E nuritdinov
Ovqatning me'dadan ichakka o'tishi va berkituvchi refleksning ahamiyati
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Ovqatning me'dadan ichakka o'tishi va berkituvchi refleksning ahamiyati
Ovqatning me'dadan ichakka o'tish tezligi, ya'ni ovqatning me'dadan evakuasiya qilish tezligi ovqatning miqdori, tabiati, tarkibi va me'dadan chiqqan shira miqdoriga bog'liq. Avval aytilganidek, ovqat me'dada 6-10 soatgacha turadi. Karbonsuvli ovqat oqsillarga boy ovqatdan ko'ra tezroq evakuatsiya qilinadi, yog'li ovqat me'dada 8-10 soat ushlanib turadi. Suyuqliklar me'daga tushgani bilan deyarli darhol ichakka o'ta boshlaydi. Me'dadan chiqish yo'lidagi shilliq pardaning me'da shirasidagi xlorid kislota bilan ti'sirlanishi natijasida pilorik sfinkter ochiladi. Bu vaqtda ovqatning bir qismi o'n ikki barmoq ichakka o'tadi va undan muhit normadagi ishqoriy reaksiya o'rniga kislotali 82 bo'lib qolda. Kislota o'n ikki barmoq ichak shilliq pardasiga ta'sir etib pilorus mushaklarining refleks yo'li bilan qisqarishga ya'ni sfinkterning berkilishiga sabab bo'ladi. Demak, ovqatning me'dadan o'n ikki barmoq ichakka o'tishini to'xtatadi. Ajralib chiqqan shiralar (me'da osti bezining shirasi, ichak shirasi va o't) ta'sirida kislota neytrallanadi va ichak muhiti reaksiyasi yana ishqoriy bo'lib qoladi, shundan keyin butun jarayon takrorlanadi. Ichakda ovqat hazm bo'lishi anchagina uzoq davom etgandan so'ng ishqoriy reaksiya vujudga keladi, shuning uchun me'dadan chiakka o'tgan ovqat yetarlicha ishlanganidan keyin ovqatning yangi porsiyasi o'tadi. O'n ikki barmoq ichakka xlorid kislota o'tgandan pilorusdan chiqish teshigining berkilishi berkituvchi pilorik refleks deb ataladi. O'n ikki barmoq ichakka yog' kiritilganda ham berkituvchi refleksning paydo bo'lishi kuzatiladi. Yog'li ovqat ta'sirida pilorus sfinkteri berkilishini sababi bunday ovqatning me'dada uzoq turib qolishi tufayli ekanligi o'z isbotini topadi. Ovqatning ichakka o'tishida quyidagi omillarning ahamiyati bor: me'dadagi ovqatning tabiati (kopsistensiyasi); osmotik bosimi; o'n ikki barmoq ichakning nechog'lik to'lganlik darajasi. Me'dadagi ovqat suyuq yoki yarim suyuq bo'lgandagina ichakka o'tadi. Me'dadan ovqatning evakuatsiya qilinishini asab tizimi va gumoral ta'sirlar boshqarib turadi. Yog' va yog' kislotalari ta'sirida ichak shilliq pardasiga enterogastron hosil bo'lishi sababli me'da harakati va undan ovqatning evakuasiya qilinishi tormozlanishi me'daning ovqatdan bo'shashi gumoral ta'sirlar bilan boshqarilishini isbot etadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling