Ovqatning me'dada hazm bo'lishi
Ovqat qizilo'ngachdan me'daga tushadi (53-rasm). Me'daga tushgan ovqat u yerdagi
bezlardan chiqadigan shiralar ta'sirida parchalanadi. Ovqatning sifatiga qarab, u
me'dada 4 soatdan 10 soatgacha turishi mumkin. Me'da «ovqat deposi» funksiyasini
bajaradi, u yeyilgan ovqatning katta hajmini saqlab turadi. Ovqat me'dada aralashib,
uning ichiga me'da shirasi singib kiradi, ovqatning tarkibiy qismlari, ayniqsa, oqsillar
me'da shirasining fermentlari ta'sirida kimyoviy o'zgarishlarga duch keladi.Me'da
ovqat hazm qilish a'zolarining eng keng qismi bo'lib, qorin bo'o'shlig'ining chap
tomonida, diafragma ostida yotadi. Me'daning qizilo'ngach bilan qo'shiladigan yeri
kirish qismi (pars cardial), kengaygan qismi - tubi (fundus), tanasi (corpus) va chiqish
qismi (pylorus)dan iborat. Me'da bezlari uning tubi, tanasi va pilorik qismidagi shilliq
pardada joylashgan.
Me'daning fundal qismidagi bezlar asosiy, qo'shimcha va qoplovchi hujayralardan
tashkil topgan. Qo'shimcha hujayralar mukoid sekret chiqaradi; asosiy hujayralarda
me'da shirasining fermentlari hosil bo'ladi; qoplovchi hujayralar me'da shirasidagi
xlorid kislotani chiqaradi. Pilorik qismidagi bezlar faqat asosiy va qo'shimcha
hujayralardan iborat bo'lib, qoplovchi hujayralari yo'q, shuning uchun pilorik
qismidagi bezlardan chiqadigan shirada xlorid kislota bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |