E-qaror gov uz Vi-52-208-5-79-K/22


-bob. Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi


Download 427.02 Kb.
bet11/14
Sana17.06.2023
Hajmi427.02 Kb.
#1533292
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4-курс 2-ОТ амалиёт дафтари

3-bob. Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
10. Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari o‘zlariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, boshqa hujjatlarni Moliya vazirligiga belgilangan tartibda kiritish;
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa davlat organlaridan hamda o‘zga tashkilotlardan o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha materiallar, ma’lumotlar va tushuntirishlarni so‘rab olish;
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun ruxsat etilgan davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish;
boshqa davlat moliyaviy nazorati organlari, vazirliklar va idoralarning ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari bilan axborot almashish;
g‘aznachilik bo‘linmalaridan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklaridan budjet tizimi budjetlari, davlat maqsadli jamg‘armalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar mablag‘larining harakati to‘g‘risida ma’lumotlarni so‘rab olish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma so‘rov asosida davlat moliyaviy nazorati sohasida Inspeksiyaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning budjet mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarni tijorat banklaridan olish;
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki filiallaridan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga tushgan pensiya badallari to‘g‘risida ma’lumotlarni so‘rab olish;
davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni ko‘rib chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini ekspert sifatida jalb etish;
budjet tizimi budjetlari mablag‘lari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki davlat kafolati ostida jalb qilingan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilgan qurilish obyektlarida qurilish qiymati 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan obyektlarda nazorat o‘lchovini o‘tkazish uchun belgilangan tartibda nazorat o‘lchovini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan vakolatli tashkilotlarni jalb etish;
nazorat obyektining mansabdor va boshqa mas’ul shaxslaridan moliyaviy nazorat tadbiri jarayonida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berishni talab qilish;
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan zarur hollarda nazorat obyektining xodimlarini taklif qilish va har bir xodim bilan alohida suhbat o‘tkazish hamda tegishli tushuntirish xatlarini yozma tartibda olish;
zarur hollarda, kassa va kassa binolari, omborlar, arxivlar va boshqa binolarni muhrlash, qalbakilashtirish, soxtalashtirish va boshqa suiiste’molliklar alomatlari aniqlangan taqdirda esa — nazorat obyekti tegishli hujjatlarini olib qo‘yish, shuningdek, nazorat obyekti mansabdor shaxslaridan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblar xatlovdan o‘tkazilishini talab qilish;
davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, maqsadsiz va noqonuniy xarajatlarni, pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklar kamomadini undirish, nazorat obyekti aybdor shaxslarini javobgarlikka tortish yuzasidan majburiy tusga ega taqdimnoma va ko‘rsatmalar kiritish;
Inspeksiya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan binolarga xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish, inventar va xo‘jalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter texnikasi, asbob-uskunalar, dasturiy ta’minot va boshqa tovarlarni xarid qilish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish.
Inspeksiya davlat moliyaviy nazoratini har qanday davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda, faqat qonunchilik hujjatlariga bo‘ysungan holda amalga oshiradi.
Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari quyidagilarga majbur:
o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni sifatli bajarish;
har chorakda kamida bir marotaba hisobot choragidan keyingi oyning 20-kuniga qadar ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o‘z faoliyatiga oid hisobotlarni jamoatchilikka e’lon qilib borish;
davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va to‘liqligini ta’minlash;
davlat sirlarining hamda nazorat obyektlarining qonunchilik bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
budjet mablag‘lari oluvchilarning konsolidatsiyalashgan budjeti, shu jumladan, davlat qarzi mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanilishi ustidan davlat moliyaviy nazorati tadbirlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni belgilangan tartibda xabardor qilgan holda amalga oshirish;
Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari tomonidan “Davlat auditi” dasturiga yillik nazorat rejalari (shu jumladan, ularga kiritiladigan o‘zgartirishlar)ning kiritilishini, barcha nazorat tadbirlari ro‘yxatdan o‘tkazilishini, elektron ro‘yxatga olish daftarida qayd etilishini va ularning natijalari haqida axborot kiritilishini ta’minlash;
hududiy boshqarmalar tomonidan davlat moliyaviy nazorati obyektlarida tizimli ravishda davom etayotgan va ko‘p miqdorda yoki juda ko‘p miqdorda aniqlangan huquqbuzarliklar to‘g‘risida Inspeksiyani xabardor qilish.
Inspeksiyaning mansabdor shaxslari lavozim majburiyatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlik yuzaga kelganligi to‘g‘risida Inspeksiya boshlig‘iga ma’lum qilishi, shuningdek, bunday to‘qnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish choralarini ko‘rishi shart.
12. Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalarining mansabdor shaxslariga ushbu Nizomda belgilanmagan vazifalarni topshirish qat’iyan taqiqlanadi.

Download 427.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling