E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurak miokardi
O'pkalar ham qon aylanishining ikkala doirasidan qon oladi: 1) kichik qon
aylanish doirasi o'pkalarning nafas olish funksiyasini ta'minlaydi; 2) o'pka to'qimasining oziqlanishini ko'krak aortasidan chiqadigan bronxial arteriyalar qon bilan ta'minlaydi. O'pka kapillarlari diametri taxminan 8 mkm. Ular bir-biriga uiangan bo'lib, alveolalarni qalin to'r kabi o'rab turadi. O'pka .kapillarlarining funksional uzunligi 250 mkm bo'lib, qon bu masofani QQ7-.1 soniya ..., d,a bosib o'tadi. Tinch holatda o'pka kapillari yuzasi 60 m2, jismoniy ish bajarilganda bu yuza 90 m2 ga yetadi. Sog'lom odamlarda o'pka arteriyasida sistolik bosim 25-30 mm s.u., diastolik bosim- 15-20 mm s.u, o'pka arteriyasidagi o'rtacha bosim aortadagi o!rtacha bosimdan 5-6 baravar kamroq (31-rasm). : .. Yurak miokardi yurak koronar yoki o'ng va chap toj arteriyalardan qon oladi. Chap arteriyaning shoxlari chap qorincha, qorinchalararo to'siq, chap va o'ng bo'lmalarni qon bilan ta'minlaydi. O'ng toj arteriyaning shoxchalari: yurakning o'ng tornoniga kiradi. Kapillyarlar to'ri; esa miokardda juda ko'p, ularning miqdori mushaklar tolalarining miqdoriga baravar. Bundan tashqari miokardda haddan tashqari ko'p tomir tabjatigaxos bo'lmagan kanallar mavjud. Ularning diametri venullalar va arteriolalarga teng bo'lib, tuzilishlari esa kapillarlarga o'xshaydi. Ular orqali tegishli tomirlar yurakning bo'limlari bilan ulashgan. Yurak tizimida yana bir miokardning chuqur qavatlarida joylashgan sinus tizimi mavjud, ularda yurak klapanlari ochiladi. Yurak qondan kislorodni boshqa a'zolarga nisbatan ko'p oladi. Yurak kislorodga yelchimaganda tuzuk ishlay olmaydi va og'riq sezgilari pay do bo'ladi. Mo'tadil fiziologik sharoitda Sunday hodisa ro'y bermaydi, chunki qonda kislorod kamayganda koronar tomirlar reflektor yo'li bilan kengayadi va yurakka qon kelishi oshadi. Nafas to'xtatib turilganda toj tomirlardan ikki baravar ko'p qon o'tishi mumkin. Bosh miya o'zi xos unikal qon aylanish xususiyatiga ega. Uning qon bilan ta'minlanishi boshqa a'zolarga nisbatan ko'proq. Shuni maxsus qayd qilib o'tish joyizki, yurakdan chiqqan va katta qon aynalish doirasida aynalayotgan qonning 15% bosh miya tomirlari orqali o'tadi. Miyada qon yumshoq miya pardasi tomirlaridan arteriyalar orqali o'tadi. Arteriya va venalar o'rtasida anostomozlar yo'q, kapillar ochiq bo'ladi. Kulrang moddada kapillarlar soni oq moddadagidan ko'proq. Miyaning qon tomirlari va asab hujayralari qonda CO2 miqdori o'zgarishiga juda sezgir, shu bois miya to'qimalarida CO2 tarangligi ikki baravar oshganda miya qon tomirlari kengayib, qon oqishning hajm tezligi ham ikki baravar ko'payadi. Agar tez va chuqur nafas olib, qonda O2 miqdori ko'paysa, miya tomirlari torayadi, qon oqishi kamayadi va bunda ba'zi kishilarning boshi aylanadi. 47 Markaziy asab tizimining oliy darajada rivojlangan asab hujayralari kislorodning yetishmasligiga boshqa a'zolarga nisbatan birinchi navbatda javob qaytaradi. Miya neyronlarida kislorod tanqisligi natijasida 15-20 soniya davomida biotoklar yo'qoladi va agar undan ham ko'proq vaqt davomida qon oqishi to'xtatilsa, o'lim sodir bo'ladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling