E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

kamqonlik 
(anemlya) 
kasalligi 
deyiladi. 
, , -. 
Eritrositlarlarning  hosil  bo'lishi  va  soni  me'yor  miqdorda  bo'lishi  kishining 
sog'ligiga, 
ovqatlanishiga, 
jismoniy 
mashqiar 
bilan 
shug'ullanishiga, 
quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabu I qilishiga 
bog'liq.  Ayniqsa,  ovqat  tarkibida  oqsillar,  temir  moddasi,  В  guruhga  kiruvchi 
vitaminlar yetarli miqdorda bo'lishi zarur. 
Suyak  ko'migidan  hosil  bo'lib,  qonga  o'tgan  eritrotsitlar  120  kun  atrofida 
yashaydi. So'ngra ular jigarda va taloqda parchalanib temir moddasi suyak ko'migida 
yosh  eritrotsitlar  hosil  bo'lishi  uchun  sarflanadi.  Parchalangan  eritrotsitlarning 
gemoglobini  tarkibidagi  gem  moddasi  jigarda  bilirubin  moddasiga  aylanib,  ut 
suyuqligi (pegmenti) hosil bo'lishi uchun sarflanadi. 
Eritrositlarning asosiy vazifasi organizmning barcha hujayralarini kislorod bilan 
ta'minlashdan  iborat.  Ular  tarkibidagi  gemoglobin  o'pka  alveollaridan  kislorodni 
o'ziga  biriktirib  oksigemoglobin  (HbO
2
)  hosil  qiladi  va  hujayralarga  yetkazadi, 
ularda  moddalar  almashinuvi  natijasida  hosil  bo'lgan  karbonat  angidridni 
(bikarbonatlarni) hosil qiladi va yana o'ziga biriktirib o'pkalarga olib boradi. 
Shunday  qilib,  qonda  eritrotsitlar  juda  ko'p  bo'ladi.  Hamma  eritrotsitlarning 
umumiy sathi 3500m
2
 dir. Eritrositlarni qondan ajratib olib, zanjirga o'xshatib chizilsa, 
ular kurrai zaminni ekvatori bo'ylab uch marta aylantirib olishga yetgan bo'lur edi. Bu 


 
18 
misol  odamdagi  eritrotsitlar  miqdori  haqida  bir  qadar  tasavvur  beradi.  Eritrositlar 
taxlab chiqilsa, 6200 km balandlikdagi ustun vujudga keladi. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling