E-qaror gov uz Vi-52-208-5-79-K/22
Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari: Xusanov Aziz Abdunabiyevich
Download 427.02 Kb.
|
4-курс 2-ОТ амалиёт дафтари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-mavzu. Amaliyot obyektida amalga oshirilgan byudjet yoki korporativ xaridlarni tahlil qilish
- 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Namunaviy nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: korporativ buyurtmachi
Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari: Xusanov Aziz Abdunabiyevich ________
(imzo) (muhr o‘rni) 3-mavzu. Amaliyot obyektining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari: Xusanov Aziz Abdunabiyevich ________ (imzo) (muhr o‘rni) 4-mavzu. Amaliyot obyektida amalga oshirilgan byudjet yoki korporativ xaridlarni tahlil qilish Korporativ buyurtmachilarning xarid komissiyalari tomonidan dastlabki malaka tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NAMUNAVIY NIZOM Ushbu Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son “Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq korporativ buyurtmachilarning xarid komissiyalari tomonidan xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun salohiyatli (potensial) ishtirokchilarning dastlabki malaka tanlovini tashkil etish, o‘tkazish tartibi hamda ularning ishonchliligini baholash mezonlarini belgilaydi. 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Namunaviy nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: korporativ buyurtmachi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlari alohida tartibda nazorat qilinadigan ayrim korporativ va budjet buyurtmachilari ro‘yxatida ko‘rsatilgan korporativ buyurtmachilar; xarid komissiyasining mas’ul kotibi (bundan buyon matnda kotib deb yuritiladi) — xarid komissiyasining tezkor faoliyatini tashkil etuvchi ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan xodim; xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi (bundan buyon matnda ishtirokchi deb yuritiladi) — xarid qilish tartib-taomilida qatnashishdan manfaatdor bo‘lgan, dastlabki malaka tanlovi uchun talabnoma taqdim etgan O‘zbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs; talabnoma — ishtirokchining yuridik maqomi, moliyaviy, tijorat, texnik imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar to‘plami. 2. Dastlabki malaka tanlovi xarid qilish tartib-taomilining bir qismi bo‘lib, uning natijasi davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomani tuzish uchun asos hisoblanmaydi. 3. Xarid qilish hujjatlari shartlarida nazarda tutilgan hollarda xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilarni tanlab olish uchun dastlabki malaka tanlovi o‘tkazilishi mumkin. 4. Dastlabki malaka tanlovi eng yaxshi takliflarni tanlash (bundan buyon matnda tanlash deb yuritiladi) va tender orqali amalga oshiriladigan xaridlarga nisbatan qo‘llaniladi. 5. Dastlabki malaka tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan salohiyatli ishtirokchilar bir yildan ortiq bo‘lmagan muddat davomida korporativ buyurtmachilarning tanlash va tendyerlarida ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin. 6. Dastlabki malaka tanlovini o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari barcha uchun bir xil hisoblanadi hamda davlat xaridlarining asosiy prinsiplariga zid bo‘lmasligi lozim. 7. Dastlabki malaka tanlovi tartib-taomili to‘g‘risidagi ma’lumotlar barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq va shaffof bo‘lishi hamda axborot almashuvi ixtiyoriy amalga oshirilishi lozim. Download 427.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling