E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet39/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Kiprikii yassi epiteiiy (mezoteliy). Bu epiteiiy, asosan tuban hayvonlar organizmida uchraydi. Ularda mezoteliy yassi, kubsimon, silindrsimon bo'iadi. Hujayra yuzasini mayda tukchaiar-kiprikchaiar qoplagan bo'lib, ularga kiprikii yassi epiteiiy deyiladi. Bu epiteiiy tuban hayvonlarda qoplovchi epiteiiy vazifasini o'tab, umurtqalilarda bunday xususiyatini yo'qotadi. Masalan, to'garak og'izlilarda mezoteliy hujay­raiari silindrsimon bo'lsa, amfibiyalarda yassi yoki kubsimon bo'iadi. Reptiliya va qushlarda esa mezoteliy hujayraiari kiprikchalarini yo'qot-gan bo'iadi va asosan yassi shaklda uchraydi.
Epitelial - muskul yassi epiteiiy (mioepiteliy). To'qimaning bu hujayraiari o'ziga xos morfologik tuzulishga ega. Bu hujayralar sitoplaz-masining bazal qismida miofibrillalar joylashgan bo'lib, ularni epitelial-muskul yassi epiteliysi yoki mioepiteliy deyiladi. Mioepiteliy tuban
Stomatoz-grekcha stoma (stomatoz) - og'iz degan ma'noni ifodaiaydi.
78
hayvonlar - po'kaklilar, kovakichlilar va pardalilar ustini qoplab turadi. Ko'pchilik umurtqali tuban hayvonlarda ichki bo'shliqlar, odatda, qorin va plevra bo'shliqlariga bo'linmaydi. Umumiy selom bo'shlig'idan faqat perikard ajraiib turadi.
Selom bo'shlig'i bo'lgan umurtqasiz hayvonlar (annelidlar, molluskalar, bo'g'imyoqlilar va ignatanlilar) ning ikkilamchi bo'shliqlari yuzasini ham mezoteliy qoplab turadi. Reptiliya va qushlarda ham mezoteliy hujyralari kubsimon bo'lib, kiprikcalari bo'lmaydi.
Mezoteliy regeneratsiyasi va lining yangilanib turishi
Mezoteliy hujayralari fiziologik va reperativ regeneratsiyalanish xususiyatiga ega.
Fiziologik regeneratsiya. Bu regeneratsiyada o'z vazifasini o'tab bo'lgan hujayralar degenerativ holatga uchraydi va asta-sekin yon tomonlaridagi hujayralardan va bazal membranadan ajraiib, bo'shliqlarga tushib turadi. Ularning o'rnini bo'linish xususiyatiga ega bo'lgan yon hujayralar to'ldirib boradi. Fiziologik regeneratsiya jarayonida yon hujayra va bazal membranada hech qanday patologik o'zgarish sodir bo'lmaydi.
Reperetiv regeneratsiya, odatda, to'qimalar jarohatlanganidan, masalan, operatsiyadan so'ng sodir bo'ladi. Bunda jarohatlangan hamma hujayralar to'qimadan ajraiib tushadi. Faqat yashash qobiliyati saqlanib qolgan hujayralargina qoladi. So'ng to'qimaning jarohatlangan,
ya'ni bo'shab qolgan joyini atrofldagi sog'lom hujayralar mitoz yo'li bilan tez ko'payib to'ldirib turadi. Shu yo'l bilan to'qima yana butunligini tiklab boradi.
Mezoteliyning qiyosiy gistologik elementlari
Yucorida mezoteliyning turlari, shakllari va joylashgan o'rni haqida to"xtalib o'tganimizda ma'lum bo'ldiki, bir organda bo'ladigan mezoteliy shakllari ikkinchi bir organda uchramasligi mumkin ekan. Bu mezoteliylarning bajargan vazifalariga asoslanib tabaqalanish (moslashish) xususiyatidir. Xuddi shuning singari, tuzilishiga ko'ra bir hayvonda uchraydigan mezoteliy ikkinchi bir hayvonda uchramasligi mumkin. Chunonchi, to'garak og'izlilarda hilpillovchi silindrsimon epiteliy bo'lib, yassi yoki kubsimon epiteliy bo'lmaydi, amfibiyalarda
79
yassi yoki kubsimon epiteliy bo'ladi, hilpillovchi silindrsimon epiteliy bo'lmaydi. Urg'ochi baqada bor epiteliy turi erkagida bo'lmasiigi mumkin. Masalan, urg'ochi baqaning selomik to'qimalarida hilpillovchi kubsimon-mezoteliy bir qator orolchalar hosil qilib joylashadi, erkagini-kida bo'lmaydi. Bu o'rinda balki kiprikli epiteliylar mezoteliyga mansub emasdir, ular tuxum yo'llaridan kelib qolgan hujayralardir. Bir to'qima chegarasining ikkinchi xil to'qima chegarasiga o'tib ketishi tufayli bir xil to'qima boshqa bir xil to'qima orasiga o'tib qolislii hodisasini 1908-yildayoq V. M. Shimkevich metorizis1 deb atagan edi.
Metorizis hodisasini embriondagi ektoderma bilan entoderma o'rtasidagi chegaraning qo'shnlib ketishida ham, teri va ichak epiteliysiga mansub to'qimalarning ovqat hazm qilish nayida paydo bo'iib qolishida ham, jinsiy yo'Uardagi ektoderma biiap mezoderma chegaralarining bir-biriga o'tib ketishida ham ko'rish mumkin. Reptiliya bilan qushlar mezoteliy epiteliysida yassilari bo'iib, kiprikli mezoteliy bo'lmaydi. Sutzmizuvchilarning epiteliysida bir qavatli yassi mezotelny bo'ladi. Mezoteliylar hujayralarining shakli ularning cho'zilish darajasiga qarab o'zgaradi. Masalan, yadroning cho'zilmagan norma! holatida hujayraning yadro joylashgan joyi, yadrosiz periferik qismiga nisbatan enidan balandroq, ya'ni bo'ydor bo'ladi. Hujayra cho'zilganida esa yadro ham yassilanib, yadroli va yadrosiz qismlari yassilanadi.
Bir qatorli kubsimon epiteliy. Bu epiteliy sutemizuvchi hayvonlar va odam buyrak kanalchalarining devori, jigar hamda tashqi sekretsiya bezlarining o'rta diametrdagi chiqaruv kanalchalari (me'da osti bezi, so'lak va sut bezlari) ning ichki yuzalarini qoplab turadi. Ular ichki sekretsiya bezlaridan qalqonsimon bezning vazifasi normal holatda bo'lganda, uiardan tashqari tuxumdonda, o'pka bronxlarining oxirgi mayda tarmoqlari - bronxiolalarning devorida, ya'ni 1-3-tartibli respirator bronxiolalar devorida uchraydi.
Kubsimon epiteliy deyilishiga sabab hujayraning eni bo'yiga teng bo'iib, kub shaklini eslatadi. Yadrosi, odatda, bitta bo'iib, u hujayra markazida joylashadi. Bundan tashqari, bir qatorli kubsimon epiteliy sut bezlari, buyrak kanalchalari, siydik ajratish yo'llarining ichki yuzasini qoplab turadi (9-rasm). Bu hujayralarning apikai qismida mayda vorsinalar bo'iib, ularga bir qavatli bir qatorli vorsinali kubsimon epiteliy deyiladi.
1 Metorizis - grekcha meta - old qo'shimcha, hozizo - chegaralamoq degani bo'iib, to'qimalar yoki embrion varaqalari chegaralarining bir-biriga qo'shilib ketish jarayonini ifodalaydi.
80
Buyrak kanalchalaridagi bu epiteliy haqiqiy siydik hosil bo'lishida ishtirok etadi. Masalan, u birlamchi siydik tarkibidagi organizm uchun kerak moddalarning (suv, har xil tuzlar va qand moddasining) qaytadan yana qonga so'rilishini ta'minlaydi. Bundan tashqari,organizmda diametri kichik bronxlarning ichki yuzasini qoplab turuvchi epiteliy bo'lib, uni bir qavatli bir qatorli kiprikli kubsimon epiteliy deyiladi. Bu xildagi epiteliy, shuningdek, suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlarning embrional rivojlanishi davrida ularning qoplovchi epiteliy to'qimasini ham tashkil etadi. Kiprikli kubsimon epiteliy hujayralarining erkin yuzalari, odatda, hilpillovchi kiprikchalar bilan qoplanib turadi.
Ularning asosiy vazifasi nafas yo'llaridan o'pkaga o'tadigan havoni changdan tozalash, sovuq havoni ilitib berish, shuningdek, quruq havoni namlab berishdan iborat. Mikroskopik tuziiishiga ko'ra, ular traxeya va yirik bronxlar devorini qoplab turuvchi ko'p qatorli silindrsimon hujayra kiprikchalari tuziiishiga o'xshab ketadi, ulardan farqli o'laroq, bular kubsimon bo'ladi.
Kiprikli epiteliy tuban hayvoyalardan yassi chuvalchanglar bilan molluskalarda ham uchraydi. Ularning ayiruv organlari bo'lgan protonefridlar shoxchalangan mayda kanalchalardan iborat bo'lib, shoxchalarning uchi hilpillovchi epiteliy hujayralari bilan qoplanib turadi. Hujayra tukchalari kanalcha ichiga qaragan bo'ladi. To'qimalardan kanalchalarga so'rilgan chiqindi moddalar kiprikchalar harakati bilan tashqariga chiqariladi. Halqali chuvalchanglarda ikkilamchi ichki bo'shliq paydo bo'lishi bilan ajratish organlarining metanefritlariga aylanadi. Ularning uchi keng, ya'ni savatchasimon bo'lib, ichki bo'shliqqa ochiladi. Kanalchalarning uchlari, ya'ni kengaygan qismlarining yuzasi tukchalar bilan qoplangan. Bular ham chiqindi moddalarning tashqariga chiqarilishini ta'minlaydi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling