E nuritdinov


Yuqori atmosfera bosimida nafas olish


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Yuqori atmosfera bosimida nafas olish 
 
Yuqori atmosfera bosimi sharoitida, ya'ni suv ostida odam qoni tarkibida, to'qima va 
hujayra suyuqliklarida erigan gazlarning miqdori ko'payadi. Ayniqsa, azot gazi erigan 
holda miyaning qon tomirlarida to'planadi. Agar odam bunday sharoitdan juda tezlik 
bilan mo"tadil bosimli sharoitga o'tsa, erigan azot gazi mayda pufakchalarga aylanib, 
qon tomirlarini to'sib qo'yadi va kesson kasalligi yuzaga keladi. 
Ohista  dekompressiyada,  masalan,  g'ovvos  dengizning  chuqur  joydan  sekin 
ko'tarilganda,  bosim  pasaygan  sayin  gazlar  chiqarilayotgan  nafas  havosi  bilan  birga 
ajrala boshlaydi va organizmga hech qanday xavf tug'dirmaydi. Haddan tashqari tez 
dekompressiyada,  masalan  g'ovvos  dengiz  tubidan  tez  ko'tarilganda  gazlar 
organizmdan  ajralib  ulgurmaydi.  Yuqori  bosimdan  mo'tadil  bosimga  o'tilganda 
gazlarning  qonda  erishi  kamaygani  uchun  qonda  gaz  pufakchalari  paydo  bo'ladi, 
bular  esa  tomirlar  emboliyasiga,  ya'ni  tomirlar  ichiga  gaz  pufakchalarining  tiqilib 
qolishiga sabab bo'la oladi. Karbonat kislota va kislorod qonga kimyoviy  yo'l orqali 
birikuvchi  gazlar  bilan,  azotga  nisbatan  kamroq  xavflidir,  azot  esa  yog'larda  va 
lipoidlarda  yaxshi  erib,  miyada  va  asab  stvollarida  ko'p  to'planadi.  Tez 
dekompressiyada paydo bo'luvchi va ba'zan kesson kasalligi deb yuritiluvchi holatda 
bo'g'imlar og'riydi va  miyaning zararlanish simptomlari paydo bo'ladi. Bu kasallikni 
davolash uchun qondan ajralib chiqqan gaz 
pufakchalarini  yana  eritib  yuborish  uchun  yuqori  bosimni  bemorga  tez  ta'sir  ettirish 
zarur,  ya'ni  bunday  vaqtlarda  kishini  yana  yuqori  bosimli  sharoitga  ko'chirish  zarur 
bo'ladi. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling