E nuritdinov
Eritrotsitlarning cho'kish tezligi (ECHT)
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Leykotsitlar
Eritrotsitlarning cho'kish tezligi (ECHT)
Bu hodisani tekshirish uchun qonga antikoagulyantlar (ivishning oldini oladigan moddalar)-natriy sitrat aralashtirib, millimetrlarga bo'lingan shisha kapillar naychaga olinadi, Muayyan vaqt ichida hosil bo'lgan yuqorigi tiniq qavaming balandligi hisoblanadi. Me'yorda eritrotsitlarning cho'kish tezligi erkaklarda soatiga 5-9 mm ga, ayollarda soatiga 8-10 mm ga teng. Yangi tug'ilgan bolalarda ECHT soatiga atigi 0,5 mm ni tashkil etadi. Homilador ayollarda, sil bilan og'rigan kasallarda, yallig'lanish jarayonlarida va organizm holatining boshqa ba'zi bir o'zgarishlarida globulinlar va fibrinogen miqdorining oshishi sababli ECHT ham oshadi. Bu ko'rsatkich og'ir jismoniy mashqlar vaqtida, ayniqsa homiladorlik davrida 20-45 mm/soatni tashkil qiladi. Leykotsitlar Leykotsitlar, yoki oq qon tanachalari yadroli va sitoplazmali rangsiz hujayralar bo'lib, qizil ko'mUcda, limfa tugunlarida va taloqda hosil bo'ladi. Odamning 1 mm 3 qonida 6000-8000 leykotsitlar bo'ladi, ya'ni eritrotsitlarga qaraganda ,600-800 baravar kamroq. Ularning miqdori kun bo'yi o'zgarib turadi. Ovqat yegandan keyin jismoniy ish vaqtida, shuningdek, 20 ba'zi bir kasalliklarda leykotsitlar miqdori ancha oshib ketadi. Ularning ko'payib ketishi leykotsttoz, kamayib qolishi esa leykopeniya deb ataladi (12- rasm).Leykositoz bir qancha patologik jarayonlar (yallig'lanish) uchun xarakterli, biroq sog'lom odamlarda (ovqat hazm qilishday sport bilan shug'ullanishda, jismoniy mehnatda, og'riq, kuchayganda, kuchli hissiyotlarda) ham kuzatiladi. Masalan, qiyin imtihonlar paytida talabalardagi leykotsitlar 11000 tagacha yetgani qayd qilingan. Leykotsitlar organizmdagi himoya va tiklanish jarayonlarida muhim rol o'ynaydi, Ularning asosiy vazifalari: fagositoz (grekcha «fageo»-yemoq demakdir), antitelalar ishlash (organizm uchun yot bo'lgan oqsil moddalarini sun'iy ravishda yuborish yo'li bilan qonda tegishli mikroblar va oqsil tanachalarini zararlantirish va parchalash qobiliyatiga ega bo'lgan moddalar paydo qilish), oqsil tabiatli toksinlarni parchalash va chiqarib tashlashdir (13-rasm). Leykotsitlar ikkita katta guruhga bo'linadi: donali leykotsitlar (granulositlar) Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling