va donasiz leykotsitlar (agranulosltlar).
Granulotsitlar (lazinofillar, eozinofinlar, bazofillar, neytrofillar) ko'mikdagi
miyeloblastlardan rivojlanadi. Eozinofinlar (barcha
leykotsitlarning 1-4% ini tashkil qiladi) kislotali bo'yoqlar (eozin) bilan bo'yaladi.
Ular oqsil tabiatli toksinlarni va yot oqsillarni parchalash hamda zararsizlantirishda
rol o'ynaydi Yot oqsillar ta'sirida qondagi eozinofinlar soni ko'payadi.
Bazoflllar (jami leykotsitlarning l%)-asos bo'yoqlar, masalan, metilen ko'ki va
shu kabilar bilan bo'yaladi. Ularning sitoplazmasidagi donachalarida-
granulalarida geparin moddasi mavjud.
NeytroflUar (barcha leykotsitlarning 70%) neytral bo'yoqlar bilan bo'yaladi. Bu
hujayralarning asosiy funksiyasi-fagositoz qilish va antitelalar ishlashdir.
To'qimalar shikastlangan va mikrob kirgan joyda neytrofillar ko'plab to'planadi.
Ancha yirik bo'lgan bu hujayralar kapillarlar devoridagi endoteliy orqali kirib,
to'qimalarda mikroblar kirgan joyga qarab faol harakat qila oladi. Neytrofillar
amyoba singari harakat qiladi, ularning harakat tezligi bir daqiqada 40 mkm ga
yetadi. Neytrofillar mikroblar bilan to'qnashib, ularni o'rab oladi, hazm qiladi va
yo'qotadi, Neytrofillarning bu xossasini atoqli rus olimi I.I Mechnikov aniqlagan.
Me'yorda qonda yetilgan (segmentlangan) neytrofillargina emas, balki ularning
yetilmagan shakllari: tayoqchasimon yadroli (3-5%), yosh neytrofillar (1%)
singari o'tmishdoshlari ham muayyan miqdorda bo'ladi. Neytrofil leykotsitozda
yetilmagan bu shakllar soni ko'payadi. Ayni vaqtda yosh neytrofillarning
o'tmishdoshlari-miyelotsitlar paydo bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |