E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- (II chi neytrofll faza)
neytrofll faza) leykotsitlarning umumiy miqdori 12-18 minggacha yetadi,
neytrofillarning miqdori esa-70-80-ga oshadi; shulardan yosh neytrofillar 2 % -ni, tayoqchasimon neytrofillar esa 10-15% ni tashkil qiladi, ammo limfotsirlarning umumiy miqdori 15-20% gacha va eozinofillar miqdori l-2%gacha kamayadi. Bu faza davomida ilikda qon ishlab chiqaruvchi a'zolarming faoliyati kuchayadi, ulardan leykotsitlar ko'p miqdorda hosil bo'laveradi. 3-chi fazada (II chi neytrofll faza) qonda leykotsitlarning miqdori yanada oshib, 1mm 3 qonda 20-50 minggacha yetadi; yosh neytrofillar 3-4% gacha, tayoqchasimon neytrofillar 20-30% gacha oshadi, ammo limfotsitlarnning miqdori 3-10% gacha kamayadi, eozinofillar esa vaqtincha qonda yo'q bo'ladi. Shunday qilib, shiddatli jismoniy mashqlar natijasida mushaklarning funksional faoliyati o'zgaradi. Shu bilan birga qon tarkibida ham morfologik o'zgarishlar kuzatiladi. Birinchi navbatda miogen leykotsitozning limfotsitar fazasi kuzatilib, undan keyin I va II chi neytrofll fazalari amalga osha boshlaydi. Miogen leykotsitoz murakkab ko'pbosqichli jarayon hisoblanib, uzoq muddatli va tiklanuvchi davrlardan iborat. Ba'zi bir ma'lumotlarga ko'ra, uzoq muddatli va shiddatli jismoniy mashqlardan keyin (masalan, marafon yugurishda) leykotsitlarning umumiy miqdori 2-3 kechayu kunduz davomida o'z me'yoriga qaytmaydi. Mushak faoliyati natijasida qon plastinkalari (trombotsitlar) miqdori ham oshadi. Bu miogen trombositoz deyiladi. Trombotsitlarning miqdori ikki va hatto undan ham ko'proq oshganligi og'ir va shiddatli mushak faoliyatidan dalolat beradi. Trombotsitlarning umumiy miqdori nafaqat jismoniy faoliyat jaraypnida, balki jismoniy mashqlardan bir necha kun o'tgandan keyin ham o'z me'yoriga qaytmaydi. Jismoniy mashqlar davomida trombotsitlar miqdorining oshmasligi qonning ivish jarayoniga ta'sir yetkazib, uni tezlashtiradi. Buni sportchilarda marafon yugurish va boshqa sport turlari bilan shug'ullanganda kuzatish mumkin. Miogen leykotsitoz, miogen trombositoz hamda qon ivish vaqtining kamayishi himoyalanuvchi ahamiyatga ega. Bu biologik mantiqiy jarayonlar hisoblanadi, chunki mushak faoliyati natijasida paydo bo'lgan funksional p'zgarishlar organizmning himoyalash reaksiyalariga qaratilgan biologik reaksiyadir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling