E nuritdinov
Qonning kislorod tashish funksiyasi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Qonning kislorod tashish funksiyasi
Agar qonda kislorod faqat fizik yo'l bilan erisa, uning qondagi miqdori juda kam (100 ml qonda 0,3 ml gina bo'lar) va organizmdagi jarayonlarini ta'min qilish uchun zarur bo'Igan kislorod miqdoridan bir.necha marta kam kislorod to'qimalarga berilar edi. Kislorod qonda faqat fizik yo'l bilan birikmay, balki kimyoviy yo'l bilan ham birikadi. Kislorodni kimyoviy yo'l bilan o'ziga biriktirib oladigan qon juda osonlik bilan uni o'zidan ajratib yuboradi. Demak, kislorod gemoglabin bilan puxta birikmagan bo'ladi. Odam o'pkasida kislorodning parsial bosimi taxminan, 100-110 mm. Bu bosim 95-96% gemoglabin oksigemoglabinga aylanishi uchun yetarlidir. To'qimalarda kislorodning parsial bosimi kam bo'lsa, oksigemoglobinga aylanadi. Kislorodning parsial bosimi simob ustuni bilan 30 mm bo'lganda gemoglobin o'zidagi kislorodning yarimini, 20 mm bo'lganda to'rtdan uch qismini yo'qotadi. Kislorod eritrositlardagi gemoglobin bilan, asosan, kimyoviy birikkan bo'lsa, qon plazmasida fizik aralakhgan bo'ladi. Qon plazmasida erigan kislorod va gemoglobin miqdori qancha ko'p bo'lsa, shuncha ko'p kislorod gemoglobin bilan birikadi. , Kislorodning parsial bosimiga qarab, gemoglobinning kislorod bilan birikish darajasini quyidagi jadvaldan ko'rish mumkin. Karbonat angidrid gemoglobinning kislorod bilan birikish qobiliyatini kamaytiradi. Shuning uchun qonning to'qimalarda karbonat angidridga boyishi oksigemoglobinidan kislorodning ko'p chiqishiga sabab bo'ladi. Buni birinchi marta rus olimi B.F. Verigo aniqlagan. Qon o'pkaga kelganda undagi karbonat angidridning bir qismi tashqariga chiqib ketadi ya gemoglobinning kislorod bilan birikish qobiliyati yana oshadi. Gemoglobinning kislorod bilan birikishiga karbonat angidridning ta'sir etishi katta fiziologik ahamiyatga ega. O'pka kapillarlariga keladigan vena qonida karbonat angidrid ko'pligi uchun, uning kislorod bilan birikish qobiliyati kam bo'ladi. Bu qon o'zidan karbonat angidridni o'pka orqali chiqarib yuborgach, uning kislorod biJan birikish qobiliyati oshadi va o'ziga ko'p miqdorda kislorodni biriktirib, to'qimalarga 63 ketadi. To'qimalarda esa qon karbonat angidridga boyib, uning kislorodni biriktirish qobiliyati kamayadi va o'zidagi kislorodni to'qimalarga chiqarib beradi. Gemoglobinning kislorod bilan birikishiga qondagi vodorod ionlarining konsentratsiyasi ham ta'sir etadi. Qancha vodorod ionlarining konsentratsiyasi qonda ko'p bo'lsa, gemoglobin o'-ziga kislorodni shuncha kam biriktiradi. Gemoglobinning kislorod bilan birikishiga harorat ham ta'sir etadi. Haroratning ko'tarilishi qonda kislorodning chiqishini kuchaytiradi. Jismoniy ish vaqtida qonda karbonat angidrid ko'payib, to'qima harorati bir oz oshadi, bu esa kislorodning qondan to'qimaga o'tishini tezlashtiradi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling