E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

So'lak fermentlari 
 
So'lakni silliqlashda ishtirok etadigan oqsil - mutsin deyiladi. U ovqat bilan aralashib, 
uni  yutilishini  qo'lay  holga  keltiradi.  Odam  so'lagida  amilotik  fermenti-  ptialin 
(amilaza,  diastaza)  bo'ladi.  Bu  ferment  kraxmalga  tasir  etib,  uni  dekstrinalarga  va 
disaxarid  -  maltozaga  parchalantiradi.  Ikkinchi  bir  ferment  -  maltaza  disaxarid 
maltozaga  ta'sir  etib,  uni  glukozaga  aylantiradi.  Bu  fermentlar  ishqoriy,  neytral  va 
nofaol kislotali sharoitda ta'sir etadi. 
Fermentlar  asosan  quloq  oldi  va  jag'  osti  bezlarida  ishlab  chiqariladi.  Ovqat  og'izda 
qisqa  vaqt  turganligi  uchun  ptialin  karbonsuvlarni  oxirigacha  parchalab  ulgura 
olmaydi. Uning ta'siri me'dada ham davom etib, ovqat 
ichiga  kislota  kirguncha  davom    etadi.    Me'da    shirasidagi  kislota  ovqatga  tasir 
qilgandan keyin ptiaJin karbonsuvlarga ta'sir etmay qo'yadi. 
Odam  so'lagida  ptialin  va  maltazadan  tashqari  fermentga  o'xshagan  modda  lizosim 
ham  bo'ladi  .Bu  modda  mikroblarni  o'ldirish  xususiyatiga  ega.  Odamda  bir  kunda 
ishlab  chiqariladigan  so'lak  miqdori  o'rtacha  1,5  1  ni  tashkil  qiladi.  Ba'zan  o'txo'r 


 
78 
hayvonlarda esa (masalan, ot, sigir) bir kunda 46-60 1 gacha so'lak ishlab chiqariladi. 
So'lak bezlarining innervatsiyasi. 
So'lak  chiqadigan  qitiqlagich  ovqat  bo'lib,  bu  ta'sir  natijasida  tez  so'lak  ajralib 
chiqadi.  Qitiqlagich  ta'sir  etishi  bilan  so'lak  chiqquncha  bo'lgan  vaqt  yashirin  yoki 
latent davr deyiladi. Bu vaqt 2-3 soniyani tashkil etadi. 
So'lakning tarkibi og'izga tushadigan moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlariga 
qarab  har  xil  bo'ladi.  Quruq  ovqatlarga  so'lak  ko'p  ajraladi.  Shuningdek  kislota  va 
ishqoriy  reaksiyali  ovqat  moddalariga  ham  ko'p  miqdorda  va  suyuq  so'lak  chiqadi 
Bundan ma'lumki, so'lak bezlarining ishi ovqat turiga qarab o'zgarib turadi. 
So'lak  chiqishi  reflektor  jarayondan  iborat  bo'lib,  markaziy  asab  tizimi  orqali 
boshqariladi.  Og'izga  ovqat  tushishi  bilan  undagi  sezuvchi  asab  uchlari  qitiqlanadi, 
ta'sirot markazga intiluvchi asab tolalari orqali markazga borib, keyin so'lak bezlariga 
keladi va so'lak ajrata boshlaydi. Og'iz shilimshiq qavatining bir qismida o'rnashgan 
retseptorlar  kimyoviy  qitiqlagichlarga  sezgir  bo'ladi.  Achchiq  va  sho'r  moddalar  til 
tubidagi  retseptorlar  orqali  so'lak  chiqaradi.  Termoretseptorlar  butun  til  ustida, 
mexanoretseptorlar esa til uchi, til tubi, tanglay va yuqori labda joylashgan bo'ladi. 
So'lak  bezlariga  keluvchi  til  asabi,  til  -  tanglay  asabi,  sayyor  asabning  tolasi  va 
nog'ora tori asabi sezuvcni asablardir. 
Har bir s.o'lak bezi simpatik va adashgan asab bilan ta'minlangan. Jag' osti va til osti 
bezlariga nog'ora tarkibiga o'tib  boradigan  adashgan  asab  tolalari  keladi. Quloq oldi 
bezlari  til-halqum  asabidan  adashgan  tolalar  oladi.  Adashgan  asablarda  so'lak 
chiqaruvchi  va  tomirlarni  kengaytiruvchi  tolalar  bo'ladi.  Simpatik  asablar  so'lak 
bezlariga ustki bo'yin simpatik tugunidan boradi. Adashgan asablar, xususan, nog'ora 
tori  qitiqlangan  vaqtda  ko'p  miqdorda-suyuq  so'lak  chiqadi.  Simpatik  asab 
qitiqlanganda  esa  organik  moddalarga  boy  bo'lgan  quyuq  so'lak  ajraladi.  Agar 
simpatik  va  adashgan  asablar  uzoq  vaqt  qitiqlansa,  ajraladigan  so'lakda  organik 
moddalarga boy  so'lak  ajraladi. Har  ikki  asab bafavariga  qitiqlanganda ham  shu  hoi 
yuz beradi. 
Asablarning  qitiqlanishi  natijasida  so'lak  ajralishining  oddiy  filtratsiya  jarayonidan 
iborat  bo'lmay,  markaziy  asab  tizimi  va  sekret  chiqaruvchi  hujayralarning  faolligi 
natijasida vujudga keladigan murakkab fiziologik jarayondir. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling