E nuritdinov
Gemoglobinning spektral tahlili
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Gemoglobinning spektral tahlili Gemoglobin, oksigemoglobin, karbooksigemoglobin va uning boshqa birikmalari spektr nurlarini yutib, maxsus chiziqlarni beradi. Masalan, yorug'lik nurlarini oksigemoglobin eritmasi orqali o'tkazib, spektrning sariq-yashil qismida, D va E chiziqlari orasida ikkita qoramtir chiziqni aniqlash mumkin. Spektrning sariq-yashil qismidagi bir keng qora chiziq qaytarilgan gemoglobin uchun xarakterlidir. Oksigemoglobin gemoglobmdan rangi bilan birmuncha farqlanadi, shuning uchun oksigemoglobinli arterial qon qip-qizil bo'ladi. Qon kislorodga qancha ko'p to'yingan bo'lsa, qizil rangi shuncha ravshan ko'rinadi. Vena qonida esa, qaytarilgan gemoglobin ko'proq, bunday qon to'q olcha rangida bo'ladi. Katta yoshli kishilar qonida o'rta hisob bilan 14% gemoglobin konsentratsiyasi mavjud bo'lib, umumiy miqdori esa 600 g ga teng. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra 1 g gemoglobinda 3,5 nig temir mavjud va shunday qilib odam organizmining hamma eritrotsitlarida uning miqdori 2500 mg dan oshmaydi. Gemoglobin, mioglobin, ge mere tin, xlorkruorin tarkibida temir, gemotsianinda- mis gemovanadinda esa-vanadiy elementlari bor. Gemoglobin pigmentlari orasida eng muhimi xromproteinlardir. Odam organizmida eritrotsitlarning hosil bo'lishi va parchalanishiga yiarasha gemoglobin ko'mikning eritroblastlarida (yosh eritrotsitlarida) sintezlanadi. Bir kechayu kunduzda qariyb g g, ya'ni 1% dan sal ko'proq gemoglobin parchalanadi va о Ч pigmentlariga (bilirubin, biliverdin) aylanadi. Oksigemoglobindan tashqari, qonda gemoglobin karbonat angidrid bilan birikib, 19 karboksigemoglobin (HbCO 2 ) hosil qiladi. Bu birikma modda almashinuvi natijasi bo'lgan CO 2 tashilish shakllaridan bin. Karboksigemoglobin oksigemoglobinga qaraganda mustahkamroq birikmadir. Gemoglobin is gazini sekinlik bilan, anchagina uzoq vaqt davomida va toza havodan nafas olib turilgan taqdirdagma beradi. Shuning uchun ham is gazidan zaharlanish hayotga xavf solishi mumkin, is gazidan zaharlangan kishiga beriladigan birinchi yordam uning o'pkasini toza havoga yolchitishidan iborat. Kisloroddan nafas olinganda gemoglobindan is gazining chiqib ketishi 15-20 baravar tezlashadi. Metgemoglobin (metHb) gemoglobinning mustahkam birikimasidir. Metgemoglobin hosil bo'lganda, temirning valentligi o'zgaradi: gemoglobin molekulasidagi ikki valentli temir uch valentli temirga aylanadi. Qonda metgemoglobin ko'p yig'ilib qolganda, qon to'qimalarga kislorod bera olmaydi va organizm bo'g'ilib o'lib qoladi. Metgemoglobin jigar rangi va spektrning qizil qismida yutish chizig'i borligi bilan gemoglobindan farq qiladi. Kuchli oksidlovchilar: ferritsionid (qizil qon tuzi), kaliy permanganat, amilnitrit va propilnitrit, anilin, bertoll tuzi, fenatsetin ta'sir etganda, metgemoglobin hosil bo'ladi. Mioglobin - mushak gemoglobini skelet va yurak mushaklarida uchraydi. Uning oqsilsiz (prostetik) guruhi-gem gemoglobin molekulasidagi shunday guruhga o'xshaydi, oqsil qismi- globin esa gemoglobin oqsiliga qaraganda kamroq molekular og'irlikka ega. Odam mioglobini organizmdagi jami kisloroddan 14% ni biriktira oladi. Mioglobinning bu xossasi ishlayotgan mushakni kislorod bilan ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Mushak qisqarganda kapillarlari qisilib, mushakning ba'zi qismlarida qon yurishi to'xtasa ham, mioglobin bilan birikkan kislorod borligi tufayli, mushak tolalari bir qadar vaqtgacha kislorod bilan ta'minlanib turadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling