E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
gipergiikemiyasi deb ataladi. Glukozaning plazmada 0,05 % gacha pasayishi
16 gipogiikemiya deyiladi. Glukozaning plazma tarkibida 0,2% ga oshib ketishi yoki 0,05 dan pasayib ketishi organizm funksiyasining kuchli buzilishiga olib keladi va o'lim sodir bo'lishi mumkin. Tinch holda qonda sut kislotasi miqdori 10-30 mg% ga teng. Plazma mineral tuzlari tarkibiga asosan natriy, kaliy, kalsiy magniy, xlor va fosfatlar kiradi. Plazma kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega, ya'ni PH=7.4 Qon plazmasi oqsillari va peptidlar quyidagi funksiyalami bajaradi (7, 8-rasmlar): 1. oqsillar kolloid-osmotik bosimining paydo bo'lishida muhim rol o'ynaydi. Onkotik bosim to'qimalar bilan qon o'rtasidagi almashinuvini tartibga solish uchun zarur; 2, oqsillar qonning bufer tizimi uchun eng kerakli moddalar hisoblanadi va kislotaH-ishqoriy muvozanatni saqlashda ishtirok etadi; 3.oqsillar qon plazmasining yopishqoqligini ta'minlaydi; 4. plazma oqsillari eritrotsitlarni tez cho'kishiga yo'l qo'ymaydi; 5. plazma oqsillari qon ivishi jarayonida faol ishtirok etadi; 6. qon plazmasi immunitetning muhim omili hisoblanadi; 7. qon plazma oqsillarni tashuvchi vazifasini bajaradi; 8. oqsillar-oziq modda. Plazmadagi umumiy miqdori-200-300 g. Odam organizmida bir kecha-kunduzda 17 g albumin va 5g globulin sarflanadi va shuncha oqsil hosil bo'ladi. Albuminlarning yarim parchalanish davri 10-15 kun, globulinlarniki esa-5 kun. Albuminlar plazma oqsillarining 60% tashkil etadi. Ularning molekulalari unchalik katta bo'lmasa ham, harakatchanligi tufayli onkotik bosimning hosil bo'lishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, albumin qonning tashilish funksiyasiga faol ishtirok qilib, bilirubin, yog* kislotasi, ba'zi bir farmakologik moddalar va boshqa antibiotiklarni qon orqali tashilishi uchun asosiy tuzilma hisoblanadi. Albuminning bitta molekulasi 25-50 ta bilirubin molekulasi bilan birikish qobiliyatiga ega. Globulinlar turli oqsilli fraksiyalarga bo'linadi: alfa-1, alfa-2, beta-2 va gamma- globulinlar. Alfa-1-globulinning oqsillari glikoproteinlar va mukoproteiniar deb ataladi. Ulaming tarkibidagi plazmaning 60% glukozasi organizmda aylanib yuradi. Alfa-2-globulinlar oqsillarining tarkibida mis elementi borligi uchun ularni seruloplazmin deyishadi. Bu oqsilning bir molekulasi 8 mis atomi bilan birikishi mumkin, ya'ni plazmadagi 90% mis oqsil bilan birikkan. Beta-globulinlar fosfolipid, xolesterin, sterepid gormon va metall kationlarini tashilishi uchun xizmat qiladi. Metall bor oqsil transferin deb ataladi, masalan, temirning qon orqali tashilishi uchun katta rol o'ynaydi. Transferinning bar bitta molekulasi temirning ikki atomini tashishi uchun moslashgan. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling