E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Nafasning boshqarilishi
Nafas mushaklarining kelishib ritmik ravishda qisqarishini ta'minlaydigan va tashqi muhitning hamda organizm ichki muhitining o'zgaruvchan sharoitga nafasni moslashtiradigan asab hujayralari yig'indisi nafas markazi deb ataladi. Nafas olishning boshqarilishi (regulatsiyasi) nafas olish harakati, ko'krak qafasining kengayib-torayishi, chuqur yoki yuza nafas olish qisman ixtiyorimizga bog'liq bo'lsa ham, asosan, ixtiyorsiz bo'ladi. Nafas olish birinchi navbatda, asab tizimi orqali boshqarilishini rus olimlari N.A.Mislavskiy (1885) va M.V.Sergiyevskiy (1902) o'rganganlar. Bu olimlarning ma'lumotlariga ko'ra, nafas olishni boshqarib turadigan markaz uzunchoq miyada o'rnashgan. Agar bu markaz shikastlansa, nafas mushaklari falajlanadi va nafas to'xtab qoladi. Nafas markazidan yuqorida yotgan markaziy asab tizimi qismlari olib tashlaganda yoki ular shikastlanganda nafas olish saqlansa ham, uning xarakteri o'zgaradi. Shunga asoslanib, ko'p olimlar bosh miyaning yuqori qismlarida «nafas oliy asab markazlari» bo'lishi kerak deyishadilar. Fiziologlarning ishlariga qaraganda nafas olish va tomirlarni harakatga keltirish markazlari bilan bosh miyaning yuqori qismlari orasida o'zaro funksional bog'lanish bo'ladi. Ko'p olimlar nafas markazini o'zaro bir-biri bilan bog'langan nafas olish va nafas chiqarish markazlaridan iborat deb hisoblaydilar. Uzunchoq miyadagi ikki xil hujayralar o'zaro mahkam bog'langan bo'lib, kelishib ishlaydi. Nafas olish regulatsiyasida bosh miya po'stlog'ining bevosita ishtirok etishi keyingi tekshirishlarda isbot qilindi. Nafas olish boshqarilishida bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'ining qatnashuvi shu bilan ham ifodalanadiki, umr bo'yi nafas olishga taalluqli ko'pgina shartli reflekslar hosil bo'ladi. Shunday qilib, nafas markazining «chegaralari» uzunchoq miya doirasidan chiqib, bosh miya po'stlog'iga ham boradi. Shu sababli «nafas markazi» degan tushunchaga markaziy asab tizimining hamma sohalari Buning uchun bir itning uyqu arteriyasi ikkinchi itning uyqu arteriyasi bilan birlashtiriladi. Bunda bir it qoni ikkinchi itning boshiga o'tadi. Agar bu itlarning biriga ko'proq karbonat angidrid hidlatilsa, u qonga o'tib, qon orqali ikkinchi itning boshiga boradi va uning uzunchoq miyasiga ta'sir etib, nafas olishni tezlashtiradi. Bu hoi karbonat angidridning nafas olish markaziga qon orqali (gumoral) ta'sir etishini ko'rsatadi. Shu itlardan birining traxeyasi qisilib, organizm shu yo'l bilan bo'g'ilsa, biroz vaqtdan keyin uning nafasi to'xtab qoladi (apnoe), ikkinchi it esa rosa halloslaydi (dispnoe). Bunga sabab shuki, birinchi itning traxeyasi kesiiganda uni tanasidagi qonda CO2 to'planadi (giperkapniya) va kislorod miqdori kamayadi (gipoksemiya). Qon birinchi itning tanasidan ikkinchi itning boshiga boradi va uning nafas markazini qo'zg'atadi. Shu sabali ikkinchi itda nafas kuchayadi (giperventilatsiya), CO2 tarangligi pasayadi, O2 tarang'igi esa oshib ketadi. Shu itning tanasidan kislorodga bey va CO2 kam qon birinchi itning boshiga kelib, unda nafas to'xtatib qo'yadi (apnoe). Shunday qilib, qonda karbonat angidridning ko'payishi nafas markazi ishini, kuchaytiradi va aksincha, tez-tez nafas olish natijasida qondagi karbonat angidrid tashqariga chiqarib yuborilsa, nafas olish birmuncha vaqt to'xtab qoladi, bunda qonda 67 karbonat angidridning miqdori yana ko'payadi va nafas olish tezlashadi. Nafas markazi faqat karbonat angidrid bilangina ta'sirlanmay, balki kislotali boshqa moddalar (masalan, sut kislota) ta'sirida ham qo'zg'aladi. Moddalar almashinuvi natijasida bunday kislotali moddalar nafas markazining asab hujayralarida ham hosil bo'ladi. Shunday qilib, nafas markazi o'zida hosil bo'ladigan kislotali moddalar ta'sirida qo'zg'alib turadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling