi va qon tlzimining boshqarilishi
22 Qon hujayralarining yetuk shakllari hosil bo'lish jarayoni gemopoyez dpb ataladi. Qon hujayralari qaysi a'zolarda hosil bo'lsa va parchalansa, o'sha a'zolar va qon G.F.Lang taklifiga ko'ra, yagona qon tizimiga kiritiladi. Bu tizimga: ko'mik, jigar, taloq va limfa tugunlari kiradi. Katta yoshli organizmda ko'mik, embrionda esa, bundan tashqari, jigar ham yaratuvchi a'zo hisoblanadi. Katta yoshli organizmda jigar qon yaratish (qon ishlash) funksiyasidan mahrum bo'ladi. 4 Bir kecha-kunduzda taxminan 200-250 mlrd. eritrotsit hosil bo'ladi. Ko'mik (qizil ilik)ning yadroli eritroblastlaridari yadrosiz eritrotsitlar vujudga keladi. Ularning sitoplazmasida ribosomalardan iborat bo'lgan donalarda gemoglobin sintezlanadi. Gem sintezida ikkita oqsil - ferritin va siderofliin tarkibidagi temirdan foydalaniladi. Ko'mikdan qonga o'tuvchi eritrotsitlarda bazoftl modda bor, ular retikulotsitlar deb ataladi va yetuk eritroLsitlardan kattaroq bo'ladi. Sog'lom odam qonida retikulotsitlar 1% dan oshmaydi. Retikulotsitlar bir necha soatda yetiladi, ya'ni yetuk eritrotsitlarga aylanadi; ayni vatda bazofil moddasi yo'qoladi. Eritrotsitlar yuqorida qayd qilib o'tganimizdek, o'rta hisobga 120 kun yashaydi. Umri bitgan eritrotsitlar jigar va taloqda gemolizlanish yo'li bilan parchalariib turadi. Shuning uchun ham bu a'zolarni «eritrotsitlar mozori» deb atashadi. Eritrotsitlar hosil bo'lishi-eritropoyez jarayonida vitamin В 12 va foliy kislotaning ahamiyati juda katta. Bu moddalarning birinchisi ikkinchisidan .taxmman 1000 baravar faolroq. Vitamin B, 2 -siankobalamin tashqi muhitdan organizmga ovqat bilan kiradi va qon ishlanishining tashqi omlli deb ataladi. Eritropoyezning tezligi qon yo'qotish gipoksiya va turli potologik jarayonlarda bir necha marta oshadi. Bunday sharoitda qon zardobida eritropoyez jarayonini faollashtiradigan moddalar - eritropoetinlar sintezi kuchayadi. Ular glikoprotein tabiatli gormonlar bo'lib, buyrak, jigar va jag' osti bezlarida hosil bo'ladi. Eritropoetinlar gemoglobin paydo bo'lish jarayonini ham tezlashtiradi. Eritropoetinlardan tashqari, qon ishlanishida androgenlar va mediatorlar ham faol ishtirok etadi. Bu moddalar qon ishlashining ichki omillari deb ataladi. Leykositopoyez va Iromositopoyez eritropoyezga qaraganda kamroq o'rganilgan. Leykositopoeyz va eritropoyez to'g'ridan-to'g'ri leykotsitlarning parchalanishiga bog'liq: parchalanish qancha ko'proq bo'lsa, leykotsitlarning yangilanishi shuncha tezroq amalga oshiriladi. Leykopoyezning faolligi nuklein kislotalar va gipofiz gormonlari ta'sirida o'tadi. Leykopoyez mikroorganizmlar va toksinlar ishtirokida ham o'tadi. Masalan, leykopoetinlarning ta'sirida suyaklarning ko'mik hujayralari shakllanadi va shu bois leykotsitlarning yangilanishi va parchalanishi muntazam ravishda amalga oshiriladi. Leykotsitlarning hayotiy muddati turlicha bo'lib, ular bir necha soat, kun va oy yashaydi. Lekin leykotsitlarning bir qismi odam va hayvonlar organizmida umr davomida yashay oladi. Ulaming parchalanish makoni-hazm tizimining shilliq pardalari va retikular to'qima hisoblanadi. Trombositopoez fiziologik jarayonlarini boshqaruvchi omili Download 0,91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling