E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Qon depolari 
 
         Fiziologik tinch holat sharoitlarida qon tomirlarda 60-70% qon mavjud. Bu qon 
miqdori sirkulatsiya (aylanib yuradigan) qoni deb ataladi. 
         Qolgan  30-40%  qon  miqdori  maxsus  qon  depolarida  qon  zahirasi  sifatida 
saqlanib qoladi va shu sababli uni zaxiraviy qon deb atashadi. Shunday qilib, aylanib 
yuruvchi-sirkulator qon miqdori qon depolaridan umumiy qon aynalishiga chiqadigan 
qon hisobidan oshishi mumkin bo'ladi. 
         Qon  depolariga  taloq, jigar, teri  ostidagi tomirlar  va o'pka  kiradi. Taloqda 500 
ml  qon  bor,  u  sirkulatsiyaga  deyarlik  butunlay  qatnashmasligi  mumkin.  Jigar 
tomirlarida  va  teri  ostidagi  tomirlar  chigalida  (odamning  shunday  chigalida  1 
litrgacha  qon  bo'lishi  mumkin)  qon  boshqa  tomirlardagiga  nisbatan  ancha  (10-20 
baravar)  sekin  aylanadi.  Shuning  uchun  bu  a'zolarda  qon  ushlanib  qoladi  va  ular 
go'yo qon rezervuarlari, boshqacha aytganda, qon depolari hisoblandi. 
Taloqdagi  qonda  eritrotsitlar  tomirlarda  aylanib  yurgan  qondagiga  nisbatan  ko'proq 
va gemoglobini ham 15% ortiq bo'lgani uchun taloqdagi qon umumiy sirkulatsiyaga 
qo'shilishi bilan kislorod ham ko'proq tashiladi. 
Qondagi  kislorod  miqdori  kamayganda  taloq  refleks  yo'li  bilan  qisqaradi  va  o'zidan 
qo'shimcha  miqdorda  qon  siqib  chiqaradi.  Shuning  uchun:  1)  qon  yo'qotilganda,  2) 
atmosfera bosimi yoki qondagi kislorodning parsial bosimi pasayganda, 3) is gazidan 
zaharlanishda, 
4) 
xloroform 
yoki 
efir  narkozida,  5)  jismoniy  ish  bajarishda  va  shunga  o'xshash  holatlarda  taloq 
qisqaradi. 

Organizm  tinch  turganda  taloq  kengaygan,  ko'proq  qonga  to'lgan,  shu  tufayli 
sirkulatsiyada qon miqdori kamaygan bo'ladi. 
Taloq va jigarning qonga to'lishi, binobarin, qon depolari sifatidagi funksiyasi refleks 
yo'li  bilan  boshqariladi.  Simpatik  asab  tizimi  quzg'olgarida  taloqning  qisqarishi 
yuzaga  chiqadi  va  qon  tomirlarga  o'tadi.  Adashgan  asab  quzg'olganda  esa,  aksincha 
taloq qon bilan to'yiladi. 
Katta  yoshdagi  odamlarning  o'pka  va  jigaridagi  qon  tomirlarida  ma'lum  bir  miqdor 
qon  ushlanib  qoladi.  Jigarning  tomir  tizimida  0,6  1  gacha  qon  zahira  bo'lib  tursa, 
o'pkaning qon tomirlarida uning miqdori 0,5 dan 1,2 1 gacha yetadi. 
Jigar  qon  deposi  sifatida  katta  ahamiyatga  ega.  Jigar  venalarining  yirik  tarmoqlari 
devorida  mushak  to'tamlari  bor,  ulardan  sfinkterlar  (halqasimon  qisqich  klapanlar) 
paydo  bo'ladi,  bular  qisqarganda  quyiladigan  joyi  torayib  jigardan  qonning  oqib 


 
45 
chiqib ketishi qiyinlashadi. Shu tariqa, jigarda qon ushlanib qoladi va bu a'zo qonga 
ko'proq  to'lishadi.  Jigardagi  qon  umumiy  sirkulatsiyadan  taloqdagi  qon  kabi  chetda 
qolmaydi, biroq jigar venalaridagi sfinkterlar qisqargan bo'lsa qon yurishi susayadi. 
Teri ostidagi qon tomirlarida 1 1 gacha qon zaxira bo'lib turadi. Uning asosiy miqdori 
qorin  bo'shligida  joylashgan  turli  a'zolar  venalarida  saqlanib,  vegetativ  asab  tizimi 
orqali  boshqariladi,  taloq,  jigar  va  qon  tomirlari  singari  o'z  funksiyalarini  bajarib 
boradi. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling