E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
dissimilatsiya yoki katabolizm deyiladi.Dissimilatsiya (dissimulo-o'xshamaydigan
qilaman so'zidan olingan) orga-nizm faoliyati jarayonida murakkab organik moddalarining bo'linishi,o'zgarishi,ya'ni assimilat-siyaga qarama-qarshi jarayondir.Boshqacha qilib aytganda, dissimilatsiya jarayonida hujayralar tizimi,jumladan oqsil birikmalar tarkibiga kiradigan moddalarning parchalanishi,bo'linishi, tirik materiyaning yemirilishi demakdir.Buning natijasida energiya hosil bo'ladi va bu energiya assi-milatsiya jarayoni uchun sarflanadi.Dissimilatsiya jarayoni natijasida hosil bo'lgan qoldiq mod-dalar (karbonat angidrid, suv, azot qoldiqlari va boshqalar) ayirish a'zolari orqali tashqariga chi- qariladi.Ma'lumki,odam va hayvonlar organizimida energiyaning yagona tabiiy manbasi orga-nik moddalarning oksidlanishidir.Bu moddalarning parchalanishi natijasida mushaklarning me-xanik faoliyati uchun kerak bo'lgan energiya hosil bo'ladi.Energiyaning qolgan qismi esa, mu-rakkab birikmalarning sintezlanishi va uning maxsus makroergik tizifnlarda zahira bo'lishi u-chun sarflanadi. 89 Shunday qilib,makroergik birikmalar deb,parchalanganda energiya chiqaradigan moddalarga aytiladi.Odam organizmida makroergik moddalar rolini adenozintrifosfat (ATF) va kreatinfosfat (KF) o'ynaydi. Odam organizmida assimilatsiya va dissimilatsiya jarayonlari bir-biriga bog'liq holda davom etadi.Sog'lorri bo'lgan katta odamlarda bu ikkala jarayon bir- biriga teng muvozanatda bo'ladi.Yosh organizmda assimilatsiya jarayoni ustunroq bo'lib, buning natijasida o'sish va rivojlanish ta'minlanadi.Keksa odamlar organizmida esa dissimilatsiya jarayoni ustun keladi. Shuning uchun ham keksalarning terisi salqi bo'lib,yuzlarida ajin paydo bo'ladi,tana mushaklari bo'shashib,ularning hajmi kichrayadi va qorni osilib qoladi.Og'ir kasalliklar vaqtida ham dissi-milatsiya kuchayadi,shuning uchun hatto yosh odamning ham rangi so'liydi,terisi quriydi, yuzi-da ajin paydo bo'ladi, mushaklari bo'shashadi, tana vazni kamayadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling