E nuritdinov
OVQAT HAZM QILISH FIZIOLOGIYASI
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
OVQAT HAZM QILISH FIZIOLOGIYASI
Me'da - ichak yo'lining funksiyalari.Odam organizmida hazm-bu murakkab fiziologik jarayon hisoblanadi,ovqat fizik va kim-yoviy o'zgarishlar natijasida mayda zarrachalarga parchalanib,me'da va ichakdan qon va limfa tomirlariga so'riladi. Me'da-ichak yo'lining funksiyalari jumlasiga: motor (harakat), sekretor (tashqi sekretsiya), inkretor (ichki sekretsiya), ekskretor, so'rish funksiyalari kiradi. Motor, sekretor va so'rish funksiyalari hazm tizimining asosiy funksiyalaridir.Hazm tizi-mining mushaklari motor yoki harakat funksiyasini bajaradi, shu tufayli ovqat chaynaladi, yuti-ladi,hazm yo'li bo'ylab harakatlanadi va hazm bo'lmagan ovqat qoldiqlari chiqarib yuboriladi. Sekretor funksiya shundan iboratki,bunda tegishli bez hujayralari hazm shiralarini:so'lak, me'da shirasi,me'da osti bezining shirasi va o't-safroni ishlab chiqaradi. Me'da va ichaklar shilliq pardalari orqali hazm bo'lgan va parchalangan oziq moddalar bevosita qon va limfaga so'riladi. Me'da-ichak yo'lining tuzilishi.Hazm a'zolarining barcha funksiyalari murakkab asab va gumoral boshqarish mexanizmlariga bo'ysunadi. Odam organizmining energiya va qo'ruvchi (plastik) materiallar bilan ehtiyojini uzluksiz qondirib turish uchun ovqat hazm qilish tizimi katta ahamiyatga ega, chunki ular tufayli ichki muhit muntazam shakllanib turadi. Tuzilishi va funksiyalari nuqtayi nazardan ovqat hazm qilish tizimi ikki: effektor (bajaruvchi) va regulator (boshqaruvchi) qismlardan tashkil topgan. Birinchi qism - qisqarish (silliq mushaklar hujayralari), sekretsiya (bezlarning sekretor hujayralari), membrana gidrolizi va tashilishi (ichak hujayralari - enterositlar)ni amalga oshiriladi. Ikkinchi qism esa asab va endokrin elementlardan tashkil topgan bo'lib, hazm tizimi faoliyatini neyro-gumoral boshqarilishida ishtirok etadi. Hazm tizimining effektor qismi. Hazm tizimining bajaruvchi (effektor) elemenflari ovqat hazm qilish yo'li va bezlar yig'indisi tuzilmasini tashkil etib (so'lak bezlari, 74 me'da osti bezi, jigar va h.z) me'da ichak yo'li tushunchasi bilan ifodalanadi. Me'da - ichak yo'li funksiyalari hazm tizimi faoliyatining eng oxirgi jarayonlarini ro'yobga chiqarishga qaratilgan. Ovqat moddalarining gidrolizi -oqsillar, karbonsuvlar va yog'larni monomerlar darajasiga, ya'ni aminokislotalar, monosaxaridlar, monoglitseridlar, glitserin va yog' kislotasigacha parchalanib, ularni hazm yo'lidan organizmning ichki muhiti (to'qimalar va hujayralar) gacha yetkazib berishdan iborat. Ovqatning hazm bo'lishi, oxirgi mahsulotlargacha parchalanishi fizik-kimyoviy o'zgarishlar tufayli yuzaga chiqadi va shu bilan birga u ovqatni to'liq hazm qilish va so'rilish ma'nosini ifodalaydi. Bu o'zgarishlar me'da-ichak yo'lining sekretor va motor funksiyalari orqali amalga oshiriladi. Me'da-ichak yo'lining sekretor hujayralari oqsillar, karbonsuvlar va nuklein kislotalarni gidrolitik parchalanadigan fermentlarni ishlab chiqaradi. Ovqat moddalarining gidrolizi me'da-ichak bo'shlig'ida boshlanib, ichaklar hujayralarining membranalarida, ya'ni hazm va so'rilish jarayonlari sodir bo'ladigan joyga tugaydi. Ovqatni me'da-ichak yo'lida harakatlanishi, uning aralashishi, gidrolitik fermentlarga duch kelishi va organizmdan chiqib ketishi (ekskretsiyasi) hazm nayining motor (harakatlantiruvchi) funksiyasi tufayli amalga oshiriladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling