E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Lipidlar almashinuvi
Lipidlar sinfiga kimyoviy tarkibi bir xil bo'lmagan, bir qancha fizik, kimyoviy xususiyatlari bilan umumlashtiriluvchi moddalar kiradi. Kimyoviy tarkibi.,bo'уicha ularni oddly lipidlar (fosfolipidlar, neytral yog'lar) va murakkab (glukolipidlar, sulfolipidlar) va steroidlarga ajratiladi. Hayvon va odam organizmidagi lipidlarning asosiy massasini neytral yog'lar tashkil etadi. Ular asosan trilitseridlar, ya'ni glitserin va bar xil yog' kislota (ko'proq palmitin, stearin, olein, linol, linolenlar tutadigan murakkab organik moddalardir. Neytral yog'lar odam va hayvon ovqatida - energiyaning asosiy manbai hisoblanadi. 1 gr yog' oksidlanganida 38,97 kDj yoki 9,3 kkal issiqlik ajraladi. Kattalarning taxminan 50% energiyasini va emizikli bolalarning 40% energiyasini neytral yog'lar ta'minlaydi, bunda endogen suv hosil bo'lib, bar 100 g yog'dan 107 ml suv hosil bo'ladi. Bu esa, tanada suv almashinishini normal borishini .ta'minlaydi. Neytral yog'lar zahiralarining oziq manbai sifatidagi roli tuyada tasvir qilish mumkin. Uzoq vaqt cho'lda yurganda tuyaning o'rkachidagi yog' birdan energetik zahira ham va kerakli miqdordagi endogen suv manbai ham bo'lib xizmat qiladi. Tanani teri ostida joylashgan neytral yog1 harorati biologik muvofiqlashtiruvchi tizim bo'lib xizmat qiladi, ya'ni tanada issiqlikni saqlaydi. Bunday yog'ni to'planishi ayniqsa dengiz va shimol hayvonlarida uchraydi. Shunday qilib, neytral yog' zaxiralari to'plami a'zolar, tomirlar va asablarni o'rab olib, ularni tashqi travmatik ta'sirlaridan saqlaydi. ҚаМа odamlarning bir kecha-kunduzdagi neytral yog'ga bo'lgan ehtiyoji 70-80 g, 3- 10 yoshli bolalarda 25-30 g ni tashkil qiladi. Energetik tbmondan neytral yog'lar karbonsuvlar bilan bemalol almashinadi. Lekin ba'zi to'yinmagan yog' kislotalar, masalan, linolen va araxidon kislotalari odam ovqatida albatta bo'lishi kerak, chunki ular me'yorda o'sish uchun va bir qancha a'zolar funksiyalari uchun kerakdir. Ovqatda bu kislotalarning uzoq vaqt bo'lmasligi yosh hayvonlarning bo'y o'sishini sekinlashuvi, kattalarda esa urchish xususiyatining yo'qolishiga olib keladi. Odamlarda, ayniqsa bolalarda teri shikastlanishi vujudga keladi. Shu kislotalarga odamning bir kecha-kunduzlik ehtiyoji 3-6 g ni tashkil qiladi. Tanaga ovqat bilan kiruvchi yog' ingichka ichakda so'riladi. Ichakda yog' kislotalar ta'sirida yog' emulsiyalanadi. Emuisiyalangan yog'ning 25-45% i me'da osti bezining lipazasi va ichak shirasi ta'sirida glitserin va yog' kislotalargacha parchalanadi. tomonga siljishiga olib keladi. 25-yoshdan o'tgandan so'ng yog' almashinuvi har 10 yildan so'ng taxminan 7,5% ga pasayadi. Shu jihatdan ko'pgina keksa yoshdagi kishilarda semirish kuzatiladi, bu esa ishtaha markazining kuchli qo'zg'alishi va energetik sarflanishining pasayishi oqibatidir. Chuqur qarilik davrida odatda oriqlash kuzatiladi, bu esa simpatik jarayonlar qo'zg'aluvchanligining pasayishi, shu jihatdan karbonsuvlarning yog'larga o'tishining pasayishi natijasida yuzaga keladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling