E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
14 Qonning bufer tizimi Qon faol reaksiyasining doimiyligi muhim biologik ahamiyatga ega, chunki hujayra ichida o'tadigan jarayonlar doimiy muhit sharoitida me'yorida o'tadi, Reaksiya doimiyligini ushlab turish qobiliyati buferlik bilan belgilanadi. Tarkibida kuchsiz yoki kam dissotsiyalangan kisiota va shu kislotaning ishqorli tuzi eritmasi, ishqoriylik namoyon qiladi. ., Birinchi qonning bufer tizimi bikarbonat tizimi hisoblanadi, chunki u ko'mir kisiota va natriy yoki kaliyning bikarbonatlaridan tarkib topgan. fir ПГу 1 \H*\="K^-^-—— Bu yerda K-konstantaning doimiy o'lchami, B-kaliy yoki [BHCOj] natriy ionlarini bildiradi. Bu tizim qonning 7-9% lik buferlik qobiliyatini tashkil etadi. Modda almashinuvi jarayonida qonga kisiota quyilganda, u bikarbonat bilan neytrallanadi, natijada ajralgan ko'mir kisiota o'pkaning kuchli ventilatsiyasi natijasida chiqariladi, qaysiki u vodorod ionlari konsentratsiyasini oshirib, nafas markazini qitiqlaydi. Natijada, ko'mir kislotaning bikarbonatga munosabati avyalgi holatiga qaytadi. Qonga ishqor kirishi natijasida kumir kisiota neytrallanadi. Shu tufayli nafas markazi faoliyati zaiflashadi, o'pkada kumir kislotasining ajralishi pasayadi, ortiqcha bikarbonat buyrak orqali chiqariladi. Odatdagidek у ana ko'mir kisiota bikarbonatga nisbati tiklanadi. Bikarbonat miqdori qonda ko'mir kislotaga nisbatan 18 marta ko'p. Qonning buferlik hajmi ishqorga nisbatan kisiota uchun yuqori. Buning biologik ahamiyati shuki, moddalar almashinuvi jarayonida ishqor kislotaga nisbatan kam hosil bo'ladi. Qonning ishqoriy tuzlari ishqor zaxiralarini hosil qiladi yoki zahiraviy ishqoriylik hosil qiladi. Qonning ishqoriy zahirasi tarkibida 5,5% CO2 gaz aralashini 100 ml qonga kirtish natijasida yutilgan hajmdagi ko'mir kisiota bilan aniqlanadi. Me'yorda odam qonida ishqor zaxirasi 100 ml qonda CO2 ning miqdori 55 dan 70 ml darajasida bo'ladi. Ishqoriy zahira ovqatlanishga ham bog'liq, o'simliklar mahsulotlari iste'mol qilinganda mushak faoliyati (mashq qilgan sportchilarda boshqa omillarga nisbatan 10% ga oshadi) oshadi. Qonning ikkinchi bufer tizimi fosfet tizimi hisoblanadi. Bunda fosfor kislotasining kaliyli yoki natriyli bir asosli tuzining ikki asosli tuziga nisbati BLJ p/j olinadi: l 4 B-kaliy yoki natriy ionini bildiradi. Shuning uchun B2HPO4 bikarbonat miqdori, erkin karbon kislota miqdoriga bog'liq. H 2 C0 3 +B 2 PO 4 = BhaPO 4 +BHC0 3 Uchinchi bufer tizimi eng asosiysi - bu oqsil bufer tizimi hisoblanadi. Oqsil deyarli 3M qism karbon kislotani biriktiradi. Qon plazmasida anion va kationlar taxminan teng miqdorda va ortiqcha kationlar oqsil bilan ushlab turiladi. Plazma oqsili karbon kislotaga nisbatan juda past kislotali, shu tufayli erkin karbon kislota bilan reaksiya quyidagicha boradi: Bu yerda, B-natriy yoki kaliy ionini bildiradi, p-protein, oqsil. Gemoglobinning buferlik roll katta bo'lib, alohida ahamiyatga ega. Gemoglobin plazma oqimiga nisbatan 3 marta ko'p kationlarni biriktiradi. 15 Qonga karbon kislotasi to'planganda u eritrotsitga o'tadi va gemoglobindan ishqoriy kationlarni oladi. Shuning uchun bikarbonatlar hosil bo'ladi. Ushbu jarayon ayniqsa, oksigemoglobin tomonidan kislorodni yo'qotish paytida kuchayadi, qaysiki, gemoglobinga nisbatan 70 marta kuchli kislotali xususiyatga ega. Oqsil gemoglobin kuchsizroq kislotali gemoglobinga aylanadi. Gemoglobinga nisbatan kuchliroq, karbon kislotasi gemoglobindan ishqoriy kationlarni ajratib oladi: BHb+H2CO3^» H.Hb+BCO3, B-kaliy yoki natriy ionini bildiradi.; Hb-gemoglobin. Plazma tarkibidagi oqsil gemoglobin miqdorini 3 marta oshiradi. Gemoglobinning bufer hajmi plazma oqsili bufer hajmidan 10 marta ortiq. Qonda ishqor-kislotali muvozanat mavjud. Ba'zi sharoitda faol reaksiyaning kislotali tomonga siljishi-atsidoz, masalan: mushakning shiddat bilan ishlashi yoki uning ishqor tomonga siljishi-alkaloz, masalan: o'pkaning kuchaygan ventilatsiyasi. Mushakning shiddat bilan ishlash imkoniyati ishqoriy zaxiraga bog'liq. Masalan, sportchilarda qancha ishqoriy zaxira ko'p bo'lsa, shuncha shiddat bilan ishlash imkoniyati paydo bo'ladi. Qushlar qonida buferlik darajasi katta bo'lsa, ular uzoq muddat suv tagida tura oladi. Masalan, o'rdak nafas yo'lini 8 daqiqa qisib suv tagida turganida ham qonning buferlik darajasi siljimaydi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling