E nuritdinov
Qonning karbonat angidrid tashish funksiyasi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Qonning karbonat angidrid tashish funksiyasi
Venoz qondan 55-58 hajm % karbonat angidrid ajratib olish mumkin. Qondan ajratiladigan CO2 ning ko'p qismi plazma va eritrotsitlardagi karbonat kislota tuzlaridan (karbonatlardan) vujudga keladi, faqat qariyb 2,5 hajm% qonda erigan, qariyb 4-5 hajm % gemoglobin bilan birikib, karbogemoglobin shaklida bo'ladi. Karbonat kislota eritrotsitlarda, ulardagi karboangidraza fermenti ishtirokida karbonat angidriddan hosil bo'ladi. Bu ferment CO2 ning gidratatsiya reaksiyasini tezlashtiradigan kuchli katalizator hisoblanadi. Qonning karbonat angidrid tashish xususiyatini birinchi marta I.M. Sechenov va B.F. Verigolar o'rgangan. Karbonat angidrid, asosan, qon plazmasida bikarbonatlar shaklida birikkan bo'ladi. Bu qisman eritrositlar bilan ham birikadi. Karbonat angidridning 2/3 qismi qon palzmasi, 1/3 qismi esa eritrositlar bilan birikkan. Kislorodga qaraganda karbonat angidrid qonda ko'p eriydi. Karbonat angidridni biriktirishda oqsillar asosiy rol o'ynaydi. Gernoglobinning H2CO3 bilan birikish qobiliyati plazmadagi oqsillarnikidan uch marta ortiq. Qonda gemoglobin miqdori plazmadagi oqsillar miqdoridan uch marta ko'p bo'lagni uchun, gemoglobin plazma oqsillariga qaraganda karbonat angidridni taxminan 10 marta ortiq biriktirib oladi. O'pkada gemoglobin kislorod bilan birikkan vaqtda gemoglobinning kislotali xususiyati oshadi va oksigemoglobin tuzlardan H2CO3 ni siqib chiqaradi. . : м••/ Shunday qilib, o'pkada qondan karbonat angidridning siqib ehiqarishi: ; kislorodning parsial bosmiga bog'liq bo'ladi. Bunda o'pkada shunday reaksiya boradi: To'qimalarda oksigemoglobin kislorodni yo'qotib, qaytarilgan у gemoglobinga aylanadi. Demak, karbpnat, angidridning qondan ajralib chiqishiga qondagi oqsillar va gemoglobin sabab bo'ladi. Bu moddalar amfotermik xususiyatigari,.. ega bo'lib, ishqoriy sharoitda kislota bo'lib ta'sir etadi. Plazmadagi oqsillar ta'siri gemoglobin ta'siriga qaraganda kuchsiz bo'ladi. Shuning uchun oqsillar karbonat angidridni qondan ko'p miqdorda siqib chiqara olmaydi. Karbonat angidridni siqib chiqarishda gemoglobin asosiy rol o'ynaydi. Shunday qilib, o'pkada oksigemoglobin ko'payganda qondan karbonat angidridning siqib chiqarilishi ko'payadi, to'qima kapillarlarida karbonat angidrid ko'payganda kislorodning qondan to'qimaga o'tishi tezlashadi. Demak, oksigemoglobin hosil 64 bo'lishi qondan karbonat angidrid ajralib chiqishiga, karbonat angidrid ko'payishi qonda to'qimalarga kislorodning ko'p o'tishiga sabab bo'ladi. Oksigemoglobindan kislorod ajralib chiqishiga CO, ta'sir etishini quyidagi rasmdan ko'rish mumkin. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling