E nuritdinov
Turli sharoitdagi nafas va organizmning kislorod bilan ta'minlanishi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Turli sharoitdagi nafas va organizmning kislorod bilan ta'minlanishi
xususiyatlari. Jismoniy ish paytidagi nafas Nafasning asosiy vazifasi organizmga kislorod yetkazib berish va karbonat angidridni chiqarib tashlash bo'lganidan u, birinchi navbatda, moddaalar almashinuvining shiddatiga qarab o'zgaradi. Organizm tinch turgan vaqtda nafas olish sekin va yuzaki, ish qilganda esa chuqur va tez bo'ladi. Jismoniy ish va sport bilan shug'ullanganda kislorod iste'mol qilish bir daqiqada 100 ml ortganda qonning daqiqalik hajmi taxminan 800-1000 ml ko'payishi hisoblab topilgan. Odam tinch turganda kislorod iste'mol qilish bir daqiqaga 250-300 ml ga, ish vaqtida esa 4500-5000 mlga yetishi mumkin. Jismoniy ish vaqtida sistolik hajm uch hissa (70 dan 200 ml gacha) yurakning qisqarishlar chastotasi 2 va hatto 3 baravar ortgani (daqiqaga 70 dan 150 gacha va hatto 200 martagacha urgani) uchun ham shunchalik ko'p kislorod tashib berilishi mumkin. ., Jismoniy mashqlar va jismoniy ish vaqtida qon hujayralarining qon depolaridan chiqishi va terlash tufayli qondagi suv , kamayishi, buning natijasida esa qonning quyuqlanishi va gemoglobin konsentratsiyasining ko'tarilishi, binobarin, qonning kislorod sig'imi ortishi uning kislorod tashishini oshiradi. Jismoniy ish bajarilayotganda o'pka ventilatsiyasini va qonning daqiqalik hajmini oshiradigan sabablardan biri shuki, to'qimalarda sut kislotasi to'planib qonga o'tib turadi. Ayni vaqtda qondagi sut kislotasi mushaklar tinch turgandagi 5-22 m2% o'rniga 50-100 va hatto 200 m2% ga yetishi mumkin. Sut kislotasi karbonat kislotani natriy va kaliy ionlari bilan bog'lanishdan mahrum qiladi, shuning natijasida qondagi karbonat angidrid tarangligi oshib, nafas markazi bevosita va refleks yo'H bilan qo'zg'aladi. Zo'r berib ishlayotgan mushaklarga kislorod yetishmay qoladi va sut kislotasining bir qismi parchalanishning oxirgi mahsulotlari bo'lgan karbonat angidrid hamda suvgacha oksidlana olmaydi, shuning uchun mushaklar bilan ish bajarilayotganda sut kislotasi yig'ilib qoladi. Bunday holatni A.Xill kislorod, qarzdorlik deb ataydi. Mushaklar bilan juda jadal ish bajarilayotganda, masalan, sportchilar g'oyat og'ir musobaqalarda qatnashganda kislorod qarzdorlik paydo bo'ladi. Jismoniy mashqlar bilan shug'ullanadigan paytda mushaklardagi teri-mushak retseptorlar (proprioretseptorlar)ning ta'sirlanishi nafas va qon aylanishini kuchaytiradigan signal bo'lib qoladi. Bu vaqtda nafas olishning har qanday kuchayishida shu reflektor komponent qatnashadi. Mushaklar bilan bajariladigan bir ish ko'p marta takrorlanganda mushak proprioretseptorlarining ta'sirlanishi tufayli nafas olish shartsiz refleks yo'li bilan 68 o'zgarishidan tashqari, shartli refleks yo'li bilan ham kuchayadi va tezlashadi. Nafas olishning bunday moslashuvchi o'zgarishlari odatdagi ishni bajarishdan oldingi signallar ta'sirida paydo bo'ladi va ishning bajarilishini osonlantiradigan o'zgarishlarni, ya'ni to'qimalarining kislorod bilan ta'minlanishini, kuchaytiruvchi va sut kislotasining to'planishiga to'sqinlik qiluvchi reaksiyalar kompleksini vujudga keltiradi. Shunday qilib, jismoniy mashg'ulotlar vaqtida mushaklar ishlayotganda, birinchidan, organizmda ro'y beruvchi kimyoviy o'zgarishlar-karbonat angidrid va almashinuvda, reflektor ta'sirlar o'pka ventilatsiyasini oshiradi. Jismoniy ish bajarib o'rgangan odamning nafas olishi jismoniy ish qilib o'rganmagan odamning nafas olishidan katta farq qiladi. Jismoniy ish qilib, sport bilan doimo shug'ullanadigan kishilarda o'pka ventilatsiyasining ko'payishi, asosan, chuqur nafas olish hisobiga bo'ladi. Jismoniy ish qilib o'rganmagan kishilarda esa nafas olishning tezlashishi natijasida o'pka ventilatsiyasi oshadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling