E nuritdinov
O'pkaning tiriklik sig'imi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoldiq havo
- Zararli boshliq
- Pnevmotoraks
O'pkaning tiriklik sig'imi.
Chuqur nafas olingandan so'ng maxsus gazometr (spirometr) ga mundshtuk orqali chuqur nafas chiqarilsa, unga nafas havosi ham, rezerv havo ham, qo'shimcha havo ham kiradi, ya'ni o'rtacha, 500+1500+1500=3500 ml havo kiradi. Shu havoning hammasi o'pkaning tiriklik sig'imini tashkil qiladi. Yosh, jins, sog'liqqa va nafasni mashq qilishga qarab, tiriklik sig'imi turlicha bo'ladi. O'pkaning tiriklik sig'imi yigit- yalanglarda 3,5-4,5 1, ayollarda shundan taxminan 1/3 kam (3-3 lj 5 Qoldiq havo Maksimal chuqur nafas chiqarilgandan so'ng o'pka hajrni havodan to'la qutilmaydi, unda qariyb 1000-1500 ml havo qoladi, u qoldiq havo deb ataladi, pka^ havosi hajmlarining nisbati 38-rasmda ko'rsatilgan. Odatdagicha, tinch nafas olish va chiqarishda o'pkada doimo qoldiq havo bilan rezerv (zaxiraviy) havo bo'ladi. Murda o'pkasidagi havoning ko'pchilik qismini ikki tomonlama ochiq pnevmotoraks yo'li bilan chiqarib yuborish mumkin, chunki bunda o'pka to'qimasi butunlay bujmayadi. Ayni vaqtda o'pkadan chiqqan havo kollaps havosi deb ataladi. Zararli bo'shliq. Alveolalardan tashqari, havo yo'llari (hiqildoq, traxeya, bronxlar va bronxiolalar)da ham havo mavjud. Bu havo gaz almashinuvida qatnashmaydi, shuning uchun uni o'Hk (yoki zararli) bo'shliq havosi deb atashadi. Zararli bo'shliq hajmi uncha katta bo'lmay, o'rta hisobda qariyb 140 ml ni tashkil qilsa ham, alvelolyar havo tarkibi nafasdan chiqqan havodan nega farq qilishini tushunmoq uchun zararli bo'shliqdagi havo miqdorini hisobga olish lozim. Tinch nafas olishda 500 ml nafas havosidan o'pka alveolalariga 500-140=360 ml kiradi. Tinch nafas olish va chiqarish vaqtida nafas chiqarilgandan keyin alveolalarda 1000 ml qoldiq havo bilan 1500 ml rezerv havo, ya'ni 2500 ml qolganligi uchun, har bir nafas olish paytida alveolar havoning hammasi emas, balki atigi — qismi, ya'ni taxminan 1/7 qismi yangilanadi. Pnevmotoraks Ko'krak qafasi teshilgan yoki yorilganda, ba'zan esa o'pka dcvori ichdan 60 .zararlanganda plevra bp'shlig'iga havo kirib qolishi pnevmotoraks deb ataladi. Buning natijasida plevra bo'shlig'idagi bosim atmosfera bosimiga teng bo'lib qoladi, o'pka bujmayadi va ko'krak qafasi nafas harakatlariga ergashmaydi, ochiq pnevmotoraks vujudga keladi. O'pkaga traxeya orqali sun'iy yo'l bilan ritmik ravishda havo yuborib turilfnasa, ikki tomonlama ochiq pnevmotoraks o'limga olib boradi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling