E nuritdinov
Pasaygan atmosfera bosimida nafas olish
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Pasaygan atmosfera bosimida nafas olish
Pasaygan atmosfera bosimida nafas olish muammosi baland uchish va baland tog' cho'qqilariga ko'tarilishda katta amaliy ahamiyatga ega. 4000-6000 m balandlikda tog', yoki balandlik kasalligining simptomlari paydo bo'lishi mumkin. Bu kasallik og'ir gipoksiya (to'qimalarda kislorod miqdorining kamayishi) uchun xarakterli belgilar bilan ta'riflanadi. Odam maxsus ballonga ulangan niqobni yuziga tutib, kislorodga boy gaz aralashmasidan nafas olsa, tog' kasalligi 11000-12000 m balandlikda ham ro'y bermaydi. Kislorod qo'shilmasa, odam bunday balandlikda turaolmasdi. Balandlikda kislorod yetishmasligidan tashqari, qon va to'qimalarda karbonat angidrid yetishmasligi, ya'ni gipokapniya ham organizmga yomon ta'sir etadi. Qonda kislorod yetishmasligi karotid sinus xemoretseptorlarini ta'sirlab, nafas olishni tezlatadi, natijada karbonat angidrid alveolyar havodan, demak, qondan ham chiqib ketadi, shuning uchun gipokapniya vujudga keladi. Karbonat angidridi yetishmasligi nafas markazining qo'zg'aluvchanligini paysatiradi, shu sababli nafas olish organizmning kislorodga ehtiyojini qondiradigan darajada kuchaymaydi. Nafasga olinayotgan havoga ozgina (3% gacha) SO2 qo'shilgach balandlik kasalligida organizm holati sezilarli darajada yaxshilanadi. Atmosfera bosimining o'zgarishi ham nafas olishga ta'sir etadi. Shuning uchun baland tog' sharoitida nafas olishni o'rganish juda katta amaliy ahamiyatga ega. Odam yuqoriga ko'tarilgan sari aning nafas olishi og'irlasha boshlaydi, chunki, atmosfera bosimi karriayib boradi. Shu bilan birga, havoda kislorod ham kamayadi. Havoda kislorodning parsial bosimi kamayganda qon qisqa vaqt ichida yetarli miqdorda kislorod biriktirib ololmaydi. Turli atmosfera bosimida kislorodning parsial bosimini va qonning kislorodga to'yishini 11-jadvaldan ko'rish mumkin. Odam organizmi 760 mm va shunga yaqin bosimda hamda kislorodning parsial bosimi 150-159 mm bo'lgan sharoitda yashashga o'rganib qolgan. Balandlikka ko'tarilishi bilan atmosfera bosimi kamayadi.Buning natijasida kislorodning parsial bosimi, ham kamayadi. Bu esa alveolalardagi havoda kislorodning parsial bosimi 69 kamayishiga sababchi bo'ladi. Alveolalarda kislorod bosimining kamayishi nafas olishni buzadi. Qonga yetarli miqdorda kislorod kirmay qoladi, ya'ni qonda kislorod miqdori karnayib ketadi (gipoksemiya), kapillardagi qonda kislorodning parsial bosimi pasayadi. Buning natijasida kislorodning qondan to'qimalarga o'tishi qiyinlashadi, to'qimalarning kislorodga bo'lgan ehtiyoji to'la qoplanmaydi. Qonda kislorodning kamayishiga har bir a'zo har xil reaksiya beradi. Markaziy asab tizimi va ayniqsa bosh miya yarim sharlarining po'stlog'i eng sezgir a'zodir. Yurak bilan jigar esa kislorodning yetishmasligiga eng chidamli a'zolar hisoblanadi. 3000 m balandlikka ko'tarilganda o'pka ventilatsiyasi kuchayadi, yetarli miqdorda kislorodni to'qimalarga yetkazib berish uchun qon depolaridagi eritrotsitlar umumiy qonga ko'p miqdorda qo'shiladi va shu yo'l bilan organizmning kislorodga bo'lgan ehtiyoji birmuncha qondiriladi. 3000-4000 m dan ham baland ko'tarilganda bu mexanizmlar yordam bermay qoladi va bu vaqtda kasallik holati - balandlik kasalligi vujudga keladi. Balandlik kasalligi yoki tog4 kasalligi faqat balandlikkagina bog'liq bo'lmasdan, kishining o'rganmaganligi va uning individual xususiyatlariga ham bog'liqdir. Tog' kasalligi, aksari balandlikka ko'p kuch sarf qilib, tez ko'tarilish vaqtida vujudga keladi. Charchash, uyqusizlik, ortiq darajada isib ketish yoki sovuq yeyish, hayajon, tog' kasalligini kuchaytiradi. Tog' kasalligining alomatlari, shulardan iborat: nafas olish va yurak urishi tezlashadi, bosh aylanadi va og'riydi, quloq jaranglaydi, ish qobiliyati pasayadi, kishi tez charchaydigan bo'lib qoladi, ko'ngil ayniydi, rangi oqarib ketadi. I.M.Sechenovning ma'lumotlariga qaraganda, alveolalarda kislorodning parsial bosimi doim xavf tug'diradi. Organizmni kam kislorodli havo bilan nafas olishga o'rgatish juda katta ahamiyatga ega. Bu vaqtda qonda eritrotsitlar miqdori ko'payadi, o'pka ventilatsiyasi kuchayadi, to'qimalar, ayniqsa, asab to'qimasi kam kislorodga chidamli bo'ladi. Ma'lumki, mu'tadil sharoitda nafas olganda tashqi havo qonda ma'lum darajada erigan bo'ladi. Havoda bosim ko'paysa, organizmda erigan gazlarning miqdori ham ko'payadi. Atrofdagi bosim sekin-asta pasayib borganda organizmda erigan ortiqcha gaz diffuziya yo'li bilan to'qimalardan qonga o'tadi undan o'pka orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Agar yuqori bosimdan past bosimga tez o'tadigan bo'lsa yoki atrofdan bosim birdan kamayib ketsa, qonda va to'qimalarda gaz pufakchalari hosil bo'ladi. Bu gaz pufakchalari kattalashib, gaz probkalarini hosil qiladi va tomirlarni bekitib, qon o'tkazmay qo'yadi. Gaz pufakchalari, aksari, teri ostidagi yog' to'qimalarida, suyaklarda, bo'g'inlarda, asab tizimida hosil bo'ladi. Baland tog' sharoitida uzoq vaqt turilganda, masalan: baland tog'li joyda yashaganda (endemik kishilar) odam kislorodning past parsial bosimiga o'rganib qoladi (akklimatizatsiya). Bu, bir necha omillarga bog'liq; 1) qondagi eritrotsitlar soni ko'payadi, demak, qonning kislorod sig'imi ortadi; 2) o'pka ventilatsiyasi kuchayadi; 3) kislorod yetishmasligiga organizm to'qimalari, jumladan markaziy asab tizimining sezgirligi pasayadi. Qon ishlanishning kuchayishi, shuningdek, qon depolaridagi qonning umumiy aylanishga ko'proq qo'shilishi natijasida eritrotsitlar soni ko'payadi. Qonda eritrotsitlarning yosh shakllari-retikulotsitlar sonining ortishi va ko'mik massasining ko'payishi qonning ko'proq ishlanayotganidan guvohlik beradi. 15000 m balandlikdagi havo bosimi 80 mm simob ustuniga teng. Sunday sharoitda hatto 70 kislorod asbobi (baloni) yordamida toza kisloroddan nafas olinganda ham alveolyar havodagi kislorodning porsial bosimi me'yordagidan past bo'lib, qonga yetarlicha kislorod o'tishini ta'minlay olmaydi. Shuning uchun stratosferada, ayniqsa, kosmosda uchish uchun ichidagi bosim zarur darajada saqlanib turadigan germetik kabinalar individual germetik skafandrlar kerak. Asab tizimi va uning oliy bo'limi - bosh miya po'stlog'i atmosfera bosimining pasayishiga javoban organizm chidamini oshiradi, ya'ni fiziologik jarayonlarning borishini o'zgargan tashqi sharoitga moslashtiradi. Odam mashq qilgandan keyin 4000-5000 m balandlikda tura oladigan va hatto tog' kasalligining ko'ngilsiz sezgilarini boshdan kechirmasdan yanada balandroqqa ko'tarila oladigan bo'ladi. Masalan, Elbrusga borgan ekspeditsiya mashq qilishdan keyin 5000 m dan ortiq balandlikka ko'tarilgan. Everestga borgan ekspedisiya 8400 m balandlikka ko'tarilgan. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling