E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
QON AYLANBH FIZIOLOGIYASI Qon aylanishning flziologik ahamiyati Qon aylanish tizimiga yurak,arteriya,vena,kapilliyarlar va limfa tizimi kiradi.Yurak va tomirlar faoliyati tufayli odam organizmida qon to'xtovsiz harakatlanib turadi va turli-tuman ta-shilish funksiyalarini bajaradi. Yurak qon tomirlar tizimining markaziy a'zosi bo'lib,asab va gormonlar boshqaruvining ta'sirida doimo bir maromda qisqarib va kengayib turadi.Buning natijasida organizmdagi qon suyuqligi har xil kattalikdagi qon tomirlari yordamida hujayralarga va to'qimalarga oziq modda-iami olib boradi va turli qon tomirlar orqali yurakka qaytib keladi.Shuning uchun barcha qon tomirlar ikki turga bo'linadi: 1)markaziy a'zo bo'lmish yurakdan chiqib, butun tanaga tarqaladigan hamma qon tomirlari-ga (ichidagi oqayotgan qonning qandayligidan qat'iy nazar) arteriya qon tomirlari deyiladi; 2) hujayralardan,to'qimalardan markaziy a'zo hisoblangan yurakka qon olib keladigan tomirlarni esa vena qon tomirlari deb yuritiladi. Yurakdan chiqadigan arteriya qon tomirlari (aorta, o'pka arteriyalari) markazdan uzoqlashgan sari tolalar, tarmoqchalar chiqarib, asta-sekin kichiklasha boradi. 31 Nihoyat, a'zolar devorida mikroskop ostida ko'rinadigan juda ham ingichka arteriya tolalari - arteriolalar kapillar soch tolasiga o'xshagan qil tpmirlardir, ularning uzunligi o'rta hisobda"0;5 mm, kengligi 3-3,5 mk, ya'ni odam tukining diametridan 50 marta kichik va devori juda yupqa bo'ladi. Shu sababli ularda qon sekin oqadi, natijada hujayralar, to'qimalar va oraliq moddalarning yashashi va ishlashiga zarur kislorod hamda boshqa moddalarning qondan to'qimalarga diffuziya yo'H bilan o'tishiga imkoniyat yaratiladi. To'qimalarga esa karbonat angidridni va modda almashinuvi natijasida vujudga kelgan boshqa moddalarni kapillarlarga beradi. Shunday qilib, arterial qon kapillarlar orqali venoz qonga aylanadi. Venoz kapillar tomirlar esa asta-sekin yiriklashib, oxirida ikkita (yuqorigi va pastki) kavak vena qon tomirni tashkil qiladi va yurakning o'ng bo'lmachasiga qo'yiladi. Qon o'ng bo'lmachadan o'ng qorinchaga, undan o'pka arteriyalari orqali o'pkaga boradi. O'pka arteriyasining .tarmoqlari pirovardida kapillarlarga aylanadi va nafas alveolafari (pufakchalar)ni o'rab oladi. Kapillyarlar esa nafas jarayonida karbonat angridni chiqaradi va kislorodga boyiydi. Kislorodga boy bo'lgan qon o'pka venalari orqali yurakning chap bo'lmachasiga quyiladi. Undan chap qorinchaga o'tib, aorta orqali butun organizm bo'ylab tarqaladi. Qon organizmga harakatlanar ekan, qon aylanishining katta va kichik doirasi kabi murakkab yo'lni bosib o'tadi. Katta qon doirasi yurakning chap qorinchasidan boshlanib, aorta, undan chiqqan arteriyalarni, ularning barcha tarmoqlarini, butun gavdadagi arteriolalar, kapillarlar, venalarni o'z ichiga oladi va yurakning o'ng bo'lmasida tugaydi. Qon aylanishining kichik (o'pka) doirasi yurakning o'ng qorinchasidan boshlanib, o'pka arteriyasi va uning barcha tarmoqlarini, o'pka arteriolalari, kapillarlar, venalarni o'z ichiga oladi va yurakning chap bo'lmasiga quyiladigan o'pka venalari bilan tugaydi. Katta va kichik qon aylanish doiralaridan tashqari, uchunchi, ya'ni yurak qon aylanish doirasi ham bor, bu doira arteriya va vena qon tomirlaridan tuzilgan. Yurak devorining venalari to'g'ridan-to'g'ri yurakning o'ng bo'lmasiga quyiiadi. Shunday qilib, yurak-qon tomir tizimi eng muhim hayotiy vazifani bajaradi. Agar yurak qisqa vaqt to'xtab qolsa, odamning hayoti ham to'xtaydi. Yurak-qon tomir tizimi bir necha qismlardan iborat. Bu tizimning faoliyatini mukammal o'rganish uchun uning har bir qismining tuzilishi va vazifasi bilan tanishish maqsadga muvofiqdir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling