E-qaror gov uz Vi-66-13-7-99-K/23


Download 208.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.03.2023
Hajmi208.49 Kb.
#1313028
  1   2   3
Bog'liq
VI-66-13-7-99-K 23



e-qaror.gov.uz
VI-66-13-7-99-K/23
1
2023 - yil 2 - fevral
VI-66-13-7-99-K/23
Nurobod tuman hokimligi
Tuman prokurori N.Soyipovaning 2022-yil davomida tumanda qonuniylikni
mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish,
jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati
yuzasidan hisoboti to‘g‘risida
Tuman prokuraturasi tomonidan hududda Qonun ustuvorligini ta’minlash,
qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va
davlatning Qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi
konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va
profilaktika qilish borasida 2022-yilning 12 oyi davomida muayyan ishlar amalga
oshirildi.
Xususan, ushbu davrda prokuratura nazorat faoliyatini amalga oshirishda asosiy
e’tiborni hududda iqtisodiyotni erkinlashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash,
eksport salohiyatini oshirish, investorlarning huquqiy himoyasini kafolatlash va aholini
ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan Qonunlar, Prezident Farmonlari va qarorlari,
Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, Respublika Bosh prokurorining sohaviy
buyruq, ko‘rsatma va topshiriqlarini bajarilishini ta’minlashga qaratdi.
Hisobot davrida tuman prokuraturasi tomonidan aniqlangan qonunbuzilishi
holatlari prokuror nazorati hujjatlari orqali bartaraf qilinib, qonuniylikni ta’minlash,
huquqbuzarlikni oldini olish choralari ko‘rildi.
Xususan, iqtisodiy qonunchilik ijrosi hamda ijtimoiy qonunchilik ijrosi ustidan
nazorat yo‘nalishidagi faoliyati tuman hududidagi mavjud qonunchilik ahvolidan kelib
chiqqan holda olib borilib, davlat mulki va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi,
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, banklar va naqd pul
muomalasi to‘g‘risida, davlat idoralarida MJtKni qo‘llash to‘g‘risida, bandlik va
mehnat munosabatlari to‘g‘risida, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
to‘g‘risida, nodavlat, notijorat tashkilotlari faoliyati to‘g‘risida, yer to‘g‘risida va
boshqa Qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan qonunlar ijrosi nazoratiga qaratildi.



Download 208.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling