E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Oqsillar almashinuvi 
 
Oqsillar yoki proteinlar aminokislotalar polimerlari bo'lgan yuqori molekulali 
azotli  or-ganik  moddalar  hisoblanadi,ular  barcha  tirik  organizmlarning  va  hayotiy 
jarayonlarning asosiy tarkibiy qismidir. 
Oqsillar 
eng 
murakkab 
kimyoviy 
birikmalar 
bo'lib,20 
turli 
aminokislotalarning 
turli 
kombinatsiyalaridan tarkib topgan. Oqsillar biosintezi nuklein kislotalarning bevosita 
yo'nal-tirovchi  ishtirokida  ro'y  beradi,nuklein  kislotalar  ayrim  aminokislotalardan 
oqsil molekulasini yig'adigan «o'choq» vazifasini o'tovchi qolib, andozaga o'xshaydi. 
Oqsillar organizmda quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
1.Tuzilmaviy    yoki  plastik  funksiya.Oqsillar  hujayra  yoki  hujayralararo 
tuzilmalarning      asosiy      tarkibiy    qismi      hisoblanadi.Ularning  biosintezi 
organizmning o'sishi va rivojlanishi   jarayo-nida muhim rol o'ynaydi. 
2.Katalitik 
yoki 
fermentativ 
ftinksiya.Oqsillar 
organizmda 
kimyoviy 
reaksiyalarni tezlashtiradi. Hozirgi kunda aniqlangan hamma fermentlar oqsil tabiatli 
moddalar  hisoblanadi.Organizmda  moddalarning  almashinuvi  oqsil  fcrmentlarning 
faolligiga bog'liq. 
3.Himoyalochi  funksiya.Odam  organizmiga  kirayotgan  begona  oqsillarga 
(masalan,    bakteriya-larga)  javoban  oqsillardan  immun    tana  (antitela)  lar  hosil 
bo'ladi. 
... 
4.Tashuvchi  funksiya.Organizmda  ko'p  moddalarni tashilishida  oqsillar  maxsus 
rol  o'ynaydi.  Hujayra  va  to'qimalar  uchun  zaruriy  modda  kisiorodni  ularga  yetkazib 
berishi  va  organizmdan  karbonat  angidrid  gazini  tashqariga    chiqarish    murakkab 
oqsillar-gemoglobin  orqali  va    yog'-larning  tashilishi  lipoproteidlar  orqali  amalga 
oshiriladi. 
5.Qisqaruv  funksiya.Mushak  qisqarishi  darayonida    miozin  va  aktin  oqsillari 
ishtirpk etadi. 
6.Boshqaruv  funksiya.Biologik  reaksiyalarning  doimiyligini  saqlab  turishda 
oqsillarning ahami-yati juda katta.Bu jarayon oqsilli tabiatli  turli regulator gormonlar 
tufayli amalga oshiriladi: 
7.Energetik    funksiya.Oqsillar  organizmning  turli  tuzilmalarini  energiya  bilan  


 
90 
ta'minlab  turadi. 
Organizmda  proteinlar,karbonsuvlar  va  yog'larning  parchalanishi    oqsil-
fermentlar    tufayli    amalga    oshiriladi.1  g  oqsil  parchalanganda,  4,0  kkal  energiya 
hosil bo'ladi. 
Tanada  doimo  oqsil  parchalanish  jarayonlari  va  oqsillarning  sintezi 
kuzatiladi.Yangi  oq-sil  sintezining  yagona  manbai  ovqat  tarkibidagi  oqsillar 
bo'lib,tananing  oqsil  almashinuvi  oqsilli  oziqlanishga  mustahkam  bog'liqdir.Odam 
jigarida  har  kuni  25  g    miqdorda,  plazmada  20  g  va  gemoglobin  tarkibida  8  g 
miqdorda yangi oqsil hosil bo'ladi.Turli xil sharoitlarda katta kishi ta-nasida har kuni 
400 g gacha yangi oqsil mahsulotlari hosil bo'ladi va shuncha miqdorda parcha-lanib 
turadi.Oqsil  almashinuvining  tezligi  shu  bilan  xarakterlanadiki,  masalan,  jigar 
tarkibidagi  oqsilning  yarmi  5-7  kun  davomida  tamoman  yangi  oqsil  bilan 
almashinadi. 
Doimiy  ravishda  tana  tarkibidagi  oqsillarni  parchalanish  jarayonlari  yuz 
berib,u  amino-kislotalargacha  boradi.Shu  bilan  birgalikda  tanaga  ovqat  bilan  kirgan 
oqsillarning aminokislota-lari tushadi (ichakdan so'riladi). Shunday qilib,ekzogen va 
endogen 
tabiatli 
aminokislotalardan 
iborat 
bo'lgan.aralashma 
faza 
hosil 
bo'ladi.Aralashma  faza  hujayra  ichida  va  hujayra  tashqarisi-dagi  suyuqlikda 
uchraydi.Uning tarkibidagi aminokislotalarning bir qismi yangi to'qima oqsil-larining 
sintezi uchun sarflanadi, bir qismi esa purinli va fosfatidli asoslarni hosil qilish uchun 
sarflanadi  va  nihoyat  aminokislotalarning  bir  qismi  oksidlanadi  yoki  lipidlar  va 
uglevodlar  al-mashinuvi  uchun  sarflanadi.Dezaminlanish  natijasida  ajralgan 
aminoguruhlar tanadan siydik bilan ammiak va siydikchil holida chiqarib yuboriladi. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling