E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Ovqatni yutish
Ovqatni yutish ham murakkab reflektor jarayondan iborat. Ovqat yutish markazi uzunchoq miyada o'rnashgan. Og'izda ovqat ezilib va so'lak bilan aralashib, yutish uchun tayyorlangan ovqat lo'qmasi til ustiga olinadi, so'ngra maxsus mushaklarning qisqarishi natijasida til yuqoriga ko'tarilib, ovqatni tanglayga qaratib siqadi. Bundan keyin tilning o'rta qismi yuqoriga ko'tarilib, ovqatni orqaga itaradi. Shu vaqtda og'izdagi asab uchlari qitiqlanib, ta'sirot uzunchoq miyadagi ovqat yutish markaziga boradi va undan hiqildoqga keladi, natijada traxeya hiqildoq ustligi bilan bekilib, qizilo'ngach yo'li ochiladi va ovqat qizilo'ngachgacha tushadi. Ovqat yutish markazining ishi uzunchoq miyadagi boshqa markazlar ishi bilan bog'liq. Shuning uchun ovqat yutish vaqtida nafas olish markazining ishi tormozlanadi, yurak ishini boshqaruvchi markaz qo'zg'aladi va natijada, nafas olish to'xtaydi, yurak ishi tezlashadi. 79 Ovqat qizilo'ngachga o'tgandan keyin qizilo'rtgach mushaklarining birin-ketin qisqarishi natijasida u yuqoridan pastga qarab suriladi. Odam qizilo'ngachi 25-30 sm uzunligidagi naydan iborat bo'lib, uch qavat to'qimadan - shilimshiq qavat, mushak va biriktiruvchi to'qima qavatlaridan tuzilgan. Qizilo'ngachning ustki qismi ko'ndalang - chiziqli, ostki qismi esa tekis tolali mushaklardan tuzilgan. Ovqat yutmagan vaqtda bu mushaklar bir oz qisqargan holda bo'ladi, ovqat yutish vaqtida esa mushaklar bo'shashib, qizilo'ngach kengayadi. Agar suyuq narsa yutilsa, suyuqlik kengaygan qizilo'ngachdan 2-3 soniyadan o'tadi. Quyuq ovqat yeganda esa, qizilo'ngach devori to'lqinsimon (peristaltik) qisqarib ovqatni me'da tomonga itaradi. Qizilo'ngach adashgan asabdan innervatsiya oladi: bu asab ta'sirlanganda qizilo'ngach harakatga keladi. Ikkala adashgan asab qisqarilganda harakatlari qisman falajlanadi. Mushuklar ustida o'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatdiki, adashgan asablar qisqargandan 9-24 soat keyin qizilo'ngachning silliq mushak tolalaridan tarkib topgan o'rta va pastki qismlari yana harakatga keladi, uning ko'ndalang-targ'il mushaklardan tuzilgan yuqori qismi esa falajlanganicha qoladi. Ehtimol, qizilo'ngachning pastki qismidagi silliq mushaklar orasida asab hujayralari borligi tufayli bu qismi yana harakatga kelib ketsa kerak. Simpatik asablarning ta'sirlanishi ham qizilo'ngach mushaklarini qo'zg'atadi. Yutish harakatlari bo'lmaganda me'daning kirish qismi (kardial qismi) berk turadi. Ovqat qizilo'ngachdan o'tayotganda uni cho'zadi va me'dani kirish qismi refleks yo'li bilan ochiladi. Odam qusganda me'da, qorin mushaklari va diafragmaning keskin qisqarishi tufayli ham kardial mushaklari bo'shashadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling