E-qaror gov uz Vi-52-208-5-79-K/22


-bob. Dastlabki malaka tanlovining asosiy maqsad va vazifalari


Download 427.02 Kb.
bet6/14
Sana17.06.2023
Hajmi427.02 Kb.
#1533292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4-курс 2-ОТ амалиёт дафтари

2-bob. Dastlabki malaka tanlovining asosiy maqsad va vazifalari
8. Dastlabki malaka tanlovini o‘tkazishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
ishtirokchilarning moliyaviy, tijorat, ishlab chiqarish va texnik imkoniyatlarini o‘rganish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ishtirokchilarning ishonchliligini tekshirish;
manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsion omillar kelib chiqishining oldini olish.
9. Dastlabki malaka tanlovini o‘tkazishning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
davlat xaridlari ijrochilari tomonidan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik xatarlarini pasaytirish;
buyurtmachilar faoliyatining uzluksiz va samarali ishlashini ta’minlash maqsadida xaridlarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
buyurtmachilarning mablag‘laridan samarali foydalanish;
buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladigan xaridlarda barcha ishtirokchilarga teng huquqli va adolatli shart-sharoitlar yaratish;
ishtirokchilarni tanlashda manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.
3-bob. Ishtirokchilarning talabnoma berish tartibi
10. Dastlabki malaka tanlovini o‘tkazishda ishtirokchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar hamda ularni taqdim etish muddati xarid qilish hujjatlarida ko‘rsatilishi lozim. Bunda, ishtirokchilar tomonidan quyidagi hujjatlarni taqdim etish nazarda tutiladi:
ta’sis hujjatlari va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
moliyaviy hisobotlar (tashqi auditor tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan yoki soliq organlari tomonidan qabul qilinganligi tasdiqlangan holda);
ekologik, gigiyenik sertifikatlash, kalibrlash to‘g‘risidagi tegishli guvohnomalar yoki sinov bayonnomalari, sifat sertifikatlari, muvofiqlik sertifikatlari, shu jumladan xavfsizlik talablariga muvofiqlik sertifikatlari, tovar (ish, xizmat)lar pasportlari (tovar (ish, xizmat)larning xususiyatlaridan kelib chiqib mazkur hujjatlarning bo‘lishi majburiyligi talab etiladigan hollarda);
ishtirokchilarning ishbilarmonlik obro‘sini (ishchi-xodimlari malakasi, ish tajribasi, shu jumladan maxsus faoliyat bo‘yicha tajribasi) tasdiqlovchi hujjatlar.
Ishtirokchilar o‘z xohishiga ko‘ra faoliyatiga doir qo‘shimcha ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etishi mumkin.
11. Talabnoma ishtirokchilar tomonidan tanlash (tender) o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa va xarid qilish hujjatlarida belgilangan talablar asosida takliflar bilan birga yuboriladi.

Download 427.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling