E nuritdinov


Qon tomirlarining tasnifi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Qon tomirlarining tasnifi 
 
Umuman  katta  va  kichik  qon  aylanishida  ishtirok  etuvchi  qon  tomirlari  quyidagi 
tiplardan iborat: amortizatsiyalovchi (elastik tipdagi qon tomirlar), rezistiv (qarshilik 
ko'rsatuvchi qon tomirlar), sfinkter (jumrak) qon tomirlar, almashinuv qon tomirlari; 
hajmli qon tomirlar, shuntlovchi (ulovchi) qon tomirlar (6-jadval). 
Elastik tipdagi qon tomirlarga aorta, o'pka arteriyasi va ularga yaqin joylashgan katta 
tomirlar  qismlari  kiradi.  Ularning  o'rta  qavatlarida  elastik  (qayishqoq)  elementlar 
ko'proq uchrab, ular tufayli sistola fazasida qon bosimining keskin ko'tarilib ketishiga 
yo'l qo'ymaydi. 
Rezistiv  tipdagi  qon  tomirlariga  arteriyalarning  oxirgi  qismi  va  arteriolalar  kiradi. 
Ularning  devorlarida  silliq  mushak  qavati  yaxshi  rivojlangan,  shu  sababli  qon 
oqimiga  ko'proq  qarshilik  ko'rsatadi.  Silliq  mushaklar  qisqarish  va  bo'shashishi 
tufayli tomirlar ko'ndalang kesimi o'zgarib, qon bosimini o'zgartiradi. Bu jarayon turli 
a'zolarda qon aylanishining asosiy mexanizmi hisoblanadi. 
Sfinkter tipdagi qon tomirlariga  - kapillarlardan oldinroq joylashgan arteriolalarning 
oxirgi  qismlari  kiradi.  Ular,  rezistiv  qon  tomirlari  singari  o'zining  ichki  diametrini 
o'zgartira oladi. 
Almashinuv  qon  tomirlariga  qon  kapillarlari  kiradi,  ya'ni  modda  almashinuvida 
ishtirok*etadigan  kapillar  tomirlar  kiradi.  Diffuziya  va  filtrlanish  jarayonlari 
kapillarning  bir  qavatli  epitemiya  va  yulduzsimon  hujayralari  orqali  amalga 
oshiriladi.  Ular  qisqarish  qobiliyatiga  ega  emas,  ammo  ularning  diametri  pre-va 
postkapillar bosim o'zgarishi bilan sfinkter tomirlarning holatiga qarab o'zgaradi. 
Hajmli qon tomirlarga venalar tizimi kiradi. Ular juda cho'ziluvchan bo'lganidek ko'p 
miqdordagi  qonni  o'ziga  sig'dirib, saqlab  turishi  va  qon  aylanishiga  qayta  chiqarishi 
mumkin.  Ba'zi  venalar  qon  zaxirasi  sifatida  ancha  ko'p  hajmiga  ega.  В  ularga  jigar 
venalari,  qorin  bo'shlig'i,  yirik  teri  venalari  kiradi.  Bu  venalardagi  mavjud  qon 
miqdori 1 litr chamasida ko'payib-kamayib turishi mumkin. 
Shuntlovchi  (o'lovchi)  qon  tomirlar  arteriovenoz  anastomozlardan  iborat  bo'lib, 
tanahing ba'zi qismlarida joylashgan (quloqning terisi, burun va hokazo). Bu tomirlar 
ochiq  vaqtida  kapillarlar  orqali  qon  oqishi  kamayadi,  ba'zan  butulay  to'xtab  qolishi 
ham mumkin. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling