E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Yurak avtomatiyasi
Yurak mushaklariga xos bo'lgan yana bir xususiyat - ularning avtomatiyasidir. Agar baqa yoki boshqa biror hayvonning yuragini ajratib olib, t'iziologik eritmaga solib qo'yilsa, u tanadan va asab ti/imidan ajartilganligiga qaramay, ma'lum vaqt davomida qisqarib-kengayib ishlab turadi. Yurakning o'z-o'zidan bunday ishlash xususiyati 34 yurak avtomatiyasi deyiladi. Odam tanasidagi boshqa a'zolarning birortasi bunday xususiyatga..ega emas. Yurakda. avtomatiyaning gradiyerit qonuni rnavjud. Odam yuragida sinoatrial tugun ritm yetakchisi rolini o'ynaydi. Bu tugun bir daqiqada 70 ga yaqin impulsni vujudga keltira oladi. Qo'zg'alish sinoatrial tugunga yetib kelib, shularda bir oz vaqt (0.02- 0.04 s) to'xtalib qoladi. Qo'zg'alish atrioventrikular tugundan yurakning o'tkazuvchi tizimi bo'ylab yuqori tezlikda (2 m/s) tarqaladi, shuning uchun ham qorinchalarning hamma qismi deyarli bir vaqtda qo'zg'alib, qisqaradi. Yurakning avtomatik ravishda qisqarishi faqat sinoatrial tugun faoliyatigagina bog'liq emas. Uning o'tka/uvchi tizimiriing boshqa qismlari ham o'z-o'zidan impuls vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Ammo, o'tkazuvchi tizimning qaysi bir qismi sinoatrial tugundan qancha uzoq bo'lsa, unda hosil bo'lgan impulslarning soni shuncha kam bo'ladi. Atriovehtrikular tugun bir daqiqada 40-60 impuls vujudga keltira olsa, Giss tutami 30-40 impuls paydo qiladi. Purkinc tolalari esa faqat 20 impuls hosil qilishi mumkin. Yurakning ish faoliyati organizmning massasi va metabolizm darajasiga bog'liq. Kam harakatlanuvchi hayvonlarda boshqalarga qaraganda yurakning qisqarish tezligi kamroq bo'ladi. Masalan: yurak qisqarishi kichik qushlarda ! daqiqada 200-300 ga teng, uy hayvonlarida 150-300, siehqonda 300-500, quyonda- 200, mushukda -125, itda-80, otda va filda 25-40. Yurakning ishchi hujayralar membranasi qutblangan bo'lib, uning tashqi sathida musbat ionlar va ichki sathida manfiy ionlar mavjud. Membrananing qutblarga ajralishining sababi Na+ va K+ ionlarning assimetrik (tengsiz) taqsimlanishi hisoblanadi. K+ ionlarning diffuziyasi natijasida membrananing tashqi sathida musbat zaryadlar miqdori oshadi, ammo uning ichki sathida manfiy zaryadlar paydo bo'laveradi. Tinch holatda issiq qonli hayvonlar miokardida potensiallarning tafovuti 60-80 mV ni tashkil etadi. Qo'zg'algan paytda esa Na* ionlari hujayra ichiga kira boshlaydi, ammo membrananing tashqi sathida manfiy elektrik zaryadlar paydo bo'ladi va potensialning farqi boshlanadi. Bu holda ta'sir potensialining amplitudasi 100 mV ga yetadi. Ishlayotgan yurakning sistola siklida elektrik tok bilan ta'sir qilsak, uning quvvatiga qaramay yurak javobsiz qoladi. Bu davr mUtlaq refrakterlik davri deyiladi. Refrakterlik davri sistolaning davomiyligiga bog'liq, qanchaki sistola davri cho'zilsa, refrakterlik davri ham shuncha cho'ziladi. Kengayishning boshidanoq yurak qo'zg'aluvchanligi tiklanaveradi va nisbiy refrakterlik davri yuzaga chiqadi. Shu vaqtning o'zida tok jarayoni tezroq va kuchli ta'sir etaversa, yurakning navbatdan tashqari qisqarishi boshlanadi. Bu ekstrasistola deb ataladi. Buning natijasida ekstrasistoladan keyingi davr (pauza) odatdagidan ham davomliroq bo'ladi, bu kompensator pauza deyiladi. (20-rasm.) Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling