E nuritdinov


gumoral  va  to'siq  funksiyalar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

gumoral  va  to'siq  funksiyalar  deb  ataluvchi  omillar  ana  shu  mexanizmlarning  eng 
muhim turlaridir. 
Fagositoz  (grekcha  «fageo»-yemoq  demakdir)  organizm  uchun  yot  bo'lgari 
zarrachalarning  turli  hujayralar  tomonidan  yutilishiga  ,  aytiladi.  Hujayralarning 
yo'lida  uchraydigan  yot  zarrachalar,  shu  jumladan  bakteriyalar ham  hujayraning 
sitoplazmasiga  o'raladi  va  natijada  uning  ichiga  qamaladi,  keyinchalik  u  bakteriya 
hujayralarining ichida hazm bo'lib yo'qoladi. 
Immunitetning  gumoral  omillari.  Baktcriyaiar  shu  bakteriyalarga  sezgir 
bo'lmagan  organizmga  kirsa,  tezda  nobud  bo'ladi.  Bular  faqatgina  fagositoz  yo'li 
bilan emas, balki organizm  suyuqligida bo'lgan  moddalarning parchalash ta'siri 
tufayli  ham  nobud  bo'ladi.  Bu  moddalar  (yoki  omillar)  gumoral  (grekcha  gumor-
suyuqlik  demakdir)  moddalar  deb  ataladi.  Bular  qon  bilan  uzviy  bog'langandir. 
Yuqumli  kasallikni  boshdan  kechirilgandan  so'ng  yoki  organizmga  biror  mikrob 
yoki  organizm  uchun  yot  bo'lgan  oqsil  moddalarini  sun'iy  ravishda  yuborish  yo'li 
bilan qonda  tegishli mikroblar va oqsil tanachalarini zararsizlantirish va parchalash 
qobiliyatiga  ega  bo'lgan  modda  paydo  bo'ladi. Bu  moddalar  antitelalar  deb  ataladi. 
Antitelalarni  paydo  qiladigan  mikrob  yoki  oqsil  tanachalari  antigeniar  deb 
ataladi. 
Antilelalar  asosan  limfa  tugunlarida  va  tomoqda  hosil  bo'lib,  shu  joydan  qon 
va  limfaga  o'tadi.  Infeksiyadan  tuzalgan  organizm  qonining  zardobida  antitelalar 
paydo bo'lishi tufayli bu kasallikni qo'zg'atuvchisiga nisbatan yangi xususiyat paydo 
bo'ladi.  U  immunli  zardobga  aylanadi.  Antigen  organizmga  takror  tushganda  u 
immunli zardobning antitelasi bilan bog'lanadi va zararsizlantiriladi. 
Immunitet  ishlab  chiqarish  mexamzmlari  orasida  to'sqinlik  qilish  mexanizmi 
ma'lum  ahamiyat  kasb  etadi.  Organizmning  tashqi  muhit  orqali  tushadigan  turli 
kasalliklarni  keltirib  chiqaradigan  agentlarda  saqlaydigan  ana  shunday  to'siq 


 
29 
apparati ten va shilliq qavati hisoblanadi. Bularai tashqi to'siqlar deb atash mumkin. 
Terining  shikastlanmagan  epidermisi  bakteriya  va  ko'pgina  zaharli  moddalarni 
o'tkazmaydi, shu sababli teri bakteriyalar uchun mustahkam to'siq hisoblanadi. 
Organizmda  ayrim  a'zo  va  to'qimalarni  kasallik  paydo  qiluvchi  agentlarning 
ta'siridan  saqlaydigan  ichki  to'siqlarning  murakkab  tizimlari  ham  bor.  Jigar  ana 
shunday  kuchli  ichki  to'siqlaridan  biridir.  Ichak  va  qorin  bo'shlig'idagi  boshqa 
a'zolardan  kelgan  qon  jigar  orqali  o'tadi.  Bu  qonda  bo'lgan  hamma  zaharli 
moddalar  jigarda  ushlanib  qoladi  va  zararsizlantiriladi.  Jigarda  sodir  bo'ladigan 
ko'pgina jarayonlarning orasida uning to'siqlik, himoya qilish funksiyasi eng muhim 
funksiyalardan biridir. 
Markaziy asab tizimining ichki to'siqlari muayyan ahamiyat va alohida xususiyatga 
ega bo'lib, gematoensefalik to'siq (ya'ni qon-miya to'sig'i) deb  ataladi.  Eng  muhim 
hayotiy  markazlar  joylashgan  markaziy  asab  tizimi  uchun  miyaning  hujayralarini 
o'rab  turgan  suyuq  ichki  muhitning  tarkibi  ayniqsa  katta  aharriiyatga  ega.  Markaziy 
asab  ..tizimida  turli  xil  kasallik  jarayonlarining  kelib  chiqishida  gemato-ensefalik 
to'siq  funksiyasining  buzilishi  katta  rol  o'ynaydi.  Bu  ayniqsa  markaziy  asab 
tizimining  infeksion  va  virusli  kasalliklariga  taalluqlidir.  Xulosa  qilib  aytganda 
immunitet  ikki  xil  -  tug'ma  va  orttirilgan  bo'ladi.  Tug'ma  immunitet  onadan 
bolaga o'tadi, lekin u doimiy bo'lmaydi va bolaning birinchi yoshidayoq o'z kuchini 
yo'qotadi.  Odamning  hayoti  davomida  orttirilgan,  ya'ni  uning  o'z  organizmida 
ishlab chiqarilgan immunitet (antitela va antitoksinlar) o'z navbatida ikki xil bo'ladi: 
tabiiy  va  sun'iy.  Tabiiy  immunitet  odam  biror  yuqumli  kasallik  bilan  kasallanib 
tuzalishi  natijasida  hosil  bo'ladi.  Shuning  uchun  ba'zi  yuqumli  kasalliklar  bilan 
odam umr davomida bir marta kasallanadi, ya'ni birinchi marta  kasallanish davrida 
uning  organizmida  bu  kasallikni  qo'zg'atuvchi  mikrob  yoki  virusga  qarshi 
immunitet  hosil  bo'ladi  va  bu  immunitet  uning  butun  umri  davomida  saqlanadi. 
Masalan,  qizamiq,  tepki,  chechak,  bo'g'ma,  ko'kyo'tal  kabi  yuqumli  kasalliklar 
bilan odam faqat bir marta kasallanadi. 
Organizmni 
himoyalanuvchi 
vositalarga 
immun 
tizimining 
oqsillari 
immunoglobulinlar, interleykinlar va interferonlar kiradi. 
Odamning  immun  tizimi  yuqori  darajada  tashkil  topgan  murakkab  tizim 
hisoblanadi va o'z ahamiyati. bo'yicha asab tizimiga tengdir, Odam immun tizimining 
asosiy a'zolariga ijik, limfotsitlar, taloq va timus (ayrisimon bez) kiradi (15-rasm). 
  Shunday  qilib,immunitet-  bu  tug'ma,  nasldan  naslga  be-ruvchi  organizmning 
qobiliyati  hisoblanib,tashqaridan  organi-zmga  kiruvchi  yoki  patologik  jarayonlari 
natijasida paydo bo'la-digan organizm uchun begona zarrachalarni zaharsizlantiradi. 
  Sun'iy immunitet odamni emlash natijasida uning organizmida hosil  qilinadi. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling