E nuritdinov


Tashqi muhit omillarining qon aynalishiga ta'siri


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Tashqi muhit omillarining qon aynalishiga ta'siri 
 
Tashqi muhit harorati odam. organizmig^ muntazam. ta'sir ko'rsatib turadi. Odam o'zi 


 
49 
yashaydigan  muhit  haroratiga  moslashib  tupadi.  Buning  natijasida  organizmda 
moddalar  almashinuyi  natijasida  hosil  bo'ladigan  energiyaning  tashqariga 
ajratiladigan  qismining  miqdpri  tashqi  muhit  haroratiga  qarab  o'zgaradi.  Shu  bilan 
organizm issiq va sovuq sharoitda tana haroratini doimiy ravishda saqlab turadi. 
Issiq  vaqtda  yurak  faoliyati  kuchayadi.  Bu  sharoitda  tana  harorati  37,3-37,6°S 
ko'tarijsa, yurakning bir daqiqali urishi 20 martaga ortadi. Bu isib ketishning birinchi 
darajasi  deyiladi.  Organizm  isishi  davom  etib,  harorat  37,3-38,4"S  ga  yetsa,  yurak 
urishi tezligi bir daqiqada 120 tani tashkil qiladi. Bu isib ketishning ikkinchi darajasi 
deyiladi. 
Tana harorati 38,6-40,6°S ko'tarilsa, yurak urishi bir daqiqada 160 chajnasjda.bp'ladi, 
bu isib ketishning uchinchi darajasi deyiladi.Issiqlikning birinchi darajasi arterial qon 
bosimiga  ta'sir  qilmaydi,  ikkinchi  darajada  sistolik  bosim  ko'tarilishi  mumkin, 
uchinchi  daraja  esa  arterial  bosimni  keskin  pasaytirib  yuboradi.  Bu  holat  issiq 
urushining  asosiy  belgisidir.  Arterial  bosimning  pasayishi  :qon  tomirlarning  asosan 
teri tomirlarining kengayishiga bog'liq. 
Mo'tadil  haroratda teridan bir daqiqada oqib o'tgan qonning  umumiy  hajmi  200-500 
ml  bo'lsa,  issiqda  2,5-3  1,  juda  yuqori  haroratda  8  1  ga  yetadi  va  yurakdan  chiqqan 
qonning 50-70% ini tashkil qiladi. 
Ma'lumki,  teri  tomirlari  kengaygan  bir  vaqtda  ichki  a'zolar  tomirlari  torayadi.  Bu 
o'zgarishlarni  reflektor,  mahalliy  va  gumoral  boshqarish  mexanizmlari  yuzaga 
chiqaradi. 
Sovuq  vaqtda  tananing  tashqi  yuzasidagi  qon  tomirlari  torayadi  va  organizmdan 
tashqi  muhitga  issiqlik  ajralishi  kamayadi.  Bunday  vaqtda  odamning  terisi,  ayniqsa 
yuzlari  oqaradi,  biroz  qaltiraydi  va  sovuq  sezadi.  Lekin  organizm  haroratining 
doimiyligi  saqlanib  qoladi.  Yurak-qon  tizimi  kasalliklari  bilan  xastalangan  odamlar 
uchun  sovqotish  ancha  xavflik,  chunki  sovuq  sharoitda  tanada  qon  aylanishini 
ta'minlash  uchun  yurak  me'yorga  nisbatan  ko'p  ish  bajarishga  majbur  bo'ladi  va  u 
zo'riqadi. 
Tashqi  muhit  omillarimng  noqulay  o'zgarishlari  yurak-tomir  faoliyatiga  ta'sir  etadi. 
Atmosfera bosimi ortganda tashqi muhit havosining bosimi va odam tanasining ichki 
bo'shliqlaridagi bosim o'rtasida tofovut paydo bo'lishi tabiiy holatdir. Bunday vaqtda 
ayniqsa  gipertoniya,  bod  va  yurakning  boshqa  kasalliklari  bilan  xastalangan 
odamlarda  bosh  og'rig'i,  bo'g'imlarda,  yurakda  og'riq  seziladi.  Arterial  qon  bosimi 
ko'tariladi.  Ayniqsa,  qon  bosimi  ko'tarilgan  keksa  odamlarda  miyaning  mayda  qon 
tomirlari  yorilishi  tufayli  miyaga  qon  quyilishi  mumkin.  Buning  natijasida  qo'1-
oyoqlar shol bo'lib, qolishi, odam gapirish qobiliyatini yo'qotishi mumkin. 
Balandlikka  ko'tarilganda  atmosfera  bosimi  pasayadi.  Bunday  vaqtda  odam 
tanasining  bo'shliqlaridagi  gazlar  kengayadi.  Shuning  uchun  baland  tog,'  rsharoitida 
chiniqmagan  odamlarda  «tog*  kasalligi»  deb  ataluvchi  holat  yuzaga  keladi.  Bu 
kasallik quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: odamning boshi aylanadi va og'riydi, 
kungli  ayniydi,  yuragi  tez  uradi,  tana  harorati  ko'tariladi.  Ayrim  hollarda  burundan, 
o'pkadan, oshqozon va ichaklardan qon kelishi mumkin. 
Atmosferaning  namligi  odam  organizmiga  sezilarli  ta'sir  ko'rsatadi.  Odamning 
yashashi va ish faoliyati uchun havoning namligi va harorati ma'lum bir muvozanatda 
bo'lishi  muhim  ahamiyatga  ega.  Havoning  nisbiy  namligi  40-45%,  harorati  +18-20° 
bo'lishi odam organizmi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi. 


 
50 
Havo quruq bo'lsa, arterial qon bosimi ortadi. Shuning uchun qon bosimi bor odamlar 
bunday sharoitda o'zini yomon his qiladi. Havo namligi ortganda bod kasalligi xuruj 
qiladi,  kasal  odamning  bo'g'imlari,  boshi  og'riydi,  uyqu  bosadi,  kayfiyati  pasayadi, 
oyoq-qullarida og'riq paydo bo'ladi, yurak urishi tezlashadi. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling