E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Azot balansi
Azot oqsillar va aminokislotalar .tarkibiy -.qisniining asosiy elementi hisoblanib, orga-nizmga oqsilli va boshqa xil oziq moddalar tarkibida kiradi. Organizmga ovqat bilan kiradigan va siydik, ter va boshqa yo'l bilan chiqadigan azot miqdorlarining nisbati azot balansi deb ataladi.Organizmga kiradigan va undan chiqadigan azot miqdori bir xil bo'lgan holda azot baravarligi (muvozanati) kuzatiladi.Bu hol ko'pincha katta yoshdagi odamlarda kuzatiladi. Organizmga ovqat bilan kiradigan azot miqdori organizmdan chiqadigan azot miqdoriga nisbatan ortiq bo'lsa,organizmda nusbiy azot balansi kuzatiladi,ya'ni oqsil parchalanishidan ko'ra ko'proq hosil bo'ladi.Bu hodisa ko'pincha kichik yoshdagi o'sayotgan bolalarda, ayollarda homiladorlik paytida, shiddatli jismoniy mashqlardan keyin, mushak faoliyati kuchayganda, ka-sallikdan keyin va boshqa holfarda kuzatiladi. Manfiy azot balansi (azot tanqisligi) - organizmdan chiqqan azot miqdori organizmga kirgan azot miqdoriga nisbatan ortiq bo'lgan holda kuzatiladi.Manfiy azot balansi oqsil ochlik, isitma, oqsillar almashinuvining neyroendokrin boshqarilishi izdan chiqqan hollarda kuzatiladi. Mutaxassislar tomonidan ish xarakteriga va yoshga bog'liq bo'lgan holda oqsilli oziqlanish me'-yori ishlab chiqilgah.Masalan, 70 kg og'irlikdagi katta yoshdagi sog'lom odamlar va aqliy meh-nat bilan shug'ullanuvchi kishilar uchun me'yorda 1 kecha ktinduzda 100 g gacha,o'rtacha jismoniy mehnat bilan mashg'ul bo'luvchilarga 91 120 g, og'ir jismoniy mehnatdagilar uchun esa - 130-150 g oqsil iste'mol qilish talab qilinadi. Oqsilning miqdoriy oziqlanish tomoni bilan birgalikda uning sifatiy tomonini ham e'ti-borga olish kerak.Gap shundaki,organizmda kechadigan oqsil biosintezida oziq-ovqat tarkibida-gi aminokislotalaraing tarkibiy jihati ham muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Biologik nuqtayi nazardan oqsil biosintezida ishtiok etadigan aminokislotalarni 2 guruh-ga bo'lish mumkm. Almashinadigan aminokislotalar.Bu aminokislotalarning oziq-ovqat moddalari tarkibi-dagi yetishmovchiligi boshqa aminokislotalar tomonidan qoplanadi. Almashinmaydigan aminokislotalar, ular tanada hosil bo'lmaydi,ular albatta oziqa tarki-bida bo'lishi shart bo'lgan aminokislotalar va ularning yetishmovchiligi oqsil sintezini izdan chiqarishiga olib keladi.Almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalarga valin, leytsin, treonin, izo-leytsin, metionin,fenilalanin, triptofan, lizin, gistidin, arginin kiradi. O'simlik mahsulotlaridan iborat oziqlarga :qaraganda hayvon mahsuloti tarkibli oziqlar tarkibida almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar ko'p bo'ladi.Aminokislotalarning kerakli yi-g'indisini saqlovchi oqsillarni, biologik to'la qimmatli oqsillar deb nomlanadi.Oo'sht, baliq, tu-xum, sut tarkibidagi oqsillar yuqori darajadagi biologik to'la qimmatli oqsil hisoblanadi. Makkajo'xori,bug'doy,arpa oqsillari to'la qimmatli bo'lmagan oqsillardir. Oqsil sinteziga va parchalanishiga markaziy asab tizimining boshqaruv ta'siri to'g'ri asab o'tkazuvchi yo'l bilan amalga oshiriladi, shunga mos holda ichki sekretsiya bezlarining funksi-onal holati ham o'zgartiriladi.Asab tizimining oqsil metabolizmiga vositasiz ta'sirining bo'lmas-ligi ko'pgina tajribalarda asab tolalarni qirqib qo'yish yo'li bilan aniqlangan. Asab ta'sirlaridan mahrun qilingan, ya'ni denervatsiya qilingan to'qimalarda oqsil tuzil-masining metabolizmi izdan chiqishi kuzatiladi.Hayvonlarda bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'i olib tashlanishi natijasida oqsil almashinuvi susayishi isbotlangan.Bu holat ayniqsa, yosh hayvonlarda kuzatiladi, bu esa bo'y o'sishi va tana massasining oshishiga olib keladi. Gormonlar oqsil almashinuviga ta'sirining turli-tumanligi bilan bir-biridan farqlanadi. Bir xil gormonlar oqsil sintezini faollashtiradi,ya'ni anabolitik ta'sir ko'rsatadi,boshqalari oqsil-ning parchalanish jarayonini faollashtiradi,ya'ni katabolitik ta'sir ko'rsatadi. Somatotropin-gipofiz bezining oldingi bo'lagida sekretsiyalanadigan gormon hisoblana-di.U tananing o'sish davrida skeletning o'sishini va barcha a'zo va to'qimlarning oqsil massasini oshishini ta'minlaydi.Odam va hayvon hayotining keyingi davrlarida somatotropin gormoni normal hayot qobiliyatlari uchun kerakli bo'lgan oqsilni sintezlanib turishini boshqarilishida asosiy rol o'ynaydi. Hozirgi zamon tasavvurlariga ko'ra oqsil sintezining somatotropin ta'sirida faollashishi turli mexanizmlar bilan tushuntiriladi: 1.Aminokislotalarning hujayra tashqi muhitidan hujayra ichiga o'tishining tezlashuvi; 2.Hujayra yadrosida informatsion RNK sintezi,u orqali oqsil sintezining 92 kuchayishi va subhu-jayraviy tuzilmalarining shakllanishi; 3.Katepsin-hujayra ichi proteolitik sintezlar ta'sirini susaytirish. Insulin bu ham anabolitik ta'sir ko'rsatadigan gormondir.U oqsil almashinuviga be-vosita va karbonsuv almashinuvi orqali esa bilvosita ta'sir ko'rsatadi.Bu gormonning bevosita ta'siri shu bilan tavsiflanadiki,u ammokislotalarga nisbatan hujayra membranalarining o'tkazuv-chanligini oshiradi.Natijada aminokislotalarning hujayra tashqi muhitidan hujayraning ichiga o'tishi oshadi.Shu sabali hujayra ichida oqsil sintezi faollashadi.Bundan tashqari,insulin ta'sirida bir talay to'qimalarning hujayralari tomonidan glukozaning hazm bo'lishi yoki iste'mol qilinishi kuchayadi,oqibatda ancha miqdorda energiya ajraladi va ma'lum miqdorda oqsil sintezi jara-yonlarida sarflanadi. Qalqonsimon bez gormonlari (tiroksin, triyodtironin) oqsil almashinuviga, oqsilli oziq-lanishga va oqsil almashinuvining oxirgi holatiga ta'sir ko'rsatadi.Bezning me'yor funksiyasida oqsil sintezini: rag'batlantiradi, shu tufayli oqsil sintezini, a'zolar va to'qimalar differensiatsiy-asining rivojlanishini faollantiradi.Oqsil bilan oziqlanishning me'yordan ortiqcha miqdorda bo'-lganda gormonlarning ta'siri katabolitik tavsirga ega bo'ladi,bu o'z navbatida oqsil parchalanishi jarayonlarini kuchaytiradi. Jinsiy gormonlar.Ayollar jinsiy gormoni faqat maxsus ayollar jinsiy a'zolari (bachadon, qin, ko'krak bezlari) dagi to'qimalarda ishlab chiqilib,ular oqsil sintezini kuchaytiradi.Boshqa a'zo va to'qimalardagi oqsil almashinuviga estrogenlar ta'sir qilmaydi.Erkaklar jinsiy gormon-lari (androgenlar) xuddi shunday anabolitik ta'sirga ega, lekin ularning ta'siri estrogerilardan ko'ra yanada ko'proq bo'ladi.Androgenlar ta'sirida oqsil sintezi faqat erkak jinsiy a'zolarda ku-chaymay, balki boshqa to'qimalarda ham kuchayadi.Androgenlar steroid tizilmasi asosida ko'p-gina sintetik preparatlar tayyorlangan:ular oqsil sinteziga aniq anabolitik va kuchsizlangan spetsifik ta'sir ko'rsata olish qobiliyatiga ega.Ular bolalar bo'yining o'sishida, ayniqsa, fiziologik rivojlanishi qoloq bo'lgan bolararni davolashda ishlatiladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling