E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Nafas  tizimining  (burun,  hiqildoq,  traxeya,  bronxlar)  ichini  qoplagan  shilliq 
parda  mikroblar  va  viruslarni  ichki  to'qima-larga,  qonga  o'tkazmay,  himoya 
vazifasini  bajaradi.  Bu  shilliq  pardalardagi  mayda  tukchalar  havo  bilan  kirgan 
mikroblarni tu-tib qoladi. 
Hazm 
tizimidagi 
so'lak, 
oshqozon 
va 
ichak 
shirasi 
mikrob-larni 
kuchsizlantirish,  eritib  yuborish  xususiyatiga  ega  bo'-lib,  ular  ham  organizmni 
himoya qilish vazifasini bajaradi. 
Organizm  himoyalanishining  ikkinchi  bosqichida  qonning  leykotsitlari  xizmat 
qiladi. Yuqorida aytilganidek, leykotsitlar odam badaniga kirgan  mikroblarni  yutib, 
eritib yuboradi. Bu hodisa  fagositoz  deyiladi.Leykotsitlarning organizmni yuqum-
li  kasalliklarni  qo'zg'atuvchi  mikroblardan  himoya  qilish  xusu-siyati  ana  shundan 
ham  ko'rinib  turibdiki,  yuqumli  kasalliklar  bilan  xastalangan  bemorlar  qonida 
leykotsitlarning  soni  ko'pay-adi,  ya'ni  me'yorda  6-8  ming  bo'lsa,  kasallikda  10-12 
mingga  yetadi  va  undan  ham  oshishi  mumkin.  Bu  hodisa  organizm  mik-roblarga 
qarshi  kurashish  va  kasalliklardan  qutulish  uchun  o'zi-ni  himoya  qilish 
imkoniyatlarini safarbar qilganligini ko'rsata-di. 
Organizmlarning  yuqumli  kasalliklardan  himoyalanishning  uchinchi  bosqichi 
antitelalar va antitoksinlar ishlab chiqarishi hisoblanadi.Bular organizmning maxsus 
hujayralarida  ishlab  chiqariladi.Antitelalar  organizmga  kirgan  mikroblarni  bir-
biri-ga  yopishtirib,eritib  yuboradi.Antitoksinlar  esa  mikroblar  ajra-tadigan  zaharli 
moddalarni parchalab, zararsizlantiradi. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling