E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
resipiyent
(qon oluvchi odam)ning qon plazmasida agglutinatsiyalanganda qon qo'yishning og'ir oqibatlari ko'rinadi. Qo'yilgan qon eritrotsitlarida agglutinatsiyalanuvchi modda-agglutinogen, resipiyent plazmasida esa shunga mos keladigan agglutinatsiyalovchi modda-agglutinin bo'lganda shunday hodisa ro'y beradi. Eritrotsitlarning agglutinatsiyalanishi va so'ngra gemolizlanishi oqibatida organizmni o'limga olib keluvchi og'ir holat - gemotransfuzion shok paydo bo'ladi. Donorlik har bir odamning faxriy burchidir. 18 yoshga yetgan har bir sog'lom kishi donor bo'la oladi. Hozirgi vaqtda minglab donorlar ko'plab bemorlarni davolashga, ulafning hayotini saqlab qolishdek olijanob ishga hissalarini qo'shmoqdalar. Aksari odamlarning eritrotsitlarida (85%) yana bir omil bor, uni birinchi marta Landshteyner va Viner 1940 yilda makkak (Maccacus rhesus) degan maymun qonidan topgan va shuning uchun ham uni rezus-omil (ph-omil) deb atalgan. Shu omil bo'lgan odam qoni (rezus musbat qon) mazkur omil bo'lmagan (rezus manfiy omil) odamga quyilsa, rezus manfiy odam qonida maxsus va o'ziga xos agglutininlar va gemolizinlar hosil bo'ladi. Sunday odamga rezus-musbat qon qaytadan quyilsa agglutinatsiya va og'ir oqibatlar (gemotransfuzion shok) paydo bo'lishi mumkin. Rezus-manfiy onada rezus-musbat homila rivojlanishi alohida ahamiyatga ega. Bu holda homilaning rezus-omili plasenta orqali ona qoniga o'tadi. Natijada, ona qonida maxsus antirezus moddalar hosil bo'ladi, bu moddalar plasenta orqali qaytadan homila qoniga o'tadi-da, uning eritrotsitlarini agglutinatsiyalab va gemolizlab, og'ir oqibatlarga sabab bo'ladi. Ba'zan homilaning o'lik tug'ilishi shu bilan tushuntiriladi. Oxirgi yillarda yangi agglutinogenlar kashf etilgani rnunosabati bilan. qon guruhlari haqidagi ta'limot ancha murakkablashdi. Masalan, A guruhi bir qancha guruhlardan iborat ekan (A,, A 2 , A 3 , A 4 va hokazo). A 2 agglutinogeni A, dan farq qilib, agglutinin a bo'lgan sust faol zardoblar bilan agglutinatsiyalanmaydi. 25 Shuning uchun bunday kishilarni qoni I guruhga yanglish kiritilishi natijasida qon quyish og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Rh-omilning uch varianti bor: Rh°, Rh 1 , Rh n , Rh-omil boMmagan eritrotsitlarda HCh (rezus-omilga teskari) omillar topilgan, ularning ham uch varianti bor; HCh°, HCh 1 , HCh n . Bundan tashqari, M, N, S, P, D, C, K, Ln, Le, Fy, Yk va boshqa agglutinogenlar topilgan. Bu omillarnmg kombinatsiyalari ko'p birikmalar beradi va shunday qilib, hozir bir necha yuz ming qon guruhi ajratiladi. Biroq, qon quyish uchun qonning faqat asosiy to'rt guruhini, Rh va HCh omillarni aniqlash kattaroq ahamiyatga ega. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling