E-qaror gov uz Vi-52-208-5-79-K/22


-bob. Dastlabki malaka tanlovi natijalarini rasmiylashtirish tartibi


Download 427.02 Kb.
bet8/14
Sana17.06.2023
Hajmi427.02 Kb.
#1533292
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
4-курс 2-ОТ амалиёт дафтари

5-bob. Dastlabki malaka tanlovi natijalarini rasmiylashtirish tartibi
16. Quyidagi ishtirokchilar dastlabki malaka tanlovidan o‘tmagan hisoblanadi:
malaka tanlovi uchun zarur hujjatlar to‘plamini to‘liq taqdim etmagan;
o‘ziga nisbatan bankrotlik tartib-taomillari joriy etilgan;
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilgan;
imtiyozli soliq rejimidagi moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ma’lumotlarni oshkor qilish va taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatlar yoki hududlarda (offshor hududlar) ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki mazkur hududlarda bank hisobraqamlari ochgan ishtirokchilar;
soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lgan;
tanlash va tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon berilgan sanada davlat ro‘yxatidan o‘tganiga olti oy to‘lmagan;
manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlari mavjud bo‘lgan;
xarid komissiyasi tomonidan ishchi-xodimlar malakasi, ish tajribasi, shu jumladan maxsus faoliyat bo‘yicha tajribasi, ishtirokchilarning o‘z vaqtida sifatli mahsulot ishlab chiqarish yoki yetkazib yetkazib salohiyati va/yoki quvvati yetarli emas deb topilgan.
17. Dastlabki malaka tanlovi natijalari xarid komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
18. Xarid komissiyasi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan dastlabki malaka tanlovidan o‘tmagan ishtirokchilarning takliflarini rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda ularni xabardor qiladi.
19. Malaka tanlovidan o‘tgan ishtirokchilar ro‘yxati buyurtmachilar tomonidan yuritiladi.
6-bob. Yakuniy qoidalar
20. Budjet va boshqa korporativ buyurtmachilar dastlabki malaka tanlovini o‘tkazishda mazkur Namunaviy nizom qoidalaridan foydalanishi mumkin.
21. Dastlabki malaka tanlovi natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
22. Mazkur Namunaviy nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.


Download 427.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling