E nuritdinov
Download 0,91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Qon guruhlari 1901 yili avstriyalik olim K.Landshteyner, 1907 yili chex olimi Ya.Yanskiy turli odamlar qoni kimyoviy-biologik xossalariga ko'ra bir-biridan farq qilishini aniqladilar. Qonning eritrotsitlari tarkibida agglutinogen, plazmasi tarkibida agglutinin rnoddalari bo'lib, ularning har bin kimyoviy xossalariga ko'ra ikki turga bo'linadi, ya'ni agglutinogen A va B, agglutinin a va ft. Binobarin, bitta odam qonining eritrotsitlari va plazmasida bir xil belgili modda bo'lmasligi kerak. Me'yorida agglutinogen A va agglyutinin ft yoki agglutinogen A va agglutinin a bo'lishi mumkin. Agglutinogen A va В bo'lgan qonda agglutininlar umuman bo'lmaydi. Aksincha, agglutinin a va ft bo'lgan qonda aggiutinogenlar umuman bo'lmaydi. Ana shunga ko'ra, barcha odamlar qoni to'rt guruhga bo'linadi (4,5- jadvallar). I- guruh-eritrotsitlarda agglutinogen umuman bo'lmaydi, plazmada agglutinin a va ft bo'ladi. II- guruh eritrotsitlarda agglutinogen A, plazmada agglutinin … bo'ladi. III - guruh-eritrotsitlarda agglutinogen B, plazmada a gglutinin a bo'ladi. IV - guruh-eritrotsitlarda agglutinogen A va В bo'lib, plazmada agglutinin umuman bo'lmaydi. Dunyodagi ko'p mamlakatlarda yashovchi odamlarning qon guruhlarini aniqlash natijasi shuni ko'rsatadiki, qoni I guruh bo'lgan odamlar aholining o'rtacha 40% ni, II guruh 39 % ni, III guruh 15 % ni va IV guruh 6 % ni tashkil etadi. Organizm ko'p qon yo'qotganda ba'zi zaharlanishlarda (jumladan, gemoglobinning kislorod biriktirish xossasi buzilganda), qondagi gemoglobin miqdori kamayganda, tibbiyotda boshqa ko'p ko'rsatmalar bilan qon quyiladi. Ilgari qon quyish uchun urinib .ko'rishlar ko'pincha halokatga olib kelgan yoki organizmni og'ir ahvolga solib qo'ygan. Donor (qon beruvchi odam) qonining eritrotsitlari Download 0,91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling