E nuritdinov
Mushak faoliyatining qon tarkibiga ta'siri
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Mushak faoliyatining qon tarkibiga ta'siri
Qon tarkibi, uning fizik-kimyoviy o'zgarishlari mushaklarning faoliyatiga bog'liq. Jis-moniy mashqlar natijasida qon reaksiyasini muvozanatlantiruvchi barcha fiziologik mexa-nizmlar ishga solinadi. Mushaklar shiddat bilan ishlayotganda qon reaksiyasi kislotali (at-sidoz) tomonga siljiydi. Masalan, biron masofaga yugurganda qonning faol pH reaksiyasi 6,95-ni tashkil etadi. Asta-sekin yugurganda pH kamroq o'zgaradi va tez vaqt o'tmasdan bu o'zgargan reaksiya tiklanib, darrov o'z me'yoriga qaytadi. Qon reaksiyasining bir darajada saqlaydigan qobiliyati zaxiraviy ishqor ko'rsatgichi hiso-bidan amalga oshiriladi, jismoniy mashq bilan shug'ullanadigan kishilarda shug'ullan-maydiganlarga nisbatan 10-15% yuqori turadi, Jismoniy mashqlar vaqtida qondagi sut kislota konsentratsiyasi 75-86 13 ml% (me'yorda 10-20 ml%) ga teng bo'ladi. Qonning yo-pishqoqligi ham jismoniy mashqlar davomligiga qarab o'zgaradi, uzoq muddatli mashg'ulot-lardan keyin 10% ga oshadi. Bu o'zgarishlar asosan qonning shaklli elementlari miqdori (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) o'zgarganligi bilan ifodalanadi, shu sababli qon reak- siyasi kislotali tomonga siljiydi. Jismoniy mashqlar natijasida organizmda ter ishlab chiqaruvchi bezlar va buyraklar orqali ko'p miqdorda suv yo'qotiladi. Shuning uchun qonning yopishqoqlik xususiyati oshadi va shu sababli yurak-qon tomirlar tizimining faoliyati qiyinlashadi. Mushak ishlayotgan vaqtda qonda leykotsitlar miqdori oshib, miogen leykotsitoz ko'zatiladi. Uning darajasi jismoniy tarbiyaning turiga bog'liq ekanligini, ilk bor A.Yegorov tomonidan o'rganilgan. Miogen leykotsitozning uch fazasi mavjud: 1-chi faza - limfotsitar leykotsitoz deb aataladi. Qonda leykotsitlar miqdorining oshib ketishi (10 ming bir mm 3 qonda) va limfositlaming 40-50 % gacha oshganligi bilan xarakterlanadi. 2-chi faza (1-chi Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling