E nuritdinov


Organizmda suvning ahamiyati


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Organizmda suvning ahamiyati 
Suvning  asosiy  biologik  ahamiyati  uning  fizikaviy  hamda  kimyoviy  xususiyatlariga 
va molekulalarining tuzilishiga asoslangan. 
Suv  molekulalari  assimmetrik  tarqalgan  tegishli  zaryadlardan  iboratdir,  ya'ni  suv 
molekulasining  asosini  qutblangan  yoki  zaryadlangan  bog'lar  tashkil  qiladi.  Bu 


 
99 
bo'lakchalarni  suv  molekulalari  xuddi  suv  qobig'idek  o'rab  oladi.  Elektrolit  va 
noelektrolitlarni erish darajasi molekuladagi qutblangan yoki qutblanmagan guruhlar 
nisbatiga  bog'liq.  Ayniqsa,  ionlarni  suv  va  elektrolitlar  orasidagi  almashinuv 
jadallashib,  bunda  elektrolitlar  eruvchanroq  bo'ladi.'Bii  esa  shundan  darak  beradiki, 
suv organik moddalarni asosiy erituvcliisi, tanadagi metabolit hisoblanadi. 
Suv  hujayra  ichi'  almashinuvining  asosi  hisoblanadi,  chunki  tananing  ichki  muhiti  - 
qon, limfa, to'qima suyuqligi suvdan tarkib topgan. U hujayra va tananing bo'laklari 
bilan gumoral yo'l bilan hog'langan. 
1 Tananing hayot faoliyati uchun suvning termik xususiyatlari ham katta ahamiyatga 
ega.  U  yuqori  issiqlik  saqlovchi  modda  va  shuning  uchun  yaxshi  issiqlik  izolyatori 
hisoblanadi. 
Suv  issiqlikning  eng  yuqori  o'lchamlaridan  biri  -  bug'  hosil  qilish  xususiyatiga  ega. 
Bu  xususiyat  tufayli  suv  molekulasini  qutblanish  kuchiga  ko'ra  molekulalar 
«jamg'armasini» hosil qiladi. Buning biologik ma'nosi shundaki, suvning bug'lanishi 
hattoki uncha katta miqdorda bo'lmasa ham ko'p issiqlik berishi mumkiri. 
Shunday qilib, bug'lanish-issiqlik boshqarilishining birdan bir asosiy mexanizmidir. 
Suvning  o'tkazuvchanligi  nihoyatda  yuqori  bo'ladi.  Shuning  uchun  to'qima  va 
a'zolarning  ichki  muhitida  hattoki  issiqlik  uchun  manba  bo'luVchi  mahsuiotlar 
miqdori bir xil bo'lmasa ham tananing har xil joylarida harorat tez tenglashadi. 
Suv  almashinuvi  elektrolitlar  almashinuvi  bilan  chambarchas  bog'liq.  Tanaga  suv 
toza  holda  kirib  kelmasdan  balki,  aralashma  holda  kirib  keladi.  Elektrolitlar  modda 
almashinuvidagi  ahamiyati  ularning  osmotik  va  elektrolitik  xususiyatlari  bilan 
aniqlanadi. Bundan tashqari, alohida bo'lgan elektrolitlar tana funksiyasi uchun o'ziga 
xos ahamiyatga ega. 
Aldosteron  -  buyrak  usti  bezini  po'stloq  qismidan  ajraluvchi  gormon.  Uning  asosiy 
ahamiyati  buyrakni  kanalchalar  apparatida  natriyning  qayta  so'rilishini  ta'minlash 
hisoblanadi.  Aldosteron  ta'sirini  tanada  suv  balansi zgarganda  kuzatish  mumkin. 
M tadil sharoitlarda suvning kirishi va chiqishi bir me'yorda bo'ladi. Bu me'yorning 
buzilishi  o ibatida  suv  balansi  manfiy  yoki  musbat  tomonga 
zgarishi  mumkin. 
Manfiy  suv  balansi  tanaga  yo  suvning  kam  kirishi  yoki  uni  haddan  tashqari  ko'p 
chiqib  ketishi  natijasida  fivojlanadi.  Musbat  suv  balansi  esa  tanaga  haddan  tashqari 
ko'p suv kirganda yoki kam suv ajratib chiqarilganda sodir bo'ladi. 
Manfiy  suv  balansi  misolida  vazopressin  bilan  aldosteron  ta'sirini  ko'rib  chiqsak. 
Degidratatsiyaning  qanday  tomonli  bo'lmasin,  u  baribir  hujayra  tashqarisidagi  suvni 
kamayishiga  olib  keladi.  Ko'pincha  bunda  natriy  va  xlor  ionlari  konsentratsiyasini 
hujayraaro suyuqligida oshishi yuz beradi, ya'ni hodisaga gipersolemiya deyiladi. Bu 
vaqtdagi  o'zgarish  o'zini  ta'sirini  birdan  ikkita  omil  orqali  -  hujayra  tashqi 
suyuqlikning kamayishi va unda osmotik bosimning oshishi namoyon bo'ladi. 
Osmotik  bosimning  kamayishi  hujayra  tashqarisidagi  muhitda  aylanib  yurgan  qon 
miqdori  orqali  buyrakning  yukstaglomerulyar  apparatiga ta'sir qiladi. Bunda  apparat 
siqilib bu ta'sirotga javoban renin ishlab chiqaradi. 
Renin buyrakdan qonga ajralib chiqadi va plazmaning antigenez alfa-globulini bilan 
ta'sirlanadi.  Renin  -  angiotenzin  omili  kirgizib  qilingan  tajribalarda  -  uning  katta 
biologik  faolligi  aniqlangan.  U  mayda  arteriya  tomirlarini  toraytiradi  va  aldosteron 
sekretsiyasini  boshqaradi.  Aldosteron  natriy  va  suvni  buyrakda  qayta  so'rilishini 
kuchaytiradi, bu bilan u siydik orqali suv chiqishini kamaytiradi. 


 
100 
Degidratatsiyada  hosil  bo'luvchi  ikkinchi  kompensator  mexanizm  -  bu  vazopressin 
sekretsiyasini  kuchayishi  hisoblanadi.  Shunday  dalillar  borki,  hujayra  oralig'idagi 
suyuqlikning  oshib  ketishi  gipotalamusning  osmoretseptorlarini  qo'zg'atar  ekan  va 
natijada  supraoptik  va  paraventrikular  yadrolar  hujayralari  orqali  vazopressin 
sekretsiyasi  faollashadi.  Bundan  tashqari,  degidratasiya  (ayniqsa  qon  yo'qotganda) 
qon bosimining tushishiga olib keladi. Buning natijasida tomir retseptorlari qo'zg'alib 
vazopressin  sekretsiyasini  reflektor  tarzda  kuchayishiga  olib  keladi.  Vazopressin 
ajralishining  kuchayishi  nefron  apparati  kanalchalarida  suv  reabsorbsiyasini 
kuchaytiradi, bu bilan siydik orqali suv chiqishi kamayadi. 
Shunday  qilib,  manfiy  suv  balansi  sharoitlarida  ikkita  asab-gumoral  mexanizmlar-
vazopressin  va  aldosteron  sekretsiyasi  ta'sirlari  sodir  bo'ladi.  Bunda  vazopressin 
sekretsiyasi  hujayra  oraliq  suyuqligida  osmotik  bosimni  kuchaytiradi.  Bu  yana  bir 
marta organizmning suv-tuz almashinishining birligini ko'rsatadi. 
Shuni  ta'kidlab  o'tish  kerakki,  gormonlarning  kompensator  ta'siri  chegaralangan. 
Masalan,  tuz  miqdorining  oshishi  natijasida  hujayra  ichi  va  hujayra  tashqarisidagi 
suyuqliklar  orasida  osmotik  gradiyent  hosil  bo'ladi  va  hujayradagi  suyuqlik  hujayra 
tashqarisiga  yo'naladi,  ya'ni  osmotik  bosim  yuqori  tomonga  -  qarab  oshadi.  Buning 
natijasida hujayra degidratatsiyasi sodir bo'ladi. 
Hujayra  membranasidan  ionlar  o'tishiga  glukokortikoidlar  faol  ta'sir  qiladi.  Ular 
yetishmaganda  qon  plazmasida  natriy  va  xlor  miqdori  kamayib,  hujayralarda  esa 
natriy  va  suv  yig'ilishi  kuzatiladi.  Bu  jarayon  hujayraqo'zg'algandan      keyin   
natriyning   undan   chiqishi   va   kaliyning   kirishi faolligini susayishiga olib keladi. 
Oxirgi  yillarda  suv-tuz  almashinuvi  boshqarilishiga  gipofiz  gormoni  -prolaktin 
ishtirok qiladi degan g'oyalar ham bor. Prolaktinni osmoboshqaruvchilik rolini tuban 
umurtqalilarda,  ayniqsa,  baliqlarda  aniq  ko'zga  tashlangan.  Sut  emizuvchilar 
buyragida  maxsus  prolaktin  retseptorlari  topilgan,  bu  esa  uni  buyrakdagi  suv  va 
elektrolitlar chiqishi mexanizmida ishtirok etishini bildiradi. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling