E nuritdinov


Qon tomirlar fizologiyasi. Gemodinamika


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Qon tomirlar fizologiyasi. Gemodinamika 
 
          Qonning  qon  tomirlari  tizimi  bo'ylab  harakatlanishi  gemodinamika  qonuniga 
asoslangan.  Shunga  ko'ra,  tomirlardagi  qonning  oqish  tezligi  ikkita  kuchga  bog'liq. 
Ularning  birinchisi  qon  tomirlar  tizimining  boshlanish  qismidagi  va  oxiridagi 
bosimning  bar  xil  bo'lishi;  bu  kuch  qonning  harakatlanish  tezligini  ta'minlaydi. 
Ikkinchisi  tomirlardagi  qarshilik  kuchi,  ya'ni  qonning  quyuqligi,  yopishqoqligi  va 
uning  tomirlar  devoriga  ishqalinishidir.  Bu  kuch  qonning  harakatlanish  tezligiga 
qarshilik ko'rsatadi. Gemodinamika qonuniga ko'ra, arteriya qon tomirlari tizimining 
yuqori qismida, ya'ni yurakka yaqin tomonida bosim baland va qonning oqish tezligi 
yuqori bo'ladi; quyi qismida esa bosim past va qonning oqish tezligi ham past bo'ladi. 
Bunga  sabab,  birinchidan,  yurakning  chap  qorinchasi  qisqargan  vaqtda  qon  katta 
bosim  bilan  aortaga  chiqariladi,  ikkinchidan,  tomirlar  tizimining  quyi  qismida  aorta 
va  arteriya  tomirlari  mayda  tarmoqlarga  (kichik  arteriolalar  va  kapillarlarga) 
bo'finishi  natijasida  qon  tomirlar  devorining  umumiy  kengligi  ortadi.  Bu  esa  ularda 
bosimning  pasayishiga,  qon  tomirlari  devorining  qarshilik  kuchi  ortishiga  sabab 
bo'ladi, qonning oqish tezligini, sekinlashtiradi, ya'ni arteriya qon tomirlari tizimining 
eng tor qismi aorta bo'lib hisoblanadi. Aorta odam tanasidagi tomirlarning eng yirigi 
bo'lsa  ham,  undan  tarmoqlangan  arteriya  tomirlari  kengligining  umumiy  yig'indisi 
aorta  kengligidan  bir  necha  marta  ko'pdir.  Tanadagi  barcha  150  milliart  kapillar 
aortaning  quyi  qismi  tarmoqlanishidan  hosil  bo'ladi  va  ularning  umumiy  kenglishi 
aortaning kengligidan 600-800 marta ko'pdir. Shuning uchun aortada bosim baland va 
qon oqish tezligi kapillarlardagiga nisbatan yuqori bo'ladi. 
Shunday  qilib,  ma'lum  bo'ladiki,  yuqorida  ko'rsatilgan  kuchlarning  birinchisi-
bosimlar farqi, ya'ni suyuqlik harakatiga yordam beruvchi kuch, ikkinchisi-qarshilik, 
ya'ni  suyuqlik  harakatiga  tusqinlik  qiladigan  kuch.  Gemodinamika  qonuni  - 
gidrodinamikaning quyidagi tenglamasi bilan 
P — P ifodalanadi: Q = ——- bu yerda Q-suyuqlik hajmi; p,-p2 suyuqlik oqadigan 

i;-. 
nayning boshi va oxiridagi bosimlar farqi; R-oqimga qarshilik. 
Demak,  xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  tomirlar  tizimida  qon  haqidagi  ta'limot 
gemodinamika deb ataladi, bu qonun gidrodinamika qonuniga asoslangan bo'lib, katta 
va kichik qon aylanishida uchraydigan umumiy 
P — P periferik qarshilikni   hisoblab chiqarish uchun mumkin bo'ladi.  Л = -!—2- 
tenglamasiga asoslanib, qon tomirlari tizimida  bosim  farqi va  yurak  qorinchalaridan 
tomirlar tizimiga chiqib, bo'lmalarga qaytib kelgan qon hajmini ham bilish mumkin. 


 
38 
Qon  yurakdan  uzluksiz  ravishda  chiqmay,  balki  otilib-otilib  chiqqani  uchun 
arteriyalardagi  qon  oqimi  uzlukli  tabiatda  bo'ladi.  Arteriola,  kapillar  va  venalardagi 
qon oqimi uzluksiz, doimiydir. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling