E nuritdinov


Agranulositlarga  monositlar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Agranulositlarga  monositlar  va  katta-kichik  limfotsitlar  kiradi.  Monositlar 
barcha  leykotsitlarning  2-10%  ni  tashkil  etadi.  Ularning  yadrosi  katta  bo'lib, 
donalari  sitoplazmaning  yupqa  qavati  bilan  o'ralgan.  Monotsitlar  asosan  taloq 
bilan jigarda ishlanib chiqadi. Ular qondan  yallig'langan joyga o'tib, makrofaglarga 
aylanadi. Bular fagositoz qiladigan qonning katta hujayralariga kiradi. 
Limfotsitlar  ham  donasiz  leykotsitlarga  kiradi.  Ular  yirik  yadroli,  kichkina 
hujayralar bo'lib, ularning yadrosini donasiz sitoplazmaning yupqa qavati o'rab turadi. 
Limfotsitlar  barcha  leykotsitlarning  20-40  %  ni  tashkil  etib,  asosan  limfa 
tugunlarida,  taloqda,  ayrisimon  bez  (timus)da  va  shilliq  pardalarda  rivojlanadi.  Bu 
hujayralar yallig'lanishdan keyingi tiklanish (reperativ) jarayonlarda qatnashadi. 


 
21 
Odam  qonida  bir  necha  xil  limfotsitlar  uchraydi.  Ular  ko'mikdagi  limfoid 
hujayralardan  rivojlanib,  qon  orqali  o'zlari  yetiladigan  to'qimalarga  yetkaziladi. 
Limfotsitlarning  bir  qismi  ayrisimon  bezda  (timusda)  joylashib,  ko'paya  boshlaydi. 
Timusda 
yetilgan 
limfotsitlar 
T-limfotsitlar 
deb 
ataladi. 
ular 
qondagi 
limfositlarning  60%  ni  tashkil  qiladi.  T-limfotsitlar  o'z  navbatida  T-killerlar  va 
T-xelperlarga bo'linadi. T-killerlar «qotil» hujayralar ham deyiiadi. 
Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra odam organizmi fagositoz yo'li bilangina emas, balki 
gumoral  omillar  yordami  bilan,  ya'ni  mikroblarni  va  ularning  hayot  faoliyati 
natijasida 
vujudga 
keladigan 
mahsulotlarni 
zararsizlantiruvchi 
moddalarni 
hujayralarda hosil qilish yo'li bilan infeksiyalardan saqlanadi. 
Masalan,  mikroblar  qo'zg'aydigan  ba'zi  kasalliklarda  (yuqumli  kasalliklarda) 
organizm  bakteriya  zaharlari-toksinlarini  biriktirish  yo'li  bilan  zararsizlantiruvchi-
antitoksinlar  ishlab  chiqaradi.  Qonga  toksinlar  qayta-qayta  yuborilgandan  so'ng 
organizmda  tegishli  antitoksinlar  to'planadi,  bunday  qon  zardobi  kasalliklarni 
davolash maqsadida ishlatiladi. 
Leykotsitlarning  ayrim  turlari  o'rtasidagi  nisbati  leykotsitar  formula  deb 
ataladi  (3-jadval).Leykotsitar  formulani  aniqlash  klinikada  katta  ahamiyatga 
egadir.  Muayyan  kasalliklarda  leykotsitlarning  ayrim  turlari  o'rtasidagi  nisbat 
xarakterli  ravishda  o'zgaradi.  Masalan,  ba'zi  bir  kasalliklarda,  jumladan  gijja 
kasalliklarida  eozinofillar  miqdori  oshib  ketadi.  Organizmda  yallig'lanish  jarayoni 
bo'lsa  neytrofillar  ko'payib  ketadi.  Anginaning  ba'zi  o'smalari  paydo  bo'lganda 
yosh leykotsitlar ko'payib ketadi. Shunga qaramay,  kasallikr.i oxirigacha aniqlash 
uchun albatta leykotsitar formulaning o'zini aniqlash kamlik qiladi. 
Trombotsitlar  (qon  plastinkalari)  suyaklarning  ko'mik  qismida  va  taloqda 
hosil  bo'Iadi.  Odam  trombotsitlarining  asosiy  vazifasi  qonning  ivishini 
ta'minlashdan iborat. Ular soni kamayganda qonning ivish xossasi buziladi. Bunday 
odam  jarohatlanishi  juda  xavfli,  chunki  qon  oqishini  to'xtatish  qiyin  bo'Iadi. 
Salgina  urilish,  turtinish  natijasida  badanda  ko'karish  (qon  quyilish)  yuzaga 
keladi, o'z-o'zidan burundan qon kelishi mumkin. 
Trombotsitlarning deametri 1-4 mkm, dumaloq shakldagi plazmatik tuzilmalardir. 
Odam  va  sut  emizuvchilarning  qon  plastinkalari  yadrosiz,  shuning  uchun 
ko'pchilik  tadqiqotchilar  qon  plastinkalarini  hujayrasiz 
tuzilmalar  deb 
hisoblashadi.  Odamnirig  1  mm  qonida  200-400  ming  trombosit  bor.  Bu  miqdor 
kecha-kunduz  davomida  ancha  o'zgarib  turishi  mumkin.  Periferik  qonda  kunduzi 
ko'proq,  kechasi  kamroq  bo'Iadi.  Bu  jismoniy  mashqlar  mehnat  va  dam  olish 
rejimiga bog'liq. Masalan, og'ir jismoniy ishdan so'ng odamning qon plastinkalari 
3-5 baravar ko'payib  ketadi. Qon plastinkalari 8 kun davomida yettshib oladi. Qon 
tomirlaridan  chiqqan  qondagi  qon  plastinkalari  tez  parchalanib,  5-11  kunda 
yangilanib turadi. Ba'zi bir ma'lumotlarga ko'ra ular 2-5 kun yashaydi. 
Odam  uzoq  vaqt  davomida  kam  va  sifatsiz  ovqatlansa,  bir  necha  kun,  hafta 
davomida  og'ir  jismoniy  mehnatdan  charchasa,  surunkali  uzoq  davom  etuvchi 
kasalliklarda  trombotsitlarning  soni  kamayadi.  Bu  esa  organizmning  nihoyatda 
kuchsizlanganidan dalolat beradi. 
Trombotsit tarkibida serotonin moddasi bo'lib, u qon tomirlarini  toraytirish va 
qon ketgan vaqtda uning ivishini tezlashtirish xossasiga ega. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling