E nuritdinov


Me'da shirasining tarkibi va xossalari


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Me'da shirasining tarkibi va xossalari 
 
Bir kunda katta kishilar me'dasidan chiqadigan shiraning miqdori 2,0-3,0 1 ni tashkil 


 
80 
qiladi.  Odam  me'dasining  toza  shirasi  tiniq,  rangsiz,  kislota  reaksiyali  suyuqlikdir. 
Kislota  reaksiyasi  uning  tarkibida  xlorid  kislota  borligiga  bog'liq.  Odamning  me'da 
shirasida  0,4-0,5%  HC1  bor,  toza^  shiraning  pH  1,5-1,8  ga  teng.  Me'dada  ovqat 
turganda  me'da  suyuqligidagi  HC1  konsentratsiyasi  biroz  past,  ya'ni  pH  1,5-2,5  ga 
teng bo'ladi. 
I.P.Pavlovning  fikricha,  normal  sharoitda  me'da  bezlaridan  ishlanib  chiqadigan 
kislota  konsentratsiyasining  pasayishiga  o'n  ikki  barmoqli  ichakdan  kiradigan 
ishqoriy  shira  va  me'daning  o'zida  ishlanib  chiqadiganbilan  me'daning  sekretor 
hujayralariga  ta'sir  etadi.  Gistamin  esa  me'daning  shilliq  qavatida  hosil  bo'lib, 
me'daning  sekretor  hujayralariga  parakrin  yo'li  bilan  va  N2  -  gistamin  retseptorlari 
orqali ta'sir etadi. 
Me'da 
bezlari 
sekretsiyasining 
kimyoviy 
qo'zg'atuvchilaridan 
yana 
bir 
guruhi 
oqsillarning gidroliz mahsulotlari 
polipeptidlar va 
aminokislotalar  hisoblanadi.  Bu  ta'sirlovchilar  ham  gastrin  sekretsiyasini 
qo'zg'atuvchi omillar hisobiga kiradi. Gastrin ishlab chiqaradigan hujayralarda me'da 
bo'shlig'iga qaratilgan mikrovorsinkalar mavjud bo'lib, ular yordamida bu hujayralar 
kimyoviy  qitiqlagichlar  ta'sirini  qabul  qilishadi.  Gastrin  me'daning  qoplovchi 
hujayralari  faoliyatini  kuchaytirib  xlorid  kislotani  ishlab  chiqarishga  ishtirok  etadi, 
Lekin  me'da  shirasining  muhiti  faqat  -  pH  3,0  dan  pastroq  bo'lganida  gastrinning 
sekretsiya tizimida manfiy qaytarma aloqa borligidan dalolat beradi. 
Me'da  shirasida  me'da  sekretsiyasini  tormozlanuvchi  somatostatin  peptidi  borligi 
haqida  ham  ma'lumotlar  bor.  Me'da  sekretsiyasining  ichakka  taalluqli  fazasida  o'n 
ikki  barmoq  ichakning  shilliq  qavatidan  ishlab  chiqadigan  sekretin  HC1 
sekretsiyasiga  tormozlovchi  ta'sir  yetkazadi,  lekin  pepsinogen  sekretsiyasini 
qo'zg'atadi.  Me'da  shirasi  sekretsiyasiga  tormozlovchi  ta'sir  yetkazadigan  yana  bir 
omil  -  yog'dir.  Yog'ning  bunday  tormozlovchi  samarasi  me'da  bezlari  faoliyatiga 
xolesistokinin  va  gastroingibitor  peptidlarining  ta'siri  orqali  amalga  oshiriladi  degan 
taxminlar bor. 
Me'da  sekretsiyasiga  ta'sir  qiluvchi  omillardan  yana  biri  -  emotsiya  va  stress 
hisoblanadi.  Bu  vaqtda  adrenergik  ta'siri  yaqqol  kuzatiladi,  chunki  simpatoadrenal 
tizimining  faollanishi  xlorid  kislota  sekretsiyasiga  tormozlovchi  ta'sir  baxsh  etadi. 
Shuningdek,  emotsional  hayajonlanish  (qo'rquv,  g'am-g'ussa)  me'dada  shira  ishlab 
chiqarishini pasaytirsa, achchiqlanish, qahru-g'azab, qattiq asabiylik, aksincha, me'da 
sekretsiyasini kuchaytiradi. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling