E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Chanqov
Chanqov sezgisi uchun fiziologik reaksiya - suv ichishdir. Organizmga suv yetarli kirmaganda yoki mineral tuzlar ortiqcha kirganda (masalan, sho'r ovqat yeyilganda) yoki ko'p suv yo'qotilganda (ko'p terlash, siydik haydovchilar ta'sirida) chanqov paydo bo'ladi. Chanqov sezgisi organizmda suv balansini va elektrolitlar muvozanatini doim bir darajada saqlab turishga yordam beradi. Zamonaviy nazariyalarning biriga ko'ra, chanqov umumiy his hisobalanadi. Uning kelib chiqish mexanizmini organizmda suv kamayganda osmotik bosimning ko'tarilishiga sezgir bo'lgan maxsus retseptorlarning qo'zg'alishi bilan tushuntirish mumkin. Osmoretseptor hujayralar deb ataluvchi bunday retseptorlar, jumladan, gipotalamusda topilgan. Bu nuqtayi nazardan chanqov vaqtida doim og'iz va halqum qurish sezgisi ikkilamchi hodisadir. Og'iz va halqumni suv bilan chayish chanqov sezgisini kamaytiradi-yu, yo'qotmaydi. Qonga gipotonik eritma yoki to'g'ri ichakka suv kiritilgandagina chanqov sezgisi yo'qolishi mumkin. Odam bir talay suv yo'qotganda, masalan, haddan tashqari ko'p suv ajralganda (vaboda) shunday hodisa kuzatilgan. Ezofagotomiya qilingan it ustida o'tkazilgan kuzatishni chanqov umumiy his degan farazga dalil qilib keltirish mumkin. Bunday it uzoq vaqt suv ichishi mumkin, lekin bu suv qizilo'ngachning qirqilgan joyidan tashqariga chiqib ketadi va organizmga kirmaydi. Bunda chanqov bosilmaydi, albatta. Me'daga ozroq kiritilsa, hayvonning chanqovi bosiladi (N.l.Juravlev, B.G.G'afurov). B.G.G'afurovning fikricha, bosh miyada ovqat markaziga o'xshash «ichish markazi» bor. Chanqov paydo bo'lishi gipotalamusning lateral va ventromedial funksiyalariga hamda bosh miya yarim sharlar po'stlog'ining 4, 6, 8, 9, 10, 11, 12 maydonlari faoliyatiga bog'liq. Shunday qilib, to'qimalarda suv kamayganda paydo bo'luvchi va suv ichishga hamda gomeostazning tiklanishiga olib keluvchi sezgi chanqov deb ataladi. U Kennon chanqov sezishni so'lak sekretsiyasining kamayishiga, shuning natijasida og'iz va halqumning qurishiga bog'laydi. Ajralgan so'lak miqdori esa organizmdagi suv kamayganda so'lak sekretsiyasi ham kamayadi. So'lak sekretsiyasi 20% kamayganda chanqov sezgisi paydo bo'ladi, sekretsiya 50% kamayganda esa chanqov chidab bo'lmaydigan darajaga yetadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling