E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Ishchi giperemiya
Ishlayotgan organizm va a'zolarda qon oqishining kuchayishi va qon tomirlarining kengayishi funksional yofci ishchi gipermiya deb ataladi. Bu hodisani ilk bor 1875 yilda nemis olimi Zadler va 1877 yilda Gaskell o'rganib chiqqan. Ammo 1927 yilda A.Krog tomonidan ishchi giperemiya o'tkazilgan bir qator eksperiment ishlar natijasida aniqlik kiritilgan. Uning fikricha, mikrosirkulyator tizimiga qon oqib kelishi kuchayishi tufayli periferik tomirlar tizimining biron qismida qon to'liqligi oshadi, qizaradi. Faoliyat ko'rsatib turgan a'zoda qon tomirlari gumoral yo'l bilan kengayadi. Biroq, turli izlanishlarga qaramasdan hozirgi vaqtgacha giperemiyaning asab va gumoral mexanizmlari oxirigacha aniqlanmagan. Ba'zi bir qarashlarga ko'ra, giperemiyani amalga oshirishda sut kislotasi, gistamin, karbonat kislotasi, ATF, kaliy ionlari va boshqa moddalar ishtirok • etadi. Amrno, hozirgi vaqtda giperemiyaning ro'yobga chiqarishi uchun lozim bo'lgan bu moddalarning ahamiyati oxirigacha o'z tasdiqini topmagan. Masalan, shunialohida e'tirof qilish kerakki, ishlayotgan mushaklar qon tomirlarining kengayishi ularda hali sut kislotasi hosil bo'lguncha amalga oshiriladi, yoki ishchi giperemiya gistaminning ta'sirini tbrmozlovchi moddalar yuborilgandan keyin ham kuzatiladi. Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ishlayotgan mushaklar qon tomirini kengaytiruvchi yana bir boshqaruv mexanizmi bu ritm haydovchisi degan mexanizmdir. Ba'zi bir ma'lumotlarga ko'ra, qon tomirlar devorining tonusini saqlab turadigan ritm haydovchisi mexanizmi funksiyasini kuchli avtomatiya qobiliyatiga ega bo'lgan qon tomirlari devorining mushaklar hujayralari bajaradi. Ulardan keladigan impulslar arterial qon tomirlari devorlarining tonusini saqlab turadi. Skelet mushaklari qisqarganda arterial devorning deformatsiyasi ro'y beradi, ular tomirlar devorining silliq mushaklari va ritm haydovchisi o'rtasidagi morfologik va funksional aloqani buzadi. Buning natijasida arteriolalarning tonusi pasayadi, shu sababli kengayadi. V.M.Xayutinning fikricha ishchi giperemiyaning mexanizmi bu asab mexanizmi bo'lib, skellet mushaklarga asab impulsion harakatlantiruvchi asablar orqali kelib mushaklarni qisqartiradi va ularda qon aylanishini kuchaytiradi. Jismoniy ish vaqtida qonning qayta taqsimlanishi ishchi giperemiya uchun eng qulay sharoitdir. Hamma a'zolarning qon bilan ta'minlanishi bir maromda bo Uganda uning daqiqali hajmi hatto mushaklar orom turganda ham 5-6 1 emas, 25-30 1 tashkil qilardi, ish vaqtida esa bu ko'rsatkich yanada oshardi. Biroq, haqiqatda bunday holat ro'y bermaydi, chunki ishlamaydigan a'zolarda qon oqishining cheklanishi umumiy aylanishdagi qon hajmini kamaytiradi. Yurak faoliyatida qonning qayta taqsimlanishi shundan ko'rinib turibdi. Mushaklarda tomirlarning kengayishi jismoniy mehnatni boshlash bilanoq reflektor yo'li bilan amalga oshiriladi. Shu paytda harakat impulslarning skelet mushaklariga vaqtida yetib borishi giperemiya uchun asos bo'la oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling