E nuritdinov


Upka  va to’qimalarda  gaz  almashinuvi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Upka  va to’qimalarda  gaz  almashinuvi. 
          
    Upkada gaz almashinuvi.O'pkada gazlarning havodan qonga o'tishi va aksincha, 
qondan  atmosfera  havosiga  o'tishi  yuqorida  bayon  qilingan  fizik  qonunlarga 
bo'ysunadi.  Ammo  o'pkaning  bir  qancha  xususiyatlari  bor.  O'pkaga  keluvchi  venoz 
qonda  karbonat  angidrid  tarangligi  yuqori,  kislorod  tarangligi  esa  uning  alveolyar 
havodagi  bosimidan  past.  Shuning  uchun  qon  o'pka  kapillarlaridan  o'tayotganida 
karbonat angidrid ajratadi va kislorod yutadi. 
Alvelolalar  sonining  juda  ko'pligi  (odamda  750  mln.  ga  yetadi)  va  yuzasi  katta 
ekanligi (nafas olish paytida 100 m2 ni, nafas chiqarish paytida esa 30 m2 ni tashkil 
qiladi) alveolyar havo bilan qon o'rtasida gaz almashinuviga yordam beradi. 
Qonni alveolyar havodan ajratib turuvchi membrananing qalinligi atigi 0-004 mm ni 
tashkil etadi va ikki qavat hujaraylardan kapillarlar endoteliysining hujayralaridan va 
gazlarni bemalol o'tkazuvchi alveolalar epiteliysining hujayralaridan iborat. 
Gazlarning  yaxshiroq  va  tezroq  o'tishi  uchun  sharoit  bo'lgandagina,  o'pka 
kapillarlaridan qon qisqa muddatda o'tganida alveolalardagi havo bilan qon o'rtasida 
gazlar to'la almashinib turadi. 
O'pkada  gazlar  alveolalardagi  havo  bilan  qon  o'rtasida  almashinadi.  O'pkada  gazlar 
tomomila normal ravishda almashinishi mumkin, chunki qondagi gazlar bosimi bilan 
havodagi  gazlarning  parsial  bosimi  o'rtasida  yetarlicha  farq  bor.  Bu  farq  quyidagi 
jadvaldan ko'rinib turibdi (10-jadval). 
Nafasga olinadigan havodagi va alveololar havosidagi kislorod, karbonat angidridi va 
azotning parsial bosimi, shuningdek ularning qondagi bosimi. 
Kislorod  alveolalar  havosidan  qonga,  karbonat  angidrid  esa  qondan  alveolalar 
havosiga  diffuziya  yo'li  bilan  o'tadi.  Diffuziyaning  kelib  chiqishiga  sabab  shuki, 
alveolalar havosidagi kislorodning parsial bosimi simob ustuni hisobi bilan 110 mm, 
venoz qondagi kislorodning bosimi esa -40 mm. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling