E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Mavzu
7. MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVI. OVQATLANISH Modda va energiya almashinuvi yoki metabolizm Odam tashqi muhitdan ovqat qabul qilishi,organizmda uning o'zgarishi,hazm qilinishi, hosil bo'lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Modda va energiya almashinuvi,yoki metabolizm jarayonida organizmda mexanik, fizi-kaviy,kimyoviy o'zgarishlar ro'y beradi,termik va elektr hodisalari paydo bo'ladi.Murakkab or-ganik birikmalar pachalanganda ularda mujassamlashgan potensial energiya bo'shab chiqib, is-siqlik,mexanik,elektr energiyasiga aylanadi.Demak, metabolizm - bu organizmda yuzaga chiqa-digan va uning hayotiy jarayonlarini amalga oshiradigan fizikaviy va kimyoviy jarayonlarining yig'indisidir.Metabolizm jarayonida hujayra va to'qimalarning faoliyati, o'sishi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan energiya hosil bo'ladi.Bu esa fiziologik tuzilmalar,hujayralar,ularning funk-siyasini bajarishi uchun zarur bo'lgan energiya ehtiyojini qondiradi.Modda va energiya almashi-nuvi tabiatshunoslikning umumiy qonuni - materiya va energiyaning saqlanish qonuniga asos bo'ladi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lgan ikki jarayon - ya'ni assi-milatsiya (anabolizm) va dissimilatsiya (katabolizm) orqali o'tadi.Ovqat moddalari tarkibiy qi-smlarining hujayralarga o'tishi assimilatsiya yoki anabolizm deyiladi.«Assimilatsiya» termini lotincha «assimulo»-o'xshataman so'zidan olingan bo'lib,lug'aviy tarjimasi «o'xshatish», «o'z-lashtirish» demakdir.Assimilatsiya - atrofdagi muhitdan organizmga tushadigan moddalarni o'z-lashtirish, hazm qilish jarayoni, buning natijasida o'sha moddalar tirik tuzilmalarning tarkibiy qismi bo'lib qoladi yoki organizmda zaxira holida to'planadi.Assimilatsiya natijasida hujayra- larning tarkibiy qismlari yangilanadi,ularning ko'payishi sodir bo'ladi.Organizm qancha yosh bo'lsa,unda assimilatsiya shuncha faol o'tadi.Bu esa organizmning o'sishi va rivojlanishini ta'-minlaydi.To'qimalarda saqlanadigan energiya beruvchi moddalar (glikogen, ATF) ning sintez-lanishi uchun sarflanadi. Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlarining parchalanishi (yemirilishi) Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling