E nuritdinov
Gazlarning qonda tashilishi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Gazlarning qonda tashilishi
Qon kislorodni alveolyar havodan tana to'qimalariga va karbonat angidridni tana to'qimalaridan o'pka alveolalariga yetkazib beradi. Qonning gaz tashish funksiyasi Qonning kislorodni nafas olish a'zolaridan to'qimalarga yetkazib berishi va ularda hosil bo'lgan karbonat angidridni tashqariga chiqarib yuborish uchun nafas olish a'zolariga keltirib berishi gaz tashish funksiyasi, ya'ni qonning nafas olish funksiyasi deyiladi. Arteriyalardan oqib borayotgan qon to'qima kapillarlariga kelib, o'zidan kislorodni to'qimalarga beradi va ularda hosil bo'lgan karbonat angidridin olib, vena qoniga aylanadi. Nafas olish a'zolari kapillarlaridan o'ta turib, qon o'zidan karbonat angidrini o'pkaga beradi va undagi kislorodni olib, arteriya qoniga aylanadi. Shunday qilib, qon nafas olish a'zolaridan kislorod olib, uni to'qimalarga yetkazib beradi va to'qimalardan karbonat angidrid olib, uni o'pkaga yetkazib beradi. Bu jarayon qonning nafas olish funksiyasi deyiladi. O'pka alveolalaridagi havo bilan qon orasida va to'qima bilan qon orasidagi gazlar almashinuvi diffuziya yo'li bilan bo'lib, karbonat angidridning parsial bosimi qonda ko'p, alveolarda esa kam bo'ladi. To'qimalarda bu homing teskarisi yuz beradi, ya'ni ularda qondagiga qaraganda kislorodning parsial bosimi kam va k-or' Dnat angidridning parsial bosimi ko'p bo'ladi. Gazlar suyuqlik bilan fizik va kimyoviy birikkan bo'ladi. Gazning suyuqliqda erish miqdori uning hajmi va bosimiga, suyuqliqning miqdori va haroratiga bog'liq. Gazning bosimi va suyuqliqning miqdori qonda ko'p harrida harorat qonda past bo'lsa, shuncha ko'p gaz suyuqlik bilan birlashadi. Agar suyuqlik ustida bir necha gaz aralashmasi bo'lsa, har qaysi gazning suyuqlikda erishi, shu gazning parsial bosimiga bog'liq bo'ladi. Gazning parsial bosimi gaz aralashmasidagi ayrim gazlarning bosimidan iborat bo'lgani uchun, gaz aralashmasining umumiy bosimi va tarkibiga qarab, ayrim gazning parsial bosimini aniqlash mumkin. Masalan, mo'tadil sharoitda havoning bosimi 760 mm. Bu havoning 21% ini kislorod tashkil etadi. Demak, kislorodning parsial bosimi orasida katta farq bo'lib, bu farq gazlarning bir tomondan ikkinchi tomonga o'tishiga sabab bo'ladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling